Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə13/297
tarix21.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#129689
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   297
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

Darsning jihozlari: vatanimizning hozirgi ko‘rinishi va kuz fasli tasvirlangan mazmunli rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
Hunarli kishi xor bo‘lmaydi.

O‘tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish. Uyga berilgan mashq o‘qitiladi. Uy vazifasi tekshirilayotganda doim o‘quvchilarga “Qaysi so‘zda yoki shu so‘zning qayerida imlo xato qilib qo‘yish mumkin?” degan savol berish, o‘sha so‘zning imlosi ustida ishlash lozim. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlariga bittadan gap yozish mustaqil ish qilib topshiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilar mustaqil ishni bajargunlaricha uy vazifalarini tekshirib chiqadi. O‘quvchilar yozgan gaplarini o’qibeshittiradilar. Har bir gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turini aytib, qo‘yilgan tinish belgini izohlaydilar. O‘qituvchi o‘quvchilar yozgan eng yaxshilarini doskaga yozdiradilar.
O‘quvchilar bilan gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari yuzasidan fikrlari umumlashtiriladi.
III. Mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. 16-mashqdagi gaplar ko‘rgazma asosida o‘quvchilar diqqatiga havola qilinadi.
1. Biz barcha fanlarni qunt bilan o‘rganmoqdamiz.
2. Siz qanday badiiy adabiyotlarni o‘qiyapsiz?
3. Gulla, yashna, hur O‘zbekiston!
4. Bepoyon paxta dalalarimiz qanday go‘zal!
O’qituvchi 1-2 gapni o‘qib maqsadiga ko‘ra turlariga, ohangiga e’tibor berishni so‘raydi. Bu gaplarning 1-darak mazmunini bildirayotganini, pasayuvchi ohang bilan o‘qilishi o‘quvchilardan so‘rab aniqlanadi.

1 -topshiriq.
Gaplar oxirida tinish belgilarsiz beriladi. Tinish belgilar o‘rnidagi katakcha bosilganda tinish belgili (. , ! ? : ;) klaviatura paydo bo‘ladi. O‘quvchi tegishli tinish belgini to‘g‘ri tanlasa, katakchada shu belgi yoziladi.

17-mashq. O‘quvchilar mashq matnini ichda o‘qiydilar. Gap oxiriga qo‘yilgan tinish belgilariga qarab, ularning darak gap, so‘roq gap, his-hayalon va buyruq gap ekanini aytadilar. Gaplarning ohangi va ifoda etayotgan mazmuni taqqoslanadi.
O‘qituvchi gap tuzish uchun ona, Vatanimizni, sevamiz, biz, jondan yozilgan so‘zlarni kartonga qo‘yadi, bolalar o‘qiydilar.
— Siz nimalami o‘qidingiz? (So‘zlarni).
— Shu so‘zlardan gap tuzing. O‘qituvchi (yoki o‘quvchi) so‘zlarni gap tartibida qo‘yib chiqadi. O‘quvchilar o‘qiydilar.
— Gap yozilganini ko‘rsatish uchun nima qilamiz? (Gapning birinchi so‘zini bosh harf bilan boshlaymiz, oxiriga nuqta qo‘yamiz).
— Gapni yozish uchun har bir harfni to‘g‘ri yozish, harflarni o‘zaro qo‘shishni bilish zarur.

  • Gap deb nimaga aytiladi?

  • Gap nimalardan tuziladi?

  • Gapning maqsadga ko‘ra turlarini aytib bering.




Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə