Ona tili (15 ta)



Yüklə 62,36 Kb.
səhifə4/5
tarix14.09.2023
ölçüsü62,36 Kb.
#121893
1   2   3   4   5
70131052 kimyo biologiya

BIOLOGIYA (30 TA)

  1. “Tirik organizmlar o‘z-o‘zini idora eta oladigan, yaratadigan ochiq sistemadir” deb ta’riflagan olimni toping.
    A) Tensli B) Volkenshteyn C) Sukachev D) Zyuss


  2. Glukoza va galaktozaning glikozid bog‘i orqali bog‘lanishidan hosil bo‘lgan modda nomini toping.
    A) maltoza B) laktoza C) saxaroza D) sellobioza


  3. Viruslar haqidagi to‘g‘ri fikr(lar)ni toping.
    A) Ivanovskiy tamaki mozaikasi o‘simligida tajriba o‘tkazish vaqtida aniqlagan
    B) 1917-yilda Kanadalik virusolog de-Erel bakteriofag virusini yaratdi
    C) bakteriofag o‘z DNK yoki RNKsini hujayraga itarib kirgizadi
    D) quturish, kuydirgi, qizilcha hayotning hujayrasiz shakli hisoblanadi


  4. DNK molekulasida 1500 ta nukleotid bor. Shu DNK molekulasining 1-zanjiridagi (G + S) soni (A + T) sonidan 1,5 marta kichik bo‘lsa, 1- zanjirdan sintezlangan RNK dagi (S + G) yig‘indisini aniqlang.
    A) 150 B) 300 C) 600 D) 450


  5. Metionin va triptofanga xos umumiy xususiyatni toping.
    A) almashinadigan aminokislota
    B) triplet kodi bittadan
    C) start kodonlar
    D) kodoni AUG bo‘lib bir xil formulaga ega


  6. B.L. Astaurov sun’iy partonogenez yo‘li bilan qaysi hayvonni kashf etgan?
    A) erkak baqa B) urg‘ochi baqa C) erkak ipak qurti D) urg‘ochi ipak qurti


  7. Tizza refleksi hosil bo‘lishida retseptor qayerda joylashgan?
    A) teri ostida B) muskulda C) payda D) orqa miyada


  8. Izogamiyada gametalarga xos xususiyatni toping.
    A) erkak va urg‘ochi gametalar harakatchan, lekin urg‘ochi gameta yirik
    B) erkak va urg‘ochi gametalar harakatchan, shakli va o‘lchami bir xil
    C) urg‘ochi gameta yirik, harakatsiz boladi
    D) spermiylar harakatsiz boladi


  9. Qaysi hujayra ketma-ket uch marta mitoz bo‘linuvchi bo‘ladi?
    A) megasporatsit
    B) megaspora
    C) spermatida
    D) birinchi tartib ovotsitlar


  10. Xromosomaning ikkilamchi belbog‘i nimani hosil qiladi?
    A) yelkalarni
    B) birlamchi belbog‘ni
    C) xromatidalarni
    D) yo‘ldosh xromosomalarni


  11. Jinsni aniqlashning progam tipi qaysi hayvonlar uchun xos?
    A) halqali chuvalchanglar
    B) kolovratkalar
    C) odamlar
    D) xaltalilar


  12. Organizmda allel juftlar soni 4 ta bo‘lsa, hosil bo‘lgan genotipik sinflar soni qancha bo‘ladi?
    A) 16 ta B) 64 ta C) 81 ta D) 27 ta


  13. Jinsiy bo‘lmagan xromosomada dominant holda irsiylanuvchi belgini aniqlang.
    A) gemofiliya
    B) sindaktiliya
    C) tish emalining qo‘ng‘irligi
    D) ixtioz


  14. Quyidagi o‘simliklarning hayot shaklini toping. kofe-a; b-kakao.
    A) a, b-buta B) a-daraxt; b-buta C) a-buta; b-daraxt D) a, b-daraxt


  15. Daraxt po‘stlog‘ida qaysi lishaynik o‘sadi?
    A) usneya barbata B) everniya prunastri C) xantoria parentina D) batsidiya


  16. Qaysi kasallikka uchragan o‘simlik rivojlanishdan orqada qoladi, hosili kamayib ketadi, kuchli zararlangan o‘simlik tez orada halok boladi?
    A) zang zamburug‘i
    B) nematodo
    C) vilt
    D) bakteriyali kasalliklarda


  17. Qaysi o‘simlik donlarida antotsian (qizil) pigmentning paydo bo‘lishi yo‘qolishi antotsian rangni beruvchi gendagi transpozonning ko‘chishi bilan izohlanadi?
    A) bug‘doy B) suli C) makkajo‘xori D) arpa


  18. Erkak arining ishchi aridan farqini toping.
    A) mo‘ylovlari, ko‘zlari yaxshi rivojlanmagan
    B)og‘iz organlari yaxshi rivojlanmagan
    C) nisbatan kichik bo‘ladi
    D) mo‘ylovlari yaxshi rivojlangan, ko‘zlari yaxshi rivojlanmagan


  19. Aorta tushunchasini kim fanga kiritgan?
    A) Gippokrat B) Aristotel C) Galen D) Vezaliy


  20. OITS ning qaysi davri 14 kundan bir yilgacha davom etadi?
    A) inkubatsiya B) o‘tkir davr C) rivojlanish davri D) OITSdan oldingi davr


  21. Bempes tajribasi qaysi tabiiy tanlanishni ifodlaydi?
    A) harakatlantiruvchi
    B) stabillashtiruvchi
    C) dizruptiv
    D) 3 ta tanlanishni o‘z ichiga oladi


  22. Radikulit qanday kasallik?
    A) bo‘yin qismidan chiqaqdigan nervlarning siqilib qolishi
    B) ko‘krak qismidan chiqadigan nervlarning siqilib qolishi
    C) dumg‘aza qismidan chiqadigan nervlarning siqilib qolishi
    D) dum qismidan chiqadigan nervlarning siqilib qolishi


  23. Odam–otdagi gemoglobin α (a) va sitoxrom Ѕ (b) dagi farqlar sonini toping.
    A) a-18; b-12 B) a-12; b-18 C) a-25; b-18 D) a-25; b12


  24. Markaziy Osiyoda ongsiz (a) va ongli (b) tanlash yoʻli bilan bugʻdoyning qanday navi yaratilgan?
    A) a-doni toʻkilmaydigan, b-qora sovuqqa chidamli
    B) a-doni toʻkilmaydigan, b-kalta poyali
    C) a-qora sovuqqa chidamli, b-kalta poyali
    D) a-doni toʻkilmaydigan, b-erta pishar


  25. Ixtisoslashmagan hujayralar massasi bu … deyiladi.
    A) genom B) takson C) kallus D) allofen


  26. Bo‘yi 155-165 cm bo‘lgan odamlar qaysi qatorda berilgan?
    A) arxantrop B) paleantrop C) neoantrop D) avstralopitek


  27. Cu qaysi hayvon qonida uchramaydi?
    A) qisqichbaqa B) chayon C) butli o‘rgimchak D) chigirtka


  28. Kalta naysimon(1), kalta g‘ovak(2), yassi(3), g‘alvirsimon(4) suyaklar turiga mos suyaklarni juftlang.
    a) barmoq; b) kaft; c) umurtqa; d) kaftusti; e) ensa; f) ponasimon suyak; j) kurak; h) peshona.
    A) 1-a, b; 2-c, d; 3-e, j; 4-f, h
    B) 1-c, d; 2-a, b; 3-e, j; 4-f, h
    C) 1-a, b; 2-c, d; 3-f, j; 4-e, h
    D) 1-b, d; 2-a, c; 3-e, j; 4-f, h


  29. AaBb genotipli organizmlar o‘zaro chatishtirilganda olingan organizmlarning necha foizi o‘ziga o‘xshagan genotipli oganizm bilan chatishtirilganda genotipda 1:2:1:2:4:2:1:2:1 nisbatda ajralish kuzatiladi?
    A) 50 B) 18,75 C) 25 D) 75


  30. Gnu antilopasi va g‘izol qayerda uchraydi?
    A) Avstraliya B) Afrika C) Janubiy Amerika D) Janubi sharqiy Osiyo



Yüklə 62,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə