Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, xalq ta’limi vazirligi hamda



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə2/2
tarix30.05.2022
ölçüsü63,5 Kb.
#88336
1   2
BAHOLASh QAYDNOMASI

55 balldan 70 ballgacha – darsni didaktik jihatdan to‘g‘ri tashkil etsa, ilmiylik prinsipiga rioya etib metodik jihatdan to‘g‘ri yondasha olsa, pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalana olsa, nazorat usullarini bilsa, darsdan tashqari ishlarni tashkil qila olsa, o‘quv-me’yoriy xujjatlarni yurita olsa, kiyinish va muomala madaniyatiga hamda ta’lim maskani ichki tartib qoidalariga rioya etsa, portfolio hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilsa qoniqarli (3) baho bilan baholanadi.
55 balldan past – Darsni o‘ta olmasa, nazorat usullarini bilmasa, darsdan tashqari ishlarni tashkil qila olmasa, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni tushunmasa, ta’lim maskani ichki tartib qoidasiga rioya etmasa qoniqarsiz (2) baho bilan baholanadi va pedagogik amaliyotdan o‘tmagan hisoblanadi.
Asosiy qaydnoma bahosini porftolio baho baliga muvofiqlashtirish YO‘RIQNOMASI
(muvaqqat Nizomning 24-, 26- va 27- bandlariga muvofiq)
Amaliyotchi-talaba 1 xafta muddatda amaliyot bahosi qo‘yilgan, tegishli tartibda qabul qiluvchi muassasa rahbari tomonidan rasmiylashtirilgan qaydnomani fakultet dekanatiga va o‘z navbatida dekanat qaydnomalarning umumlashtirilgan hamda fakultet dekani tomonidan imzolanib, muhrlangan variantini Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limiga topshiradi.
Muvofiqlashtirish ishlari:
(5 ballik tizim bo‘yicha)
100-86 5 baho bali
71 -85 4 baho bali
55 -70 3 baho bali
55 pastdan past 2 baho bali

  1. Asosiy qaydnomadagi baho bali porftolio bahosi bali qiymatiga teng yoki 0.1 dan 1 ballgacha farq qilgan holda, shuningdek, amaliyotchi talabaning amaliyot ob’ekti bo‘yicha ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma bo‘lsa asosiy qaydnomadagi baho bali inobatga olinadi.

  2. Agar asosiy qaydnomadagi baho bali porftolio bahosi bali qiymati bilan 1.1 dan 2 ballgacha farq qilgan xolda amaliyotchi talabaning hisobot himoyasi tashkil etiladi. Xisobot ximoyasida qatnashuvchi talabalar ro‘yxati bo‘lim tomonidan taqdim etiladi va dekanat tomonidan ximoya kuni belgilanadi. Hisobot ximoyasida faktlar o‘z isbotini topgan holda asosiy qaydnomadagi baho inobatga olinadi. Hisobot himoyasi salbiy chiqqan holatda qabul qiluvchi ta’lim muassasasi rahbariyati bilan muzokara olib boriladi(fakultet dekanati tomonidan). Muzokara natijasi (yozma xolatda) ijobiy bo‘lgan taqdirda baho inobatga olinadi. Lozim bo‘lgan taqdirda qabul qiluvchi ta’lim muassasasida(Toshkent shaxri va Toshkent viloyati uchun) tegishli kafedra vakili ishtirokida 1 xafta muddatda 1 marta ochiq dars o‘tib berish sharti bilan qabul qiluvchi muassasa rahbari tomonidan qayta baholash amalga oshiriladi.

  3. Agar asosiy qaydnomadagi baho bali portfolio baho bali qiymati bilan 2.1 balldan ko‘p farq qilsa, tegishli kafedra vakili ishtirokida 2 xafta muddatda 4 marta ochiq dars o‘tib berish sharti bilan qabul qiluvchi muassasa rahbari tomonidan qayta baholash amalga oshiriladi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan boshqa hududlarda amaliyot o‘tagan talabalar uchun universitet tomonidan belgilangan sinov maktablarida amaliyotchi talaba(lar)ning 4 martalik sinov darslari tashkil etiladi. Sinov darslari natijalari asosida qabul qiluvchi muassasa rahbari tomonidan qayta baholash amalga oshiriladi. Shuningdek, amaliyotchi talabaning faoliyati o‘rinsiz baholangan taqdirda kelgusi yillarda ayni ta’lim muassasasi bilan 3 tomonlama shartnoma tuzilmaydi hamda vakansiyalarga murojaatlar qabul qilinmaydi.

Eslatma:
Amaliyotchi-talabaning faoliyatini yakuniy baxolash (zarur bo‘lganda qayta baxolash ham) muvaqqat Nizomga muvofiq qabul qiluvchi muassasa rahbarining bahosi bilan belgilanadi.
Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan Ustoz-shogird tizimi bo‘yicha porftolio baho bali - amaliyotni belgilangan tartibda sifatli o‘tkazilishini monitoring qilish va amaliyot yakunida baholanish shaffof o‘tishini ta’minlashga xizmat qiladi.

  • Asosiy qaydnoma – qabul qiluvchi muassasa direktori imzolagan qaydnoma;

  • Porftolio baho bali – amaliyotchi talabaning amaliyot platformasidagi shaxsiy kabinetiga joylashtirgan ma’lumotlarga ustoz-shogird tizimida ishlayotgan universitet professor-o‘qituvchisi tomonidan belgilangan ballarning o‘rtacha yig‘indisi;

Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə