ONA TILI
Qaysi javobdagi barcha so‘zlar noto‘g‘ri yozilgan?
A)gramatika, yovoyi, afsuz
B)minnatdor, komisiya, taraqqiyot
C)komissiya, minnaddor, karra
D)grammatika, yovvoyi, taraqiyot
Tovush tushish hodisasi yuz bergan gapni toping.
A) Yomonliging boshingni yeydi, bolam.
B) Hech bo‘lmaganidan ko‘ra, kech bo‘lgani yaxshi.
C) Bu kuy hali mag‘zi ilimagan dalalarga taralar edi.
D)
Idoraga bor, senga ham pul berishadi.
Qaysi so‘zlardagi jarangli undoshni jarangsiz juftiga almashtirganda yangi so‘zlar hosil bo‘ladi?
A) bir, bol, tong B) bayt, darz, dori
C) dil, dor, ozod D) darz, sud, azon
Qaysi gapdagi yasama so‘z asosida sirg‘aluvchi tovush mavjud emas?
A) Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib.
B)
Ishlagan tishlaydi, ishlamagan kishnaydi.
C) Xalqlar birligi - po‘lat qudrati.
D) So‘z so‘zlashda va undan jumla tuzishda uzoq andisha kerak.
Qaysi javobda ilmiy uslubga oid gap berilgan?
A) Kesim qaysi turkum so‘zlari bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki xil: fe’l kesim, ot kesim bo‘ladi.
B) Yer shivirlaydi, yulduz jivirlaydi, bahordan darak keladi.
C) Uchrashuv 15-may kuni soat 1500 da maktabning majlislar zalida boshlanadi.
D) –Ke, picha dam ol, qo‘zichog‘im, toza charchapsan.
Qaysi tasviriy ifodaning nomi noto‘g‘ri ifodalangan?
A) Oltin boshoq – bug‘doy
B) Qora oltin – neft
C) Oq oltin ijodkorlari – paxtakorlar
D) Kumush tola – paxta
So‘zning ma’noli qismlari joylashuvi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) asos+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi+sintaktik
shakl yasovchi
B) asos+so‘z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi
C) asos+lug‘aviy shakl yasovchi+so‘z yasovchi+sintaktik shakl yasovchi
D) asos-sintaktik shakl yasovchi+so‘z yasovchi+lug‘aviy shakl yasovchi
Qaysi qatorda quyi keng unlilardan so‘ng talaffuzda tovush orttirilishi kuzatiladigan so‘zlar ko‘rsatilgan? 1) radio; 2) said; 3) okean; 4) saodat; 5) doimo; 6) taajjub; 7) shoira
A) 2,5,7 B) 1,2,3,5 C) 2,4,5,6,7 D) 1,2,5
Bo‘g‘inlarga ajratish bilan asos va qo‘shimchalarga ajratish teng keladigan qatorni toping.
A) boshim, taxti B) bog‘im, tog‘ga
C) tongga, bog‘da D) boshqa, qoshni
Barcha gap bo‘laklari joylashuvi hol,ega,ega,hol,kesim tartibida keladigan gapni
aniqlang.
A)O‘shanda Mavjuda va Sobir zavq bilan kuylashgan edi.
B)Shu onda hovliga Davron va Iskandar kirib kelishdi.
C)Shunda siz va biz bu haqiqatni tushunmagan ekanmiz.
D)Bog‘chada yosh-yosh qizaloqlar va bolakaylar davra qurib o‘ynashmoqda.