Oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali



Yüklə 33,15 Kb.
səhifə1/5
tarix30.12.2023
ölçüsü33,15 Kb.
#166624
  1   2   3   4   5
Iqtisodiyot nazariyasi 2-mavzu


OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
“Iqtisodiyot” fakulteti
“Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes” kafedrasi

MUSTAQIL ISH
Fan: Iqtisodiyot nazariyasi
Mavzu: O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasida iqtisodiy masalalar va ularni amalga oshirish yo'llari.
Bajardi: Karimova S.
Tekshirdi: Aliqulov S.

Reja:


  1. Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish.

  2. Mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish.

O’zbekiston hukumati inson qadrini yuksaltirish to’g’risidagi maqsadni amalga oshirish uchun so’z, yig’ilish va uyushmalar erkinligini rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib bermoqda. Siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodi va millatidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini, huquqlarini himoya qilish ham xalqqa do’st davlat qurish yo’lidagi muhim qadamdir. Bu masalalar bo’yicha O’zbekiston hukumati tomonidan bir qancha maqsadlar qo’yilgan:
1-maqsad: Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish.
Hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida hal etish maqsadida mahallalar vakolatlarini kengaytirish, ularning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish.
Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini hamda davlat organlari va mahallalar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqani ta’minlash, mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni raqamlashtirish.
2-maqsad: Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirish.
Xalq deputatlari Kengashlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish va ularning vakolatlarini kengaytirish orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish.
Xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, mahalliy budjetni shakllantirish va nazorat qilish bo‘yicha ularning mas’uliyatini kuchaytirish.

Yüklə 33,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə