Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i to‘g‘risida



Yüklə 37 Kb.
tarix16.08.2023
ölçüsü37 Kb.
#120631
351-buyruq talaba-yoshlar bo‘sh vaqti




Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi
351-sonli buyrug‘i to‘g‘risida

Filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-innovatsion, sport va ko‘ngilochar tadbirlarini tashkil etish, bu boradagi ishlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish maqsadida


B U Y U R A M A N:

1. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish tadbirlarini tashkil etish to’g’risida”gi 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.


2. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 2023/2024-oʻquv yili davomida oʻtkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari X.Turdibekov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Z.Abdullayev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Y.Isomiddinov, direktorning sport klubi raisi o‘rinbosari Sh.Mizomov, matbuot kotibi P.Amriddinova, bosh hisobchi R.Eshaliyev, kafedra mudirlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi E.Isakova, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Filial yetakchisi B.Boxodirov zimmasiga:
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialida 2023/2024-oʻquv yili davomida oʻtkaziladigan tadbirlarning kalendar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, moliyalashtirish tartibini o’rnatilgan tartibda ijrosini ko‘rish vazifalari topshirilsin.
3. Devonxona mudirasi N.Shukurovaga mazkur buyruq hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyruq nusxasini barcha direktor oʻrinbosarlari, fakultet dekani, boʻlim boshliqlari hamda kafedra mudirlariga maʻlumot va ijro uchun yetkazilish vazifasi yuklatilsin.
4. Mazkur buyruq ijrosining nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.
Direktor O.Murtazayev

Kiritildi:
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat
va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
Y.Isomiddinov



Kelishildi:
Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.I.Turdibekov
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i
N.To’xtamurodova
Ekspertizadan oʻtkazdi:
Yuriskonsul’ti M.Xolmatov

Yüklə 37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə