o’rnatilgan va iste‘molchilar ishonchi qozonilgan bo’ladi. Ikkinchi
turdagi bozorlarga esa kirish nisbatan oson, chunki u yerda bozor xali
to’liq egallanmagan, investision faollik yuqori emas, iste‘molchilar
talabi xam to’liq qondirilmagan bo’ladi.
Oligopoliyalarni bozordagi faoliyat olib borish siyosati xar xil
Bo’lganligi uchun ularning turli modellari va turlari shakllangan.
Shartli ravishda ularni ikkiga ya‘ni, kooperatsiyalashgan va
kooperatsiyalashmagan oligopoliya turlariga bo’lish mumkin.
Kooperatsiyalashgan oligopoliyada firmalar o’zaro kelishib olgan
holda faoliyat olib boradilar. Bir firmaning keyingi xarakatini boshqa
bir firma oldindan biladi. Nokooperatsiyalashgan oligopoliyada
firmalar mustaqil ravishda tavakallchilikni o’z bo’yniga olib optimal
ishlab chiqarishni o’zlari belgilaydilar. Shularga asoslanib
oligopoliyalarning asosiy modellari tasniflanadi.
Oligopoliya bozorining asosiy modellari.
Kurnoning duopoliya modeli. Ikki raqobatlashuvchi firma o’rtasidagi munosabatlarni duopoliya sharoitida 1838 yil birinchi bo’lib o’rgangan fransuz iqtisodchisi Ogyusten Kurno hisoblanadi. Bu holat nokooperatsiyalashgan oligopoliyani ilk marotaba tahlil qilish imkonini bergan.
Kurno modeliga misol: ikkala firma ham bir xil tovar ishlab chiqaradi va bu
tovarlarga bo’lgan bozor talabi chizig’i ularga ma‘lum. Ikkala firma
ham bir vaqtning o’zida mustaqil ravishda tovar ishlab chiqarish bo’yicha qaror qabul qiladi. Ishlab chiqarish bo’yicha qaror qabul
qilinganda, har bir firma shuni bilish kerakki, uning raqobatchisi ham
Dostları ilə paylaş: |