O‘lchov transformotorlar montaji Nochiziqli o‘ta kuchlanishni cheklagichlar (ukch) montaji Reaktorlar montaji



Yüklə 81,93 Kb.
səhifə1/2
tarix26.05.2023
ölçüsü81,93 Kb.
#113210
  1   2
42.Tok transformatorlari montaji


Tok transformatorlari montaji.


Reja:



  1. O‘lchov transformotorlar montaji

  2. Nochiziqli o‘ta kuchlanishni cheklagichlar (UKCH) montaji

  3. Reaktorlar montaji

O‘lchov transformotorlar montaji
O‘lchov asboblarini, apparatlarni, rele himoyasi va avtomatikasini yuqori kuchlanish zanjiriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va 1kV gacha kuchlanishli katta toklarga ulash texnik sabablarga ko‘ra va texnika xavfsizligi bo‘yicha ulash mumkin emas. SHu talablarga ko‘ra tok va kuchlanish ko‘rsatkichlarini o‘lchashda o‘lchov transformotorlarini qo‘llash mo‘ljallangan. Bundan tashqari o‘lchov transformotorlar orqali, o‘lchov asboblarini va himoya apparatlarini va avtomatlashtirish, o‘lchash, taqsimlash qurilmalarini va nimstansiyalarni masofadan boshqarish imkonini yaratadi, va bundan tashqari, o‘lchov va himoya asboblarining arzon bo‘lishiga, kichik 5 A tokka va 1 kV danpast kuchlanishga tayyorlash imkonini beradi. O‘lchov asboblarini katta toklarga yaratilishi va yuqori kuchlanishlarga tayyorlash maqsadga muvofiq emas, bu konstruktiv tuzilish tomonidan bunday asboblar qo‘pol, katta, noqo‘lay va qimmatga tushadi.
PROMOTED CONTENT


Falling In Love Changes Your Body And Brain In These Ways
Brainberries





U.S. Black Billionaires: The Richest African Americans
Brainberries
Who Are These Wicked Twins Anyway?
Brainberries


Prostatitni davolash oson: erkaklar, buni o'qing!
Uropro

4-Ma’ruza

Tok transformatorlari. Vazifasi. Aniqlilik darajasi. CHizmalarda belgilanishi. Transformator tokining yuki.
Reja:


  1. Tok transformatorlari. Vazifasi.


  2. Aniqlilik darajasi. CHizmalarda belgilanishi.


  3. Transformator tokining yuki.


Tok transformatorlari. Vazifasi.
Tok transformatorlari (TA) o‘lchov asboblari va himoya apparatlarini yuqori kuchlanish zanjiridan izolyatsiya qilish uchun va himoya zanjirini tarmoqdagi tok bilan ta’minlash uchun qo‘llaniladi.
Tok transformatori nazorat qilinayotgan zanjirga xuddi ampermetr ulagandek, ketma-ket ulanadi (4.1-rasm). Ikkilamchi chulg‘amlariga ampermetr, o‘lchov asboblarining va himoya apparatlarining tok zanjirlari ulanadi.
Almashtirish sxemasi va vektor dia- grammada quyidagilar qabul qilingan: birlamchi tok Iva birlamchi chulg‘am Wqarshiligi ikkilamchi chulg‘am Wo‘ramlar soniga keltirilgan va bunda ikkilamchi chulg‘amdagi tokning vektori Io‘zining haqiqiy yo‘nalishidan 180° ga burilgan (3.2-rasm).
Tok transformatorlarining ishi magnitlovchi kuchning (M.K.) tenglamasi bilan xarakterlanadi. U tenglamaga asosan birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar hosil qilgan M.K.lar yig‘indisi asosiy magnit oqimi Fhosil qilgan ImagWga teng.

I1 ∙W1 + 2 ∙W=mag W1
Magnitlovchi tok Imag= 0 bo‘lganda, ikkilamchi tok I2=I1/nt ga teng, bu yerda: nT =W2/W1 – tok transformatori chulg‘amlarining soni nisbati bo‘yicha aniqlangan transformatsiya koeffitsiyenti.
Shunday qilib, magnitlovchi tok hisobga olinmaganda, tok transformatorlari ideal, xatosiz ishlaydi. Bunda uning ikkilamchi toki birlamchi tokining transformatsiya koeffitsiyenti nt bo‘linganiga teng va ikkilamchi tok birlamchi tokdan 180° ga faza bo‘yicha farq qiladi.
Haqiqiy magnitlovchi tok hech qachon nolga teng bo‘lmaydi. Buni hisobga olgan holda ikkilamchi tok quyidagicha topiladi:


4.2-rasm. Tok transformatorining tuzilishi (a), almashtirish sxemasi (b) va vektor diagrammasi (c).



Bu formuladan kelib chiqadiki, xaqiqiy ikkilamchi tok hisoblab topilgan qiymatdan farq qiladi. Bu farq Imag/nt ga teng. Imag tok ikkilamchi tokning miqdorini va fazasini o‘zgartiradi.


Shunday qilib, magnitlovchi tokning ishtirok etganligi tufayli tok transformatorining ikkilamchi cho‘lg‘amiga birlamchi tokning faqat bir qismigina transformatsiyalanadi, ya’ni tok transformatorining ishida xatolik paydo bo‘ladi.
Almashtirish sxemasida birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘am orasidagi magnit bog‘lanish elektr bog‘lanish bilan almashtirilgan va birlamchi tomonning barcha kattaliklari ikkilamchi cho‘lg‘amlar soniga keltirilgan.
Tok kattaligining xatosi ikkilamchi tokning qiymatiga asosan foizda o‘lchanadi.
δ burchak bo‘yicha xatoliklar gradus va minutlarda o‘lchanadi.
Tok transformatorlarning magnitlovchi toklari qancha katta bo‘lsa, uning xatosi ham shuncha katta bo‘ladi. Natijada katta xatoliklar releli himoya qurilmalarining xato ishlashiga olib keladi. Shuning uchun tok transformatorlarining xatoliklarini kamaytirish muhim va buning uchun tok transformatorlarida magnitlovchi toklarni kamaytirish kerak.
Magnitlovchi tokni kamaytirishga ta’sir qiluvchi parametrlar
Magnitlovchi tokni aktiv qismi Iamag ni kamaytirish uchun tok transformatorining magnit o‘zaki shixtlangan po‘latdan tayyorlana- di. Bunda quvvat yo‘qolishi kam bo‘ladi. Reaktiv qismi esa quyidagicha


Tok transformatorining ishlash asosidan kelib chiqadiki, magnit oqimi shunday qiymatga ega bo‘lishi kerakki, bunda ikkilamchi E.Yu.K. E2 ikkilamchi chulg‘amda yuz berayotgan kuchlanish tush ishini kompensatsiyalash uchun yetarli bo‘lishi kerak.


Magnitlash tokining kattaligiga tok transformatorining konstruktiv parametrlari katta ta’sir qiladi.
Ushbu formuladan ko‘rinib turibdiki, Irmagn ni kamaytirish uchun magnit qarshilik Rm ni kamaytirish va birlamchi chulg‘amlar sonini W1 oshirish kerak.
Tok transformatorlarining xatoligi qisqa tutashuvning boshlang‘ich vaqtida keskin ortadi, chunki bunda birlamchi tokda aperiodik tashkil qiluvchilar ishtirok etadi. Bu holni tez ta’sir qiluvchi himoyalarni hisoblashda e’tiborga olish kerak.

Tok transformatorlarini aniqlik darajasi.


Tok transformatorlari aniqlik darajalariga asosan guruhlarga (klass) bo‘linadi. Har bir daraja ruxsat berilgan xatolik kattaliklari bilan xarakterlanadi. Bu xatoliklar o‘lchov uskunalarining aniq ishlashiga ta’sir qiladi.
Sanoat qurilmalari uchun 0,5;1; 3 va D xatolik darajalariga mos tok transformatorlari tayyorlanadi.
D darajali tok transformatorlari differensial himoyalar uchun mo‘ljallangan va ularning xatoliklari nominal tokda normalangan. Tok transformatorlarining ma’lum bir darajadagi xatoliklar bilan ishlashlari nominal tokdan 120% farq qiladi.
Odatda nominal quvvat nominal ikkilamchi tok (5 yoki 1A) yoki ikkilamchi yukning qarshiligi xarakterlanadi.
Tajribalar va nazariy tahlil asosida aytish mumkinki, ko‘pchilik himoyalar tok bo‘yicha 10% gacha, burchak bo‘yicha 7° xatolikka ruxsat beriladi.


Chulg‘amlarining belgilanishlari
Tok transformatorlarini ishlab chiqarish paytida ularning birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlarini chiqishlari shunday belgilanadiki, bunda birlamchi tokning yo‘nalishi bo‘yicha ikkilamchi tokning yo‘nalishini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Birlamchi chulg‘amning chiqishlari ixtiyoriy belgilanishi mumkin: ulardan biri boshlanish (L1), ikkilamchi esa chulg‘amning oxiri (L2) deb hisoblash mumkin.(3.1- rasm).
Birlamchi chulg‘amning boshlanishi (L1) dan oxiriga qarab tok oqqanda ikkilamchi chulg‘amni boshlanishi qilib (b) uning chiqishi qabul qilinadiki, u chiqishidan bu vaqtda yuk zanjiriga tok oqadi. SHunga mos ravishda ikkilamchi chulg‘amning ikkinchi chiqishi chulg‘amning oxiri (0) hisoblanadi.
Ba’zi adabiyotlarda birlamchi chulg‘amning boshi va oxiri L1 va L2, ikkilamchi chulg‘amning boshi va oxiri I1 va I2 qilib belgilanadi.
Tok transformatorlarining yuki
Tok transformatorlari xatoligi uning yuki miqdoriga teng.
Tok transformatorining ikkilamchi chulg‘amidagi qarshilik quyidagicha topiladi:
Zyu=U2/I2,
bu yerda: U2 va I2 – ikklamchi chulg‘amning kuchlanishi va toki (4.2- a rasm).


Yüklə 81,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə