O’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash


«O’zstandart» agentligi vakolatiga



Yüklə 262,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix28.09.2023
ölçüsü262,25 Kb.
#124346
1   2   3   4   5
Comparison and calibration of measuring instruments - lecture 1

 «O’zstandart» agentligi vakolatiga:

metrologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, 
metrologiyaga oid faoliyatni mintaqalararo va tarmoqlararo 
muvofiqlashtirish; 

milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llab-quvvatlash hamda 
ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash qoidalarini belgilash; 

o‘lchov vositalari, usullari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik 
talablarni aniqlash; 

davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshirish

metrologiya masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ 
hujjatlarni qabul qilish, shu jumladan davlatning boshqa boshqaruv organlari 
bilan hamkorlikda qabul qilish; 

metrologiya sohasida ilmiy va muhandis-texnik kadrlar tayyorlash

O’zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi xalqaro 
shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 

metrologiya masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar faoliyatida qatnashish

O’zbekiston Respublikasining o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini 
ta’minlash tizimi faoliyat olib borishi va rivojlanishini hamda uning xalqaro 
o‘lchov tizimi va boshqa mamlakatlarning o‘lchovlar tizimlari bilan 
uyg‘unlashuvini ta’minlash; 

iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof 
muhitni hamda davlat manfaatlarini noto‘g‘ri o‘lchov natijalarining salbiy 
oqibatlaridan muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish 
kiradi. 
O’zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati
davlat metrologiya xizmatidan va 
yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlaridan tarkib topadi. 
«O’zstandart» agentligi boshchilik qiladigan davlat metrologiya xizmatiga 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat 
metrologiya xizmati organlari kiradi. Davlat metrologiya xizmati organlari davlat 
metrologiya tekshiruvi va nazoratini, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini 
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. 
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari zarurat bo‘lgan hollarda 
o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish va metrologiya 
nazoratini amalga oshirish uchun tuziladi. Yuridik shaxslar metrologiya 


xizmatlarining huquq va burchlari davlat metrologiya xizmati organlari bilan 
kelishib olingan nizomlar bilan belgilanadi. 

Yüklə 262,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə