Og‘ir yotgan bemorlarni sifatsiz parvarishlash natijasida teri bichilishlari va yotoq yaralar vujudga keladi


Yotoq yaralarni oldini olishda quyidagi usullarni qo‘llash maqsadga muvofiq



Yüklə 26,89 Kb.
səhifə2/6
tarix12.07.2023
ölçüsü26,89 Kb.
#119509
1   2   3   4   5   6
yotoq yara

Yotoq yaralarni oldini olishda quyidagi usullarni qo‘llash maqsadga muvofiq.

  1. Bosimni bartaraf qilish. Og‘ir yotgan bemorning holati o‘zgartirilib turiladi, buning uchun tana bilan sath o‘rtasida hosil bo‘lgan bosimni bartaraf qiluvchi turli xildagi moslamalar qo‘llaniladi. Bu quyidagilardan iborat:

  • maxsus va gidrostatik krovatlar, katta va keng hajmli shishiriladigan qoplar va boshqalar;

  • maxsus to‘shak;

  • yostiqlar yoki qo‘y yungidan qilingan to‘shak, havo, suv yoki gel bilan to‘ldirilgan yostiqlar, rezinali chambarlar va hokazo.

  1. To‘qimalarni tiklovchi sog‘aytiruvchi ichki sharoitlarni yaxshilash:

  1. To‘qimalar holatiga ta’sir etuvchi tashqi taassurotni muvofiqlashtirish.

  • teri butunligini saqlash va shikastlantirmaslik;

  • siydik va axlatni tuta olmaslikni oldini olish va davolash;

  • siydik va axlatni tuta olmaydigan kasallar parvarishini yaxshilash;

tibbiy ijtimoiy xodim bemor va ularga qarovchilarga yo­toq yaralar hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan joyni kechqurun 10% li kamfora spirt yoki 0,5% li nashatir spirtiga ho‘llangan doka tampon bilan artib turishni, bosimni bartaraf qiluvchi moslamalardan foydalanishi, o‘z - o‘ziga yordam berishni o‘rgatishi;

  • yotoq yara paydo bo‘ladigan joyda teri qizarib qolgudek bo‘lsa, bir necha kunduz mobaynida bir ikki marotaba 5 —10% li kaliy permonganat eritmasini surtib turish.

Tibbiy ijtimoiy xodim bemorga va parvarish qiluvchilarga yotoq yaralar xavfi va ularni oldini olish haqida axborotni yetkazishi, yordamchi vositalar yordamida harakat qilish imkoniyatini oshirishi va bosim kuchini qaytaruvchi moslamalar berishi kerak.
Yotoq yaralarni oldini olish uchun quyidagi choralarni ko‘rish lozim:

  • har gal o‘rin - ko‘rpani qayta solishda bemor badanini ko‘zdan kechirish, bunda asosan yotoq yara paydo bo‘ladigan joylarga ahamiyat berish;

  • bemor badanining ozoda bo‘lishini kuzatish, har kuni bada­nini nam sochiq bilan artish, badanining siydik va axlat tegib ifloslangan joylarini suv bilan sovunlab yuvish, so‘ngra orqa va dumg‘aza terisini kamfora spirti bilan artish kerak. Yuvmasdan oldin kamfora spirt bilan artish keng tarqalgan bo‘lsa-da, bu usul yotoq yaralarining oldini olishda yetarlicha foyda bermaydi, chunki spirt terining mikroblar tushgan mayda teshiklarini berkitib qo‘yadi, biroz vaqtdan so‘ng bu teshiklar ochilib, teshikchalardan chiqqan mikroblar teri ustidagi kirlarga qo‘shiladi. Bundan tashqari, yuvish, ayniqsa iliq suv bilan teri yaxshilanishiga va to‘qimalarining yaxshi oziqlanishiga imkon beradi;

  • terining bosilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yotoq yara­lar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylarga yumshoq sochiq yoki yostiq jildiga o‘ralgan rezina chambar qo‘yiladi. Chambarni qo‘yganda dumg‘aza uning teshigi ustida turadigan bo‘lishi kerak. Axlat va siydikni tuta olmaydigan bemorlar tagiga rezina sudno qo‘yiladi. Rezina chambar va sudnoning teshigi bo‘lib, unga metall so‘rg‘ich tiqib qo‘yiladi;

  • bemorning kuniga bir necha marta tana vaziyatini o‘zgartirib turishiga yordam berish va navbatma-navbat u yonboshiga va bu yonboshiga, goh chalqancha yotishiga ko‘maklashish kerak;

  • agar yotoq yara paydo bo‘ladigan joyda teri qizarib qolgudek bo‘lsa, yuqorida sanab o‘tilgan barcha tadbirlarni kuchaytirish va ayni vaqtda davolashga kirishish lozim. Paydo bo‘layotgan yotoq yaraga kuniga 1 — 2 marta 5 yoki 10% li kaliy permanganat eritmasi surtiladi.

Gigiyenik muolajalar teri va shilliq qavat funksiyasini saqlab turadi, bu esa muayyan fiziologik ta’sir ko`rsatadi. Inson o`zini psixologik va ijtimoiy jihatdan yaxshi his etadi. Tananing toza va sog`lom ko`rinishi insonning o`ziga ishonch bag`ishlaydi. Shuningdek o`z qadrini biish hissiyoti ham ta’minlanadi. Bunday psixologik ta’sir insonlar o`rtaidagi munosabatlarga ham ijobiy ta’sir etadi.

Yüklə 26,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə