4-Nutqning sofligi.
G`ayri adabiy til unsurlaridan holi bo`lgan nutq sof nutq deyiladi.
Nutqning sofligiga quyidagilar putur yetkazadi:
dialektalizmlar;
g`ayri tildan olingan so`zlar;
jargon va argolar;
vulgarizmlar;
parazit so`zlar.
5-Nutqning ta’sirchanligi.
Tinglovchi va o`quvchi ruhida o`zgarish, hayajon yasovchi nutq ta’sirchan nutq deyiladi. Bunday nutq oldiga quyidagi talablar qo`yiladi:
tinglovchi e’tiborini tortish;
tinglovchi qiziqishini oshirish;
nutq dalil, isbot misollarning yetarli bo`lishini ta’minlash;
fikrni bayon etishda qiziqarli shakllardan foydalanish;
so`zlashda tabiiylikka erishish.
Adabiyotlar:
Barkamol avlod orzusi. T., “Sharq”, 1999.
I.A.Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., “O`zbekiston”, 2000.
R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyot asoslari. T., “O`qituvchi”, 1992.
A.G`ulomov, B.Qobilova. Nutq o`stirish mashg`ulotlari. T., “O`qituvchi”, 1995.
G`.Abduraxmonov, S.Mamajonov. O`zbek tili va adabiyoti. T., “O`qituvchi”, 1995.
www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |