Nutqida kamchiligi bor bolalar bilan ishlash


Nutq to`liq rivojlanmaganligining II darajasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə3/3
tarix07.10.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#126206
1   2   3
Nutq kamchiligiga ega bo`lgan bolalar logoritimik vositalarini qo`llash

Nutq to`liq rivojlanmaganligining II darajasi:

Dastlabki keng qo`llaniladigan, odatdagi nutqning bo`lishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, ma`lum lug`at boyligiga ega bo`ladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqning qo`pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bo`ladi. Ular ikki-uch so`zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Lug`at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam bo`ladi. Umumlashtiruvchi so`zlarni (mebel, kiyim, sabzavot, mevalar va boshqalarni) bilmasligi kuzatiladi. Harakat, belgini bildiruvchi so`zlardan foydalanishda qiyinchiliklar kuzatiladi, predmet nomini, rangini, shaklini, o`lchamini va boshqa belgilarini bilmaydilar.

Nutq to`liq rivojlanmaganligining III darajasida:

Nutqida leksik-grammatik va fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqga ega bo`lganda kishilar bilan aloqa bog`lay oladilar, lekin buni ota-ona (tarbiyachi) ishtirokida, ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1 Rozengrad-Pupko G.A. «Rech i razvitiye vospitaniya v rannem vozraste» M 1963 y.

2. Fomicheva T.B» Vospitaniye u detey pravilnogo proiznosheniya» Moskva 1987 yil.

3. P.M. Po‘latova “Oligofrenopedagogika” Toshkent 2005 yil.

4. V.S. Raxmanova “Maxsus pedagogika” Toshkent 2004 yil.

5. Vigotskiy.L.S. «Problema u otstalosti» Moskva 1956 yil.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə