Nutq uslublari Asadullayev Bexruz



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə3/5
tarix19.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#111424
1   2   3   4   5
Nutq uslublari

Soʻzlashuv uslubi fonetik, leksik, morfologik va sintaktik oʻziga xosliklarga ega. Masalan, farzand — jujuq, dunyodan oʻtmoq — jon bermoq, imtihondan oʻta olmaslik — imtihondan yiqilmoq kabi juftliklarning ikkinchisi asosan soʻzlashuv uslubiga xos. Rasmiy uslub (rasmiy ish qogʻozlari uslubi) — hozirgi oʻzbek adabiy tilining rasmiy yozishmalar va yuridik ishlarda amal qiladigan bir koʻrinishidir. Qonunlar matnlari, farmonlar, buyruq va koʻrsatmalar, shartnomalar, har xil rasmiy hujjatlar, tashkilotlar oʻrtasidagi yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Bu uslub boshqa uslubdan lugaviy va grammatik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Rasmiy uslubda soʻz va soʻz shakllarini qoʻllashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish, erkalash qoʻshimchalarini olgan soʻzlar, koʻtarinki, tantanavor yoki shevaga oid soʻzlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan soʻzlar, oʻxshatish, mubolagʻa kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi shakllar ishlatilmaydi. Rasmiy ish qogʻozlari matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, mazmuniy toʻliqlikdan iborat zaruriy sifatlari undagi oʻziga xos soʻz qoʻllash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali taʼmin etiladi. Bu uslubdagi gap qurilishi, odatda, tasniflovchi, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga asoslanadi. Shuning uchun ham rasmiy ish qogʻozlari (hujjatlar)da nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq boʻlakli gaplar koʻp qoʻllanadi. Rasmiy gap tarkibida odatdagi soʻz tartibiga qatʼiy rioya qilinadi. Rasmiy uslubda soʻroq va undov gaplar deyarli qoʻllanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Matn birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi

Rasmiy ish qogʻozlari matnini tuzishda turgʻunlashgan, qoliplashgan soʻz birikmalaridan keng foydalaniladi. Masalan, buyruqda"... soʻm maosh bilan... lavozimiga tayinlansin", yoki xizmat yozishmalarida "Sizga...ni maʼlum qilamiz". "...ga korxona kafolat beradi" kabi qoliplashgan tuzilmalar qoʻllanishi mumkin.


Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə