Novda va kurtakning tuzilishi, novda metamorfozi



Yüklə 139,5 Kb.
səhifə2/5
tarix27.01.2023
ölçüsü139,5 Kb.
#99487
1   2   3   4   5
Novda va kurtakning tuzilishi, novda metamorfozi

Apikal - uchki kurtaklar. YOn kurtaklar.
YOn kurtaklar barg qo’ynida joylashadi, shuning uchun bu kurtaklarni yon kurtaklar deyiladi. Kurtaklarni faoliyatiga qarab aktiv kurtaklar va yashirin kurtaklarga ajratiladi. YAshirin kurtaklar daraxtsimon o’simliklarda ko’p uchraydi. Qo’shimcha kurtaklar ildizda, poyada hosil bo’ladi.
Kelib chiqishiga ko’ra: vegetativ kurtaklar. Gul hosil qiluvchi kurtaklar. Aralash kurtaklarga bo’linadi.
Vegetativ kurtaklardan novda, gul hosil qiluvchi kurtaklardan - gul, aralash kurtaklardan bargli to’pgul hosil bo’ladi.
Kurtaklarning shakli va o’lchami har xil bo’lib, ular yumaloq, konussimon, tuximsimon, uchi qirrali va uchi qirrasiz bo’lishi mumkin
Kurtakni novdada joylanishi quyidagi turlarga bo’linadi.
1. Navbat bilan - spiral,
2. Qarama - qarshi.
3. Xalqasimon shaklida.
Qarama - qarshi joylanish siren, pista, yalpiz kabi o’simliklarda kuzatiladi.
3. Novdaning shoxlanish tiplari. Poyada joylashgan apikal va yon kurtaklarning rivojlanishidan asosiy va yon novdalar hosil bo’ladi. Bu kurtaklarning rivojlanishi har xil bo’lib ularni quyidagi shoxlanish tiplariga ajratish mumkin.

4. Poyaning shakli va tiplari. O’simliklar poyasining shakli turlichadir. Uni kundalang kesigini ko’rsak, ko’pchiligi doira shaklida, qiyoqda 3 qirrali, labguldoshlarda 4, soyavonguldoshlarda ko’p qirrali ekanligini ko’ramiz.
Gallaguldoshlar va soyavonguldoshlar oilasi vakillarining bo’g’in oralig’i asosiy parenxima bilan to’lgan bo’ladi. Bunday poya poxol poya deyiladi.
Poyalar bargli va bargsiz bo’ladi. Bargsiz poya piyoz,qoqi ut, lola guldoshlar kabi o’simliklarda uchraydi. Ularni poyasi oxrida to’pgular hosil qilib tugaydi. Bunday bargsiz poyalar strelka deb nomlanib. Poyaning qisqargan qismi ildiz bo’g’izida joylashib u yerda mutovka hosil qiladi.
Poyani o’sishiga qarab tik o’suvchi, sudralib o’suvchi, ilashib o’suvchi, o’ralib o’suvchi, turlarga bo’linadi.
Bunday guruhlarning hosil bo’lishi poyada maxanik to’qimalarning rivojlaniishga bog’liq.
Ilashib av chirmashib o’suvchi poyalar lianalar deyiladi. Bunday o’simliklarga kuy pechak, no’xot, ximel, daraxtsimonlardan-tok, namatak kabilar kiradi. Lianalar o’zi ilashadigan o’simlik bo’ylab soat strelkasi bo’ylab (ximel) va soat strelkasiga qarshi harakatlanadi.
Sudralib o’suvchi novdalar bo’g’imlarda ildiz hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday o’simliklarga kulupnay, semizut, ajrik, kabi o’simliklar misol bo’ladi.

Yüklə 139,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə