Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor huzuridagi 2023-yil 14-oktabrdagi 2-sonli yig‘ilish b a yonnomasi



Yüklə 51,26 Kb.
səhifə3/4
tarix30.12.2023
ölçüsü51,26 Kb.
#166820
1   2   3   4
1-bayonnoma

O.Davletovning axborotlarini tinglab va so‘zga chiqqan yig‘ilish a’zolarining fikr mulohazalari asosida
Q A R O R Q I L I N D I :


2.1. Kun tartibining 2-masalasi yuzasidan O.Davletovning axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.2. Har oy ijara shartnoma qilgan talabalarning hujjatlarini oyning 5-sanasgacha kechtirilmasdan topshirilsin.
2.3. Ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini o’rganish ishlarini yanada kuchaytirish muntazam ravishda universitet ijtimoiy tarmoqlarida yoritib borishlari nazoratga olinsin.
2.4. Ijara xonadonlarga tashrif boyurgan tyutorlar faoliyatini har oyning oxirgi sanasida 1-prorektorga hisobot qilib topshish nazoratini Yoshlar bilan ishlash manaviyat va ma’rifat bo‘limi tyutorlar bilan ishlash bo‘yicha uslubchi xodim R.Jumatoyevga qoldiraman.
2.5. Mazkur qaror bo’yicha nazoratni o’z zimmamda qoldiraman.


ESHITILDI: 3. Vazirlik va bo‘lim tomonidan berilgan topshiriqlarni ijrosini bajarishda mas’suliyatsizlik bilan yondashayotgan fakultet tyutorlari xususida M.Xo‘jayev axboroti.
M.Xo‘jayev:- Tyutorlarning lavozim yo‘riqnomasida iste'dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni respublika va xalqaro tanlovlarga maqsadli tayyorlash, iqtidorli talabalarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga tavsiya etish; shuningdek, talabalar turar joylarida, ijaradagi va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalarning yashash manzillariga muntzam borib u yerda yaratilgan sharoitlarni o'rganib borish va ularni yaxshilash bo'yicha mutasaddilarga taklif kiritish; shahar va respublika doirasida tashkil etiladigan tadbirlarga talabalarni tartib va intizom, uyushqoqlik bilan olib kelish va ishtiroklarini ta'minlash; talabaning axloqiy, ma'naviy-ma'rifiy xususiyatlarini va u haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni yorituvchi yig'ma jild hamda "Axborot va murabbiylik soati" darsi va ish rejasidagi turli xil tadbirlarni qayd qilish jurnalini elektron tutish va yuritib borish, talabalarning darslarga qatnashishlari bo'yicha kunlik davomatini yuritib borish, ular tomonidan sababsiz qoldirilgan dars mashg'ulotlari yuzasidan tegishli choralar ko'rish bo'yicha fakultet dekanatiga bildirgi kiritib borish; talabalarning darslarni o'zlashtirish darajalarini nazorat qilib borish, innovatsion ta'lim texnologiyalari va o'quv-uslubiy materiallar, axborot-resurslari bilan ta'minlashga hamda ushbu manbalardan keng va unumli foydalanishga ko'maklashish kabi vazifalar belgilab qo’yilgan.
Tyutorlar faoliyatini o‘rganish jarayonida quyidagi kamchiliklar aniqlandi.
Barcha fakultetlar tyutorlar tomonidan bo‘limga tegishli hujjatlar (biriktirilgan guruhlar statistikasi, ish rejalar, hisobot) to‘liq topshirilmagan.
Vazirlik va bo‘lim tomonidan berilgan topshiriqlarni ijrosini bajarishda barcha fakultet tyutorlari ma’sulyatsizlik bilan yondashgan.
Shu jumladan Boshlang‘ich ta’lim, O‘zbek tili va adabiyoti, Tabiiy fanlar, Tarix , Maxsus pedagogika va Inkluziv ta’lim fakultetlari axborot va tyutorlik soati dars jadvallari elektron ro‘yxati topshirmaganlar.

Yüklə 51,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə