Nivelirlash jurnalini qayta ishlash va bo`ylama kesimini chizish



Yüklə 1,81 Mb.
tarix16.06.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#89587
1-amaliy


Mavzu. Nivelirlash jurnalini qayta ishlash va bo`ylama kesimini chizish.


Niveiirlash ishlarini qayta ishlashni jadval maiumotlari bo‘yicha ko‘rib chiqamiz:


1. Piketlar oraligidagi reykadan olingan qora va qizil sanoqlar bo‘yicha nisbiy balandliklar hisoblanadi (6-7-ustun):
hqora = a qora- bqora
hqizil = a qizil- bqizil
2. Natijalaming bir-biridan farqi 4 mm dan oshmaganligi nazorat
qilinib, keyingi ustunga o rtacha miqdori qayd etiladi (8-9-ustun):
ho’rt)=(hqora+hqizi) /2
3. Ushbu amallar tugatilib jurnal «betma-bet» tekshiriladi:
(∑aorqa-∑bold)/2
(∑hqora-∑hqizil)/2
Bu yerda mos ravishda aorqa va boldi reykadan olingan sanoqlar (jurnalnmg 3-. 4-ustunlari).



Trassaning ko‘ndalang kesimi tasviri grunt hajmini hisoblash, yo’lning harakat qismining to‘shamasini loyihalash, yomgir, qor suvlarini


qochirish tizimlarini ishlab chiqish uchun olinadi. Tasvirga tushirish geometrik niveiirlash usullarida amalga oshiriladi.
Ko’ndalang kesimlar barcha piket nuqtalarda va plyus yoki xarakterli
nuqtalarda rejalanadi. Ko‘ndalang kesim to‘g’ri chiziqli uchastkalarda
trassaga perpendikulyar, egnliklarda egrining radiusi bo'yicha o’tkaziladi. Kesimning kengligi avtomobil yo‘lining tuproq to‘shamasi barcha elementlari joylashtiriladigan qilib belgilanadi. Ko'ndalang kesimning xarakterli nuqtalari qoziqlar bilan belgilanib, geometrik niveiirlash ishlari bajariladi, nivelirlashlarda reykani faqat qora tarafidan sanoqlar olinadi.
Bo‘ylama va ko‘ndalang kesimlarni chizish.
Avtomobil yolining bo’ylama kesimi chizmasi asosiy loyiha hujjatlaridan biri hisoblanadi. Bo‘ylama kesim geometrik nivelirlash materiallari va piketaj daftarchasi asosida tuziladi. Millimetrovka og‘oziga chizilgan bo'ylama kesimning masshtablari quyidagicha qabul qilingan:
gorizontal bo‘yicha 1: 5000; vertikal - 1: 500;
Chizma kesimiga: yo’l o‘qining yoyiq plani, yo’l o‘qi bo‘yicha yerning bo‘ylama kesimi, grunt to'shamasi qoshining loyiha chizigi, grunt
kesimi, joyidagi xarakterli nuqtalar va piketlar oralig’idagi masofalar, shartli belgilar bilan qiyaliklar,vertikal egrilar va kilometrlar ko’rsatkichlari va hokazo keltiriladi.
Bo‘ylama kesimda ko‘rsatilgan yer yuzasining chizigidan 2 sm pastda 1:50 masshtabda parallel qilib grunt kesimining chizig’i o‘tkaziladi va unga gruntlaming nomi qayd etiladi.
ShNQ me’yoriy qoidalari bo‘vicha yo’l qo‘yishimiz mumkin bolgan bo'ylama qiyaliklar, ko’tarma va o‘ymadagi vertikal egriliklarning minimal radiuslari, bir ishorali eng qisqa egriliklarning masofalari, nazorat nuqtalarning balandliklari (avtomobil va temir yollari bilan kesishuv va qo'shilish, suv havzalarini kesib o'tish holatlari. suv qochirish bo‘yicha yo’l poyining qiyaligi va h.k.) hisobga olinib lekala yordamida yoki GIS tizimidagi ta’minotli dasturlardan (shu jumladan, CREDO, AvtoCAD dasturlarda) foydalanib, loyiha chizig'ining holati otkaziladi.
Loyiha chizigi o‘tkazilgan bo‘ylama kesimining shtampidagi mos ustunlarga loyiha balandliklari, yo’l poyi qoshining ishchi balandliklari miqdorlari qayd etiladi.
Yo‘lnining ko‘ndalang kesimi 1 : 200 masshtabda beriladi.
Chizmada gorizontal va vertikallar bo‘yicha balandliklar bir xil masshtabda ko‘rsatiladi

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə