Neyronli tarmoqning asosiy tushunchalari va elementlari


-ma’ruza uchun o’zini-o’zi tekshirish savollari



Yüklə 339,38 Kb.
səhifə13/13
tarix11.12.2023
ölçüsü339,38 Kb.
#145087
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
9-амалиёт

9-ma’ruza uchun o’zini-o’zi tekshirish savollari



  1. Neyron toʻrlar yordamida oʻrgatish masalasi boʻyicha birinchi tadqiqotlarni qaysi olimlar amalga oshirgan?

  2. “Perseptron” nomli neyron modeli kim tomonidan va nechanchi yilda yaratilgan?

  3. Neyron nima?

  4. Neyron tarkibiga nimalar kiradi?

  5. NTli hisoblashlarning afzalligi qanday holatlarda koʻrinadi?

  6. Sun’iy neyronning tarkibiy modelini keltiring?

  7. Neyrotoʻrlar nima?

  8. NT qanday murakkab masalalarni yechishda qoʻllaniladi?

  9. NTli texnologiya qanday xususiyatlardan iborat?

  10. NT texnologiyasini qoʻllash qanday bosqichlarga binoan bajariladi?

  11. Mak-Kallok-Pitts neyronining formal modeli qanday?

  12. Toʻgʻri bogʻlanishli NT sxemasini keltiring?

  13. Toʻliqsiz bogʻlanishli NTlar qanday tavsiflanadi?

  14. Kirishlarda axborotni uzatish usuliga koʻra NTlar qanday turlarga ajratiladi?

  15. Chiqarishlarda axborotni uzatish usuliga koʻra NTlar qanday turlarga ajratiladi?

  16. Oʻqitishni tashkil etishga koʻra NTlar qanday turlarga boʻlinadi?

  17. NTning holati deganda odatda nimalar tushuniladi?

  18. Oʻqitish usuliga koʻra NTlar qanday turlarga boʻlinadi?

9-ma’ruza uchun testlar

1. Sun’iy neyronlardan neyrotarmoqlarni qurish va qo’llashda ularni dasturiy ifodalsh uchun………….., fizik ifodalash uchun esa - ………… yaratiladi.


а) neyropaketlar; neyrokompyuterlar;
b) neyropaketlar; sinapslar;
с) neyronlar; neyrokompyuterlar;
e) driggerlar; neyronlar.
2. Elektr faolliklikka ega boʻlgan va organizmni operativ boshqaradigan tirik organizmlar nerv hujayralarining alohida turi –bu ………… hisoblanadi.
а) neyron;
b) sinaps;
с) akson;
e) soma.
3. Neyron tarkibiga nimalar kiradi? dan iborat : soma (tan), dendritlar - kirish axborotlarni va akson - chiqish axborotlarni uzatadigan oʻsimtalardan iborat boʻladi..
а) dendritlar, akson, soma;
b) neyropaketlar; neyrokompyuterlar, sinaps;
с) dendritlar, akson, neyrokompyuterlar;
e) driggerlar, akson, soma.
4. Neyrotarmoqli hisoblashlarning afzalligi to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating?
а) b) va e) javoblar to’g’ri.
b) Masalalarni matematik usullar yoradamida formallashtirish va uni yechish uchun matematik apparati mavjud boʻlmaganda;
с) Masalalarni matematik usullar yordamida formallashtirish mumkin boʻlganda;
e) Formallashtiriladigan masalani yechishning matematik apparati juda katta resurs(vaqt, texnika, energiya va boshqa)larni talab qilganda.
5. Neyrotarmoq texnologiyasini qoʻllashning bosqichlarini to’g’ri ko’rsating ?
а) b) va e) javoblar to’g’ri.
b) Muammoni aniq ta’riflash;
с) Boshlangʻich ma’lumotlarni aniqlash va tayyorlash, tizimga ma’lumotlarni kiritish, testdan oʻtkazish;
e) Boshlangʻich ma’lumotlarni aniqlash va almashtirish.
6. Neyrotizimlarning eng muhim elementlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rasting?
а) Adaptivli summator, signalni chiziqsiz o’zgartirtkich, shoxlash nuqtasi;
b) Chiziqli aloqa-sinaps, kirish signallari;
с) Soma, chiqish signallari;
e) Sinaps, drigger.
7.Taktlar sonining ishlashi oldindan chegaralangan bo’lsa-bu……………tarmoq.
а) qatlamli;
b) chiziqli;
с) dinamik;
e) bo’lakli.
8. Neyrotarmoqlarni obyektlarni anglab olishga o’rgatishning umumiy sxemasi nechta bosqichdan iborat ?
а) 6;
b) 5;
с) 7;
e) 4.
9. Nazariy jihatdan ……………. sonini cheksiz ko’paytirish natijasida hammavaqt berilgan o’rgatuvchi tanlovda neyrotarmoqlarni to’liq o’rgatishga erishish mumkin.
а) neyronlar va tarmoqlar;
b) sinapslar va tarmoqlar;
с) somalar va sinapslar;
e) driggerlar va sinapslar.
10. Neyron tarmoqlar yordamida asosan qanday tipdagi masalalar yechiladi ?
а) Sinflash, klasterlash, approksimatsiyalash, avtoassotsiatsiya;
b) Differensiallash, klasterlash, integrallash, avtoassotsiatsiya;
с) Bo’laklash, ketma-ket izlash, to’plamlarni qo’shish;
e) To’plamlarni ko’paytisrish, mantiqiy amallar bajarish, sinflash.
11. Neyron tarmoqlarni obyektlarni anglab olishga oʻrgatuvchi usullarning turlarini to’g’ri ko’rsating ?
а) Tashqi muhit bilan aloqa, topologik va vaznlarni oʻzgartirish, kirishga qoʻyiladigan talablar, stoxastik va determinallilik asosida;
b) Differensiallash, klasterlash, integrallash, avtoassotsiatsiya asosida;
с) Bo’laklash, ketma-ket izlash, to’plamlarni qo’shish asosida;
e) To’plamlarni ko’paytisrish, mantiqiy amallar bajarish, sinflash asosida.
12. Neyron tarmoqlarni obyektlarni anglab olishga tashqi muhit bilan aloqa asosida oʻrgatishning turlari to’gri ko’rsatilgan javobni aniqlang ?
а) Supervizorli, supervizorsiz va tasdiqlash bilan o’rgatish;
b) Differensiallash, klasterlash va integrallash bilan o’rgatish;
с) Supervizorli, ketma-ket izlash, to’plamlarni qo’shish bilan o’rgatish;
e) To’plamlarni ko’paytisrish, mantiqiy amallar bilan o’rgatish.
13. Neyron tarmoqlarni obyektlarni anglab olishga topologik va vaznlarni oʻzgartirish asosida oʻrgatishning turlari to’gri ko’rsatilgan javobni aniqlang ?
а) Faqat topologik oʻzgarishlarni, faqat vaznlarning oʻzgarishlarini, topologik va vaznlarning oʻzgarishlarini hisobga olib oʻrgatish;
b) Faqat topologik oʻzgarishlarni hisobga olib oʻrgatish;
с) Supervizorli, vaznlarning oʻzgarishlarini hisobga olib oʻrgatish;
e) Faqat vaznlarning oʻzgarishlarini hisobga olib oʻrgatish.
14. Neyron tarmoqlarni obyektlarni anglab olishga stoxastik va determinalli oʻrgatishning turlari to’gri ko’rsatilgan javobni aniqlang ?
а) Oʻxshashliklarga va buyruq-asoslarga asoslangan oʻrgatish;
b) topologik oʻzgarishlar va oʻxshashliklarga asoslangan oʻrgatish ;
с) Supervizorli va vaznlarning oʻzgarishlariga asoslangan oʻrgatish;
e) Buyruq-asoslarga va topologik oʻzgarishlarga asoslangan oʻrgatish.
15. Toʻgʻri bogʻlanishli neyronli tarmoqlarda odatda uch turdagi qanday neyronlar qatlamlari mavjud bo’ladi ?
а) Kiruvchi, yashirin va chiquvchi neyronli qatlamlar;
b) Topologik , oʻxshashlik va chiquvchi neyronli qatlamlar;
с) Supervizorli, vaznli va sinapsli neyronli qatlamlar;
e) Buyruq-asosli, topologik va kiruvchi neyronli qatlamlar.
16. Kirishlarda axborotni uzatish usuliga koʻra neyron tarmoqlar qanday turlarga bo’linadi ?
а) kirishga, chiqishga va kirish neyronlarining kuchiga qarab signallarni uzatuvchi neyron tarmoqlarga bo’linadi;
b) Topologik, oʻxshashlik va chiquvchi signallarni uzatuvchi neyron tarmoqlarga bo’linadi;
с) Supervizorli, vaznli va sinapsli signallarni uzatuvchi neyron tarmoqlarga bo’linadi;
e) Buyruq-asosli, topologik va kiruvchi signallarni uzatuvchi neyron tarmoqlarga bo’linadi.
17. Bogʻlanish yoʻnalishlari boʻyicha teskari aloqasiz tarmoq-bu ............. neyron tarmoq bo’ladi.
а) norekurrent;
b) topologikli;
с) supervizorli;
e) toʻliq bogʻlangan.
18. Bogʻlanish yoʻnalishlari boʻyicha teskari aloqalai tarmoq-bu ............. neyron tarmoq bo’ladi.
а) rekurrent;
b) to’liq va topologikli;
с) supervizorli;
e) toʻliq bogʻlangan.
19. Agar rekurrent neyron tarmoqda oʻzining bir qatlamdagi neyronlar oʻrtasida tormozlaydigan aloqalari boʻlsa, u holda bunday tarmoqni ............ tormozlanishli neyron tarmoq deb ataydi.
а) lateralli;
b) to’liq va topologikli;
с) rekurrent;
e) toʻliq bogʻlangan.

1 Bu yerda neyron toʻr va neyron tarmoq tushunchalari bir xil ma’noli


Yüklə 339,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə