New podcast post template design


O’quv jarayonidagi interaktiv –



Yüklə 25,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü25,23 Kb.
#151961
1   2   3   4
KQHxZiCazfEFvFezIR7aDO7W95GQpTEN

O’quv jarayonidagi interaktiv –
psixologik usullar. 
Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim
jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim
beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi.
Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
ta’lim samarasi yuqoriroqbo’lgan o’qish-o’rganish;
ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;
ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;
ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi;
amalda bajarish orqali o’rganilishi;
ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.


DIDAKTIKAGA OID ADABIYOTLARDA TA’LIM
METODLARINI TO’G’RI TANLASH VA ULARNI
QO’LLASH SAMARADORLIGINING TURLI
OMILLAR BILAN BOG’LIQLIKLARI
QUYIDAGICHA QAYD QILINADI:


Birinchidan
, o’quv mashg’ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog’liq;
Ikkinchidan
, bayon qilinadshan materialning harakteriga bog’liq;
Uchinchidan,
ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog’liq;
To’rtinchidan,
o’quv jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi)
davrdagi metodlariga bog’liq;
Beshinchidan
, oliy o’quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog’liq;
Oltinchidan
, o’quv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bog’liq;
Yettinchidan
, o’qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o’quv
jarayonini tashkil etish darajasi hamda o’qituvchining hozirgi zamon metodlari bo’yicha
bilimlariga bog’liq.
Shunday qilib, oliy ta’lim muassasalaridagi kasbiy ta’lim jarayoni o’qitishning zamonaviy shakl va metodlariga muvofiq
tashkil etiladigan ko’pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl o’z oldiga qo’ygan vazifalarni
bajaradi, lekin shakl va metodlar to’plami yagona didaktik majmuani hosil qiladi. Bu didaktik majmuaning amalga oshirilishi
esa, o’quv jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi.



Yüklə 25,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə