Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati Reja



Yüklə 22,61 Kb.
səhifə1/5
tarix16.09.2023
ölçüsü22,61 Kb.
#122147
  1   2   3   4   5
Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati Reja-fayllar.org


Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati Reja

Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati


Reja:
1. Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari

2. Ijtimoiy bozor xo`jaligi konsepsiyasi


3. Chikago monetarizm maktabi
4. Neoliberalizmning boshqa oqimlari



  1. Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari

Neoliberalizm (inglizcha „neoliberalism“) — liberalizmning bir turi bo‘lib, siyosiy va iqtisodiy falsafaning 1930-yillarda vujudga kelgan va 1980-90 yillarda mafkura sifatida shakllangan yo‘nalishidir.

Terminning o‘zi birinchi marta 1938-yilda Valter Lippmanning Parij kollokviumida ishlatilgan. Terminning mualliflari fransuz iqtisodchisi Bernar Lavern va uning nemis hamkasbi Aleksandr Ryustou hisoblanadi.
Neoliberalizm paydo bo‘lganidan so‘ng, avvalo, davlatning iqtisodiy jarayonlardagi roliga munosabat o‘zgardi. Neoliberallar o‘z vazifalari qatoriga erkin tadbirkorlikni faol himoya qilishni ham kiritadi. Davlat monopoliyaga qarshi qonunchilikni o‘rnatdi, kichik biznesni qo‘llab-quvvatladi, mulkdorlar sonini kengaytirdi, iqtisodiy rivojlanishning yagona strategiyasini ishlab chiqdi, mulkchilik shakllarining plyuralizmini va fuqarolarni ijtimoiy himoya qildi. Bundan tashqari, rahbarlar va hokimiyatdagilarning siyosiy rollarini qatʼiy taqsimlash siyosatning muhim vazifasi sifatida barcha siyosiy kuchlarning kelishuvi bilan almashtiriladi. Liberalizm Gʻarb demokratlarining mafkuraviy asosiga aylandi.
Neoliberalizm klassik liberalizmdan farqli boʻlib, davlatning iqtisodga aralashuvi va uni tartibga solishini to‘liq inkor etmaydi, ammo o‘z funksiyasida faqat raqobat tamoyillari va erkin bozor qonunlarini o‘rnatish vazifasini qoldiradi. Bunda erkin bozor va cheklanmagan raqobatni asosiy vosita deb biladi. Neoliberalizmda taraqqiyotni taʼminlash va ijtimoiy adolatga erishish mumkin bo‘lgan barcha narsa yalpi ichki mahsulot bilan o‘lchanadigan iqtisodiy o‘sishga asoslangan.
Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo`ldi va XX asrning 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal iqtisodiy jarayonlarga davlatning ma'lum darajada aralashuvi tufayli cheklanmagan erkin raqobat g`oyasining ustuvorligiga asoslanadi. Agar keynschilik iqtisodiyotda davlatning faol aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberalizm davlatning nisbatan passiv tartibga solishini qo`llaydi. Keynschilik modellarida iqtisodiyotning turli sohalarini investitsiyalash, hukumat buyutma va xaridlari hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo`yicha davlat chora-tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning o`nta keng qo`llanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma'lum bo`lgan davlat budjeti kamomadi va inflatsiyaga olib kelishida ko`rinadi.

Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va nodavlat tuzilmalarining yetakchi bo`lishini qo`llaydilar. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini esa "tunggi qorovul" yoki "sport sud'yasi" qabilida bo`lishi ko`zda tutiladi. Bu yo`nalishning yirik vakili L.Erxard aytganidek "Raqobat mumkin bo`lgan hamma yerda, tartibga solish - zarur bo`lgan yerda" amalga oshuvi kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki cheklangan bo`lib, tadbirkorlarning erkin va mo'tadil faoliyati iqtisodiyotdagi muvozanatni saqlashning asosiy sharti sifatida qaraladi.


XX asrning 30-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash maqsadida muqobil neoliberal markazlar tashkil etildi. Buning sababi shundaki, 2-jahon urushi arafasida paydo bo`layotgan militaristik g`oyalar nihoyatda kuchli bo`lib, ko`p mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, AQSH, Buyuk Britaniya...) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin kuchayadi.
Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, AQSH va Angliyada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakillari - V.Oyken, V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erxard va b.), Chikago maktabi, uni "monetar maktab" deb ham ataydilar (yetakchi vakillari - L.Mizes, M.Fridmen, A.Shvari va b.), London maktabi (yetakchi vakillari - F.Xayek, L.Robbins va b.).
Fransiyada neoliberal g`oyalarning taniqli vakillari sifatida iqtisodchilar J.Ryueff, M.Alle va boshqalarni keltirish mumkin. Bu olimlar o`sha davridayoq yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938 yili Parijdagi konferensiyada neoliberalizmning asosiy prinsiplari xalqaro ko`lamda e'lon qilindi. Bu neoliberallarning yig`ilishi (forumi) "Lippman kollokviumi" deb xam ataladi, buning sababi shuki, o`sha yili amerikalik iqtisodchi A.Uolter Lippman "Erkin shahar" kitobini e'lon qildi va undagi g`oyalar neoliberal prinsiplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo`llab-quvvatlangan neoliberal umumiy prinsiplarning mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat qoidalarini qaytarishga g`amo`rlik qilishlari va ularni barcha xo`jalik subektlari tomonidan bajarilishini ta'minlashlariga ko`maklashuvi so`raladi. Bu hujjatda xususiy mulk ustunvorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yo`li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, katastrofa va b.) holatlardagina qayta ko`rilishi mumkin deb hisoblanadi.



Yüklə 22,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə