Neft-gaz sanoati mashina va jihozlari va quvur transporti tizimlari



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə5/16
tarix11.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#144320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
kurs ishi

5 – rasm. Aralashgan suv harorati sozlagichi. (ORGRES konstruksiyasi)
1 – korpus; 2 – taqsimlovchi (zolotnik); 3 – tiqin; 4 – impuls quvuri; 5 – bosimli saplo; 6 – sozlash vinti; 7 – klapan; 8 – tukuvchi saplo; 9 – termobalon; 10 – egar; 11 – membranali servomator.
Aralashgan suv uchun lozim bo‘lgan harorat transformator moyi bilan to‘ldirilgan termobalon yordamida nazorat qilinadi. Aralashgan suv harorati me’yoridan past bo‘lganda balondagi yog‘ hajmi silfonning uzayishiga olib keladi, uning tubiga sterjen va sozlash vinti tiralib turadi. Klapani (7) sharnirli richagga mahkamlangan vint (6) ni tuzilishi (8) soploni yopilishiga (5) soploni ochilishiga olib keladi.
Klapanlarning bunday almashishi natijasida membranali servomotor (11) ning pastki yo quyi bo‘shlig‘i suv berayotgan yuqoriroq bosimiga ega suv bilan uchratadi.
Membrana va zolotnikni yuqoriga ko‘tarilishi bilan suv berilayotgan quvurdan berilayotgan suv miqdori ortadi va aralashgan suv uchun lozim bo‘lgan harorat tiklanadi. Agar aralashgan suv harorati yuqorilashib ketsa, yshbu jarayon teskari tartibda boradi. Sozlagichning sezgirligi 2- 4°S ga teng. Dilatolitrik termorelesi bo‘lgan sozlovchi klapanlar mukammalroq va yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega. Tashqi ko‘rinishdan ular bir – biriga o‘xshash, ammo quvurlarga flaneslar yordamida biriktiriladi.
Akkumulatorlar silindrik va to‘g‘ri burchakli ko‘rinishda bo‘ladi. Baklar yopiladigan qapqog‘i bo‘lgan kirish joylariga ega bo‘lishi lozim, balandligi 1,5 m dan yuqori bo‘lganda ichki narvonlarga ega bo‘ladi. Baklarning ichi korroziyadan himoyalanuvchi qoplama bilan qoplanadi, tashqi tomoni issiqlik yo‘qolishi saqlovchi qoplama bilan qoplanadi.
To‘g‘ri burchakli akkumulatori faqat yuqorida joylashtirib ishlatishga (chordoqda) moslashtirilgan, chunki ular yuqori bosimda ishlashga hisoblanmagan. Baklar atmosfera bilan mulokatda bo‘lgan bug‘ chiqarib yuboruvchi quvur va tukuvchi uskuna bilan jihozlanadi. Akkumulatorlar pastda joylashganda ishchi bosimi 0,6 MPa dan kam bo‘lmagan bosimga hisoblangan baklardan foydalaniladi.
Akkumulatorlar sifatida ichki uskunalari mexanik filtrlardan foydalanish mumkin.

6– rasm. To‘g‘ri burchakli akkumulatorni chordoqda o‘rnatish
1 - issiq suv tukiladigan quvur, 2 - bug‘ chiqarib yuboruvchi quvur; 3 - issiq suv olish joyi; 4 - taglik; 5 - yog‘och brus; 6 - suv tukuvchi shtuser; 7 - suv tukiladigan varonka, 8- ortiqcha suvni tukuvchi quvur.

7 – rasm. Issiqlik tarmog‘ining mos energoakkumulatorini o‘rnatish
1 - suv kirishi, 2 - havo chiqaruvchi quvur uchun joy, 3 - saqtovchi klapan joyi; 4 – suv chiqishi; 5- lyuk.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə