Nazorat savollari His-tuyg`u tushunchasining mazmunini izohlang?


Hissiy holatlarning ifodalanishini qanday izohlaysiz?



Yüklə 18,8 Kb.
səhifə5/6
tarix18.01.2022
ölçüsü18,8 Kb.
#82945
1   2   3   4   5   6
Nazorat savollari His-tuyg`u tushunchasining mazmunini izohlang (1)

5. Hissiy holatlarning ifodalanishini qanday izohlaysiz?


Hissiy holatlarning ifodalanishi, birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo`l – oyoq harakatlari,­) ikkinchidan, organizmdagi turli hodisalarni, ya`ni ichki a`zolar faoliyatining va holatining o`zgarishida, uchinchidan, tabiatda, ya`ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o`zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo`ladigan o`zgarishlarni o`z tarkibiga oladi. His - tuyg`ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo - ishora, vajohat va qaddi - qomatning o`zgarishi, ayrim tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (yosh, so`lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o`zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning fonetik o`zgarishlari, “ovoz mimikasi” va gaplar tartibining sintaksis o`zgarishi, “tutilmasdan gapirish” yoki alohida “silliqlik”hamda “ifodalilik”ning yuzaga kelishi, nihoyat hissiyot o`zining to`la yoki qisman ifodasini topadigan xatti - harakatlarga taalluqlidir. Kishining emotsional kechinmalar vaqtida nutqning tezligi o`zgaradi. Ko`pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ohangi o`zgaradi. O`tkazilgan tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, g`amginlik va mayuslik hislarini ifodalovchi nutq vaqtida shu nutqning so`zlovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi. Nutqning o`zi susayib qoladi, so`zlayotgan kishining tovushi ham bo`linib - bo`linib chiqadi.

Yüklə 18,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə