Navoiy davlat pedagogika instituti tarix yo'nalishi b2 guruh talabasi mustofoyev dilshod o'zbekiston tarixi


Shayboniylar davlati huquq tizimi



Yüklə 311,64 Kb.
səhifə4/5
tarix19.12.2023
ölçüsü311,64 Kb.
#153577
1   2   3   4   5
MUSTOFOYEV DILSHOD

Shayboniylar davlati huquq tizimi
Xonlikda jinoyatni aniqlovchi va jazo beruvchi asosiy mahkama islomiy shariat qonun-qoidalariga asoslanib tutuvchilar qozilik idoralari edi. Davlatdagi Oliy sudya qozi kalon bo‘lib, viloyat-lardagi jinoyatlarni jazolash viloyat qozilari qo‘lida edi. Oliy jazo- o‘lim hukmini faqat xonning maxsus farmoni bilan amalga oshirganlar. Aybdorni aniqlashda shariat qonunlariga asosan ikki kishi guvohiligi yetarli bo‘lgan. Viloyatlarda, tumanlarda jinoyat ishlarini viloyat hokimi nazoratida mahalliy qozilar olib borgan. Jinoyatchilarga gunohiga qarab o‘lim jazosi, ma’lum muddatga (ko‘p-chilik hollarda umrbod) zindonga tashlash, tan jazosi berish (darra urish, barmoqlarini kesib tashlash), sazoiy qilish, qoziqqa o‘tkazish kabi jazo choralari ham qo‘llanilgan. Aybdorlarga jazo berish ko‘pincha bozor oldida maxsus maydonda – aholi ko‘z o‘ngida amalga oshirilgan.
harbiylar sodir etgan jinoyatlar va jazo turlari maxsus har-biy sudyalar qozi askar va mufti askar tomonidan ko‘rib chiqilgan.
Mol-mulk bilan bog‘liq jinoyatlar, o‘g‘irlik shariat qonunlari-ga rioya qilmaslik uchun beriladigan jazolar turi ko‘pincha amal-dorlarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lib ma’lum jinoyatlar uchun aniq jazo oldindan belgilab qo‘yilmagan.
Bu davrga oid hujjatlarda (Juybor shayxlari arxivi, Samarqand qozilik idorasi hujjatlari) fuqarolik ishlari, huquqiy ma’muriy jinoyatlar, tartibbuzarliklar va ularga nisbatan qo‘llaniladigan jazo choralari haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan. Masalan: Buxorodagi Katta Foziyon va kichik Foziyon madrasasiga tegishli hujjatlarda (1535) madrasada o‘qish va hujrada yashash tartib-qoidalarini buzgan talabalarga quyidagi jazo choralarini ko‘rilishi qayd etilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
  • Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1.-T., 1996 y.
  • Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. T.5.-T., 1997 y.
  • Karimov I.A. Havfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.10.-T., 2002 y.

  • Yüklə 311,64 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə