Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Tarmoqlarga bo`lingan trubaning xarakteristikasi



Yüklə 1 Mb.
səhifə8/16
tarix21.10.2023
ölçüsü1 Mb.
#130443
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Oqil akaga

Tarmoqlarga bo`lingan trubaning xarakteristikasi.
Truboprovod sistemasi bir qancha qismlardan iborat bo`lib, ular ketma-ket va parallel ulangan trubalardan tashkil topgan bo`lsa, u holda bu qisimlarning har biriga ketma-ket va parallel ulash qoidalarini qo`llab, xarakteristikalarni yoki ten­g­­la­­malarni tuzib olamiz. So`ngra bu qisimlarning har birini ayrim truba sifatida qarab va parallel yoki ketma-ket ulash qoidasidan foydalanib sistema uchun xarakteristika yoki tenglama tuzamiz. Bu qoidaga asosan har qanday murakkab trubalar sistemasini hisoblash mumkin.
Nasosdan ta'minlanuvchi truba
Yuqorida biz turli usulda ulangan trubalar sistemasini ko`rdik, biroq ularning suv bilan ta'minlanishi qanday amalga oshirilishi haqida to`xtalib o`tmadik. Bunday hol balandlikka o`rnatilgan katta idishdan ta'minlanuvchi trubalar sistemasi uchun yoki nasosdan ta'minlanuvchi sistemalarning qisimlari uchun o`rinli. Sanoat va qishloq xo`jaligida trubalarni nasos orqali ta'minlash hollari ko`p uchrab turadi. Bu holda trubalar sistemasidagi bosim ustiga nasos hosil qilgan bosimni ham qo`shish kerak bo`ladi. Shu maqsadda nasosdan ta'minlanuvchi sodda trubalarni (9.23-rasm) ko`ramiz.
Nasos pastki idishdan p0 bosimli suyuqlikni so`rib, yuqoridagi p1 bosimli idishga chiqarib bersin. Nasos o`qining pastki sathdan balandligi H1 geometrik so`rish balandligi deyiladi va bu balandlikkacha suyuqlik harakat qilayotgan truba so`rish trubasi deyiladi. Suyuqlikning yuqori sathining balandligi H2 zo`riqish geometrik balandligi deyiladi va suyuqlikni bu balandlikka ko`tarishda qatnashuvchi truba haydash (nagnetatelnaya ili napornaya) trubasi deyiladi.
So`rish trubasi uchun (0 – 0 va 1 – 1 kesimlar uchun ) Bernulli tenglamasini yozamiz:
Bu tenglamadan ko`rinadiki, nasosning suyuqlikni H1 balandlikda ko`tarish, unga kinetik energiya berishi va gidravlik qarshiliklarni yengishi birinchi idishdagi p0 bosimdan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi. Shuning uchun bu bosimdan shun­day foydalanish kerakki, nasosga kirish oldidan suyuqlikda kavitasiya hodisasini vujudga keltirmaydigan darajadagi chegirma bosim (p1) saqlanib qolsin.


Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə