Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., Nurmurodov t. I., Umirov f. E



Yüklə 11,81 Mb.
səhifə9/159
tarix29.11.2023
ölçüsü11,81 Mb.
#140710
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   159
Navoiy davlat konchilik instituti erkayev a. U., Reymov a. M., N

Organik o‘g‘itlar: Ulardagi elementlar o‘simlik va hayvonlardan olinadigan chiqindi moddalar tarkibida bo‘ladi. Bunday o‘g‘itlarga birinchi navbatda go‘ng, shuningdek o‘simlik va xayvonlardan chiqadigan chiqindilar (torf, kunjara, baliq va parranda chiqindisi, suyak uni, axoli chiqindisi va turli oziq - ovqat maxsulotlari chiqindilari) ni qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlar ham kiradi, bunga yashil o‘g‘itlarni ham kiritish mumkin.
Organo - mineral o‘g‘itlar tarkibida organiq va mineral moddalar bo‘ladi; bunday o‘g‘itlar torf, ko‘mir va boshqalar kabi organiq moddalarni ammiak yoki fosfat kislota bilan qayta ishlash orqali olinadi. Ularni shuningdek go‘ng yoki torfni fosforli o‘g‘itlar bilan aralashtirish yo‘li bilan ham olinadi.
Bakterial o‘g‘itlar: tuproqdagi va o‘g‘itlardagi havo azoti yoki minerallashgan organiq moddalar bilan oziqlanuvchi mikroorganizmlar tutgan preparatlar kiradi. Bunday o‘g‘itlar qatoriga azotobakterin, tuproq nitragini kiradi.
Mineral o‘g‘itlar agrokimyoviy ta’siri bo‘yicha to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlatiladigan, bilvosita foydalaniladigan va o‘simliklar o‘sishini boshqaruvchi preparatlar turlariga bo‘linadi.
To‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlatiladigan o‘g‘itlar: o‘simliklarning bevosita oziqlanishiga mo‘ljallangan. Ular tarkibida o‘simliklar xayoti uchun muhim bo‘lgan elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, oltingugurt, temir, shuningdek mikroelementlar (bor, molibden, mis, rux, kobalt) tutadi. To‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlatiladigan o‘g‘itlar, o‘z navbatida, oddiy (bir yoqlama) va kompleks ( ko‘p yoqlama) o‘g‘itlarga bo‘linadi.
Oddiy o‘g‘itlar: tarkibida o‘simliklar oziqluvchi elementlar: azot, fosfor, kaliy, magniy, bor va boshqalardan bittasi bo‘ladi. Ular ham o‘z navbatida azotli, fosforli, kaliyli, mikroelementli o‘g‘itlar turlariga bo‘linadi.
Mikroo‘g‘itlar: kam me’yorda (gektariga gram va kilogramlarda) qo‘llaniladigan o‘g‘itlar hisoblanadi. Tarkibida mikroelementlar tutgan - borat kislota, mis (II) - sulfat, ammoniy molibdat va boshqa texnik tuzlar ishlatiladi. Kolchedan kuyundisi, marganetsli quyqum (shlam), cho‘ktirilgan magniy borat va boshqa mikroelementli chiqindilar suvda erimaydi. Ularni suvda eriydigan holatga qayta ishlanadi yoki to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Qishloq xo‘jaligida suvda eriydigan ham, suvda erimaydigan ham mikroo‘g‘itlar ishlatiladi.

Yüklə 11,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə