Navoiy buyukdir Navoiy daho



Yüklə 22,6 Kb.
səhifə4/8
tarix05.05.2023
ölçüsü22,6 Kb.
#108695
1   2   3   4   5   6   7   8
Alisher Navoiyning 580 yilligiga bag

6- O’quvchi:Har yerda bahor o’lsa chaman bo’lsa kerak,
Har yerda chaman,gul-u suman bo’lsa kerak,
Har yerda xazon bo’lsa tikan bo’lsa kerak,
Har qayda tikan ranj-u mihon bo’lsa kerak
7- O’quvchi:Zohid senga huru menga janona kerak,
Jannat senga bo’lsin menga mayxona kerak,
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo’lsa to’la yona kerak. .
8-O’quvchi:G’urbatda g’aribu shodmon bo’lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulga tikondek oshyon bo’lmas emish.
9-O’quvchi:Bu gulshan ichra yo’qdir baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur yaxshilik bila chiqsa ot.
O’quvchi qizlar ishtirokida “Tanovar” raqsi ijro etiladi.
1- boshlovchi:Ko’ngil poklanadi ,poklanadi ruh,
Kengliklar bag’rida charx urar xayol
Yuksak fazolarga yetaklar shukuh
Ketasan o’zingni unutgan misol,
Navoiydan baytlar o’qisang.
2-boshlovchi: Oshiqlar holiga gohi yig’laysan,
Chorasiz qolasan axtarib imkon.
Majnunni sahrodan yonib izlaysan
Ishq dardi qalbingni aylagay vayron,
Navoiydan baytlar o’qisang.
Navoiy betakror va boqiy siymo.Navoiy asararlarida Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Bahrom va Diloromning sof va samimiy muhabbatlarini tarannum etadi
.Endi navbat sahnaviy ko’rinishga.Uyg’unning “Navoiy’ romanidan olingan”Navoiy va Guli” manalogini tinglaymiz marhamat!
1- Guli: Hamon yodimdadur gul chog’i erdi,
Ko’rishgan maskanim gul bog’i erdi
Ochilgan rang-barang gullar chamanda
Quyoshda barq urib aylardi xanda
Ochib gul daftarin bulbul o’qirdi,
Muhabbat haqida doston to’qirdi.
Esimda qutqarib hijron o’limdin
Gapirgan gaplari ushlab qo’limdin
Qilib to’y so’ng bo’lurmiz birga doim
Seni ko’p ko’rmasin menga xudoyim.
Hayhot faqat meni ko’p ko’rdi senga
Ajal o’z zaxrini ichkazdi menga.

Yüklə 22,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə