Name of presentation


Dars - boshlang’ich ta’limning asosiy shakli sifatida



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə2/2
tarix08.03.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#102121
1   2
5-MAVZU chala

Dars - boshlang’ich ta’limning asosiy shakli sifatida.
  • Boshlang’ich ta’lim pedagogikasida darsning bir necha tiplari farqlanadi.
  • Bunday tiplarning asosiylari quyidagilardan iborat:
  • 1. Kombinatsiyali dars. Bunday dars tipi keng ommalashgan bo’lib, u quyidagi qismlarga bo’linadi: tashkiliy qism (1-2 daqiqa); uy vazifasining bajarilganligini tekshirish (10-12 daqiqa); yangi mavzuni o’zlashtirish (15-20 daqiqa); o’zlashtirganlarini mustahkamlash (10-15 daqiqa); darsni yakunlash (5 daqiqa); uy vazifasi berish (2-3 daqiqa).
  • 2. Yangi o’quv materiali o’zlashtirish darsi. Mazkur dars tipida yangi o’quv materiallari o’zlashtiriladi va uning doirasida nostandart darslar ham tashkil qilinishi mumkin. Masalan muammoli dars, tadqiqotli dars, anjumanli dars kabilar shular jumlasidandir. Bunday nostandart darslar yangi o’quv materiallarini kutilgan darajada o’quvchilar tomonidan o’zlashtirish imkonini beradi.
  • 3. Mustahkamlash darsi. Ushbu dars tipida o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratiladi. Bunda amaliy seminarlar, ekskursiyalar, mustaqil topshiriqlarni bajarish va laboratoriya ishlari kabi shakllardan foydalanish mumkin. Bu dars tipi ayniqsa, boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun maqbul shakllardan hisoblanadi.
  • 4.Umumlashtirish darsi. Bu dars tipida o’quv fanlarining mavzulari muayyan bloklar asosida umumlashtiriladi va yakun yasaladi. Bu dars tipi orqali o’quvchilarga yangi ma’lumotlar, topshiriqlar va mashqlar taqdim etiladi. Buning natijasida o’quvchilarda ijodiy o’zlashtirish ko’nikmasi shakllantiriladi. Bizning yondashuvimizga ko’ra, umumlashtiruvchi dars tipida boshlang’ich ta’limda oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
  • 5.Nazorat darsi. Mazkur dars tipida o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimi, ko’nikmasi va malakasi korrektsiya qilinadi, uning natijasida o’quvchilarning o’zlashtirishi nazoratga olinadi. Bu dars tipi har bir o’quvchini nazoratga olish imkonini beradi, u yozma yoki og’zaki so’rovnoma, diktant, bayon va mustaqil ish yozdirish shakllarida tashkil etiladi. Bu dars tipi har bir o’quv fanining biror mavzusi yoki bo’limi yakunlangandan keyin o’tkaziladi. Ushbu dars tipining natijalariga ko’ra, keyingi darslar tiplari tanlanadi.
  • Boshlang’ich ta’limda darsning zamonaviy turlari.
  • Hozirgi zamon boshlang’ich ta’limida darsning bir necha zamonaviy turlari shakllantirilgan. Lekin ularning negizida an’anaviy dars tizimi asoslari saqlanib qolgan. Bugungi kunda boshlang’ich ta’limda darsning quyidagi zamonaviy turlari kuzatiladi:
  • -texnologik dars, bunda kompьyuter kabi texnikalarning imkoniyatlaridan foydalanib an’anaviy va noan’anaviy shakllarda dars o’tiladi;;
  • -tajribaviy dars, bunda rivojlangan davlatlar masofadan turib ikkinchi bir davlatning boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun dars o’tkazadi;
  • -evristik dars, bunda boshlang’ich ta’limning biror o’quv fani bo’yicha yangi bilimlarni tajriba – sinovdan o’tkazish darsi amalga oshiriladi.
  • Bugungi kunda O’zbekiston boshlang’ich ta’lim tizimida darsning zamonaviy turlarini shakllantirish va ularni tajriba –sinov ishlaridan o’tkazish jarayoni kechmoqda. Misol uchun, 2020-2021 o’quv yilidan boshlab boshlang’ich sinflarga joriy etilgan yangi fan “Tarbiya” o’quv predmetining dars mashg’ulotlari o’quvchilarda fazilatlarni amaliy shakllantirishga yo’naltirilgan. Bunda o’quv fanining asoslari bo’yicha qisqacha nazariy tushunchalar beriladi, asosiy e’tibor o’quvchilarni tarbiyalashning amaliy jihatlariga qaratiladi.
  • SHunday qilib dars – boshlang’ich ta’limning asosiy shakli sifatida muhim ahamiyatga ega.
  • SAMARADORLIK
  • samaradorlik

  • Dars mashg’ulotining xususiyalarini “Yon daftar”ingizga konspekt qiling. Dars mashg’ulotining tarixini eslab qoling.
  • E’tiboringiz uchun raxmat!

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə