Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/169
tarix05.02.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#83459
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169
biologiya

Kariokinez -
 yadroning bo’linishi. 
Kariotip -
 u yoki bu turdagi organizm somatik hujayralardagi xromosomalar- ning 
soni, hajmi, shaklini ifodalash. 
Katabolizm  -
  yirik  organik  molekulalarning  kichik  birikmalarga  parchalanish 
jarayoni. 
Kopulyasiya —
 lotincha so‘z bo‘lib «juftlashish» degan ma'noni bildiradi. 
Komplementar genlar
 - allel bo’lmagan genlar bo’lib, ular birgalikda ma'lum bir 
belgini rivojlantiradi, ya’ni to’ldiruvchi ta'sir ko’rsatadi. 
Konsumentlar  -
  produtsentlar  hosil  qilgan  organik  moddalarni  iste'mol  qiladi. 
Ularga hayvonlar va parazit o‘simliklar kiradi. 
Krossingover  -
  reduksion  bo’linishda  kon'yugatsiyalanadigan  gomologik 
xromosomalarning  xromatidlari  o’rtasida  o’xshash  qismlar  (genlar)ning  o’rin 
almashishi. 
Meyoz  -
  yetilmagan  jinsiy  hujayralar  yadrosining  ikki  marta  bo’linishi,  bunda 
xromosomalar soni gaploid bo’lgan 4 ta bir xil hujayra gameta hosil bo’ladi. 


 
 
Metafaza  -
  mitozning  ikkinchi  fazasi,  bu  fazada  yadro  qobig’i  erib  ketadi, 
xromosomalar esa hujayra ekvatori bo’ylab tizilib oladi. 
Metabolizm-
hayot  asosini  tashkil  etib,  bu  jarayon  natijasida  hujayra  tarkibiga 
kiruvchi modda molekulalarining parchalanishi va sintezi, hujayra tizimining hosil 
bo‘lishi, yangilanishi va parchalanishi holatlari ro‘y berib turadi. 
Mikrospora -
 yosh chang xaltachasidagi arxespora hujayrasining meyoz bo’linishi 
natijasida hosil bo’lgan to’rtta hujayra (tetrada)ning biri, uning 
rivojlanishidan 
chang donachasi hosil bo’ladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə