Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə3/74
tarix11.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#146863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Dinshunoslik majmua 18-18. 2018

Din psixologiyasi. Bu ilm sohasi, zamonaviy psixologiya bilan birgalikda Shakllangan va uning bir tarmog‘i holiga aylangan. Din psixologiyasi, avvalo insonga oid bo‘lgan diniy hayotning turli jihatlarini psixologik jihatdan o‘rganadi. YA’ni din psixologiyasi dinning psixologik jihatini, shaxsning diniy tajribasini va bu tajribaning turli ko‘rinishlarini bayon qilishga harakat qiladi. Natijada u dinning inson ruhidagi asosiy xususiyatlari xatti-harakatlarga bo‘lgan ta’siri to‘g‘risida atroflicha to‘xtaladi. Ruh-jasad aloqasi bilan atrof-madaniyat ta’sirlarining barchasini ichida o‘rganuvchi diniy e’tiqod, shaxslarning ichki olamidagi turli rivojlanishlarni ko‘rsatib beradi. SHu sababli Din psixologiyasi diniy tajribadan boShlagan holda inson turlarini atroflicha o‘rganib, xos tipologiyalarni kaShf qiladi. Kishining diniy his, tushuncha va yashash tarzi din psixologiyasining asosiy mavzusidir. U shaxsda din tuyg‘usi va hissining qanday qilib kelib chiqqanligi va shakllanishini, ihtido (hidoyat topish) yoki inkor hodisalarini, dindan kelib chiqqan ruhiy keskinlik va shubhalarni tadqiq qiladi.
Din psixologiyasi umumiy psixologiyaning barcha metodlaridan foydalangan holda o‘ziga taalluqli bo‘lgan mavzularni muhokama qiladi. Bu ilm turi, dindorlikning shaxs ruhiyatidagi siljish va ta’sir jarayonining tadqiq qiliniShida umumpsixologiyadagi tamal asoslar, berilgan ma’lumotlarga (raqamlar)ga qarab anketalar, testlar va kuzatuvlardan foydalanadi.
Din falsafasi. Din sotsiologiyasi, psixologiyasi kabi asosiy mavzusi «din» bo‘lgan din falsafasi, «din»ni falsafadan kelib chiqib tadqiq qiladi. Bu tadqiqot asnosida aqliy va betaraf yo‘l tutadi. Bu ilm turi, qandaydir bir yaratuvchi kuch e’tiqodiga falsafiy bir asos topishga harakat qiladi. Shu tufayli ham din falsafasi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchilarning maqsadi dinning haq yoki botil ekanligi masalasi bilan mashg‘ul bo‘lish emas, diniy hukmlarning mantig‘i va mohiyatini ochib berishdir. Bu maqsad bilan ular, eng avvalo xudoning mavjudligi bilan bog‘liq dalillarning tanqid yoki tahlilini qiladi, bu dalillarning qanchalik asosli yoki asossiz ekanligi masalasini ko‘rib chiqadi. Din falsafasini boshqa din ilmlaridan ajratib turuvchi jihat bu, undagi hukm berish, xulosa yasash xususiyatidir. Boshqa din ilmlari, baho berish, munosabat bildirish metodiga suyangan holda diniy masalalarni hal qilishsa; Din falsafasi, ular yasagan xulosa va erishgan natijalardan keng miqyosda foydalanadi va bu natijalar sababli bir qancha hukmlarni chiqaradi. Hatto din falsafasi, dinni maqsad qilib olgan ilm turlari qo‘lga kiritgan natijalar va bu natijalarga erishish uchun ular qo‘llagan metodlar haqida ham hukm chiqarishi mumkin.
Din falsafasi, dinning mohiyati, insonning diniy haqiqatlar bilan bo‘lgan bog‘liqligini o‘rganadi. Bu ilm turining e’tiborida bo‘lgan mavzularning boshida Xudoning borligi, sifatlari, yaratuvchi-koinot munosabati, yaratish, olamning yaratilishidagi maqsad, qayta tirilish, payg‘ambarlik va vahiy kabi keng miqyosda metafizik bir xarakterga ega masalalar asosiy o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari ilm-imon, ilm-din, din-madaniyat (din-san’at, din-til-adabiyot) diniy tajriba, diniy his kabi asoslar ham bu ilm turining sarhadlariga kiradi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə