Namangan Davlat Universiteti Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 307-guruh talabasi Qo’ldosheva O’g’ilxonning “Estetika o’qitish metodikasi” fanidan yozgan mustaqil ishi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə1/3
tarix24.05.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#112555
  1   2   3
1-MAVZU SLAYT

Mavzu. Kasbiy kompetentlilik mohiyati.

Mashg’ulot rejasi: 1.Kasbiy kompetentlikning mohiyati. 2.Kasbiy kompetentlilikni shakllantirish. 3.O’qituvchining akmeogrammasi. 4.Pedagogning psixologik-akmeologik kompetentliligi. 5.Pedagogning umumiy kasbiy komponenti turlari ..



Tayanch tushunchalar.
Kasbiy kompetentlik, mohiyati. kompetentlilikni shakllantirish,o’qituvchining akmeogrammasi,pedagog, psixologik,akmeologik,kompetentliligi,kasbiy
komponenti turlari,kasbiy faoliyat, ijtimoiy, shaxsiy, moddiy, ma’naviy,ehtiyojlarni,qondirish, yo‘naltirilgan, mehnat predmetlari, faolligi,кasbiy muloqot ,mehnat predmetlari, мutaxassis, professional – o‘z ishining ustasi, shaxsi – mehnat kishisining psixik xususiyatlari, sifatlari, holatlari, mehnat jarayonida o‘zgaradi, takomillashib boradi.

Kasbiy faoliyat – kishining ijtimoiy va shaxsiy, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ne’matlar yaratish uchun yo‘naltirilgan, mehnat predmetlarini qayta o‘zgartirishga qaratilgan faolligidir.

Kasbiy faoliyat – kishining ijtimoiy va shaxsiy, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ne’matlar yaratish uchun yo‘naltirilgan, mehnat predmetlarini qayta o‘zgartirishga qaratilgan faolligidir.

Kasbiy muloqot mehnat predmetlarini qayta o‘zgartirish jarayonida boshqalar bilan o‘zaro ta’sir etish va hamkorlik qilishga yo‘naltirilgan faolligidir. U kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish vositalaridan biri sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.

Mutaxassis (professional – o‘z ishining ustasi) shaxsi – mehnat kishisining psixik xususiyatlari, sifatlari va holatlari yig‘indisidan iborat bo‘lib, u kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishi uchun imkoniyat yaratadi hamda mehnat jarayonida o‘zgaradi va takomillashib boradi.

Shaxsning hayotiy va kasbiy shakllanishining dinamik xarakterini, shaxsning o‘ziga xos filogenetik va ontogenetik xususiyatlarini, qolaversa, undagi mehnat faoliyatining rolini, sub’ektning kasbiy shakllanishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bu jarayonni “professiogenez” atamasi bilan atash mumkin. Shaxs faoliyatini tashkil qilish va tahlil qilishga nisbatan professiogenetik yondashuv shaxs mehnat faoliyatini o‘rganuvchi psixologiyaning qator sohalari va boshqa fan sohalari uchun metodologik, nazariy va metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.


Professiogenezning markaziy nuqtasida mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishi va uni bir necha aspektlarini keng ko‘lamda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir:
Birinchidan, shaxs taraqqiyoti sifatida – bu muayyan mehnat sub’ektining faollik darajasiga bog‘liq va еtakchi faoliyat xarakteriga asoslangan holda aniq bir yosh davrida namoyon bo‘ladi. Psixik taraqqiyot eng avvalo, mehnat motivlarining shakllanishi, kasbiy muhim sifatlarning faollashishi va aniq bir faoliyat talablariga muvofiq ravishda shaxs qobiliyatlarining tarkib topishi bilan yakunlanadi.
Ikkinchidan, sub’ekt ijtimoiylashuvi sifatida – bu individ tomonidan ijtimoiy normalarning o‘zlashtirilishida, ijtimoiy tajribani shaxsiy kasbiy ustanovkalar tizimida qo‘llashda, qadriyatlar va faoliyat dasturida, ijtimoiy rollarni qabul qilish va ijtimoiy masalalarda namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, sub’ektning kasbiy o‘z-o‘zini anglashi, o‘z-o‘zini namoyon qilishi sifatida – bu hayot faoliyati davomida kasbiy shakllanishiga zamin tayyorlaydigan o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, hayotiy tajriba va hayot tarzi orqali namoyon bo‘ladi. Hayot davomida taraqqiy etish va kasbiy shakllanish yosh davrlarida, shaxs hayot-faoliyati bosqichlarida aks etib, jamiyat talablari va shaxsning o‘zini o‘zi namoyon qilishga intilishi orasidagi qarama-qarshiliklarga bog‘liq bo‘ladi.
To‘rtinchidan, kasbiy shakllanish shaxs faolligi shaklida namoyon bo‘ladi va tavsiflanadi – bunda shaxs shakllanishining dinamik sharoitlari va uning shaxsiy harakatlarining faoliyat bilan muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.
Psixologik, pedagogik adabiyotlarni tahlil qilganimizda, turli mualliflarning maqolalarida professionalizmga berilgan juda ko‘p empirik ma’lumotlar va ilmiy asoslangan tavsiflarni uchratish mumkin, jumladan, “kasb-hunar maktablari usta o‘qituvchisi”, “pedagog-muhandis”, “mehnat ta’limi o‘qituvchisi”, “boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi”, “o‘rta maktab o‘qituvchisi” va h.k. Biroq, “o‘qituvchining professionalizmi” tushunchasi haligacha ham o‘zining aniq va umummaqbul ta’rifiga ega emas. Kasb-hunar maktablari pedagoglari mahorati muammolariga oid ba’zi maqolalarda mazkur tushuncha ikki xil ma’noda, ya’ni “faoliyat mahorati” va pedagog o‘qituvchining “shaxs mahorati” ma’nosida ishlatiladi. N.V.Kuzminaning talqinida o‘qituvchining professionalizmi bu faoliyat sub’ektiga berilgan sifat tavsifi bo‘lib, uning kasbiga oid vazifalarni hal etishi uchun zamonaviy imkoniyatlardan qay darajada foydalanishiga qarab izohlanadi. Bu imkoniyatlardan foydalanish darajasi turli odamlarda turlicha bo‘lib, shuning uchun ham u yoki bu kasb egasining professionalizmi yuqori, o‘rta va past darajada bo‘lishi mumkin. O‘qituvchining professionalizmi o‘z fani orqali, ta’lim-tarbiya jarayoniga ajratilgan vaqt ichida o‘quvchilarda vazifani samarali bajarishga tayyorlikni shakllantirish san’atini qay darajada egallaganligi bilan belgilanadi. Pedagog o‘qituvchi shaxsining pedagogik qobiliyat va kasbiy jihatdan shakllanishi muammolari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda “professionalizm” tushunchasi “shaxsning kasb mahorati” sifatida o‘rganiladi. Uning tarkibiga pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida shakllangan muhim kasbiy sifatlar hamda shaxsiy kasbiy salohiyatni tashkil etgan pedagogik qobiliyat, intellektual, motivatsion, kommunikativ, emotsional-irodaviy sifatlar kompleksi kiradi (E.F.Zeer, V.N.Koziev, V.A.Krutetskiy, N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin).
Pedagogik mahoratni shakllantirish va maktab o‘qituvchilarining psixologik-pedagogik tayyorgarligi muammolariga bag‘ishlangan tadqiqotlarda (I.A Zyuzan, M.G. Davletshin, R.Z. Gaynutdinov, Yu.N. Kulyutkin, A. B. Orlov, G. I. Xozyainov) ham o‘qituvchi shaxsi xususiyatlari “shaxsning kasb mahorati” namoyonligi va uning tarkibiy qismlari sifatida talqin etilgan. Bu tadqiqotlarda o‘qituvchi professionalizmiga aniq ta’rif berilmagan bo‘lsa-da, ular professionalizm shakllanishi va rivojlanishining psixologik xususiyatlarini shaxsiy yondashuv va o‘qituvchining psixologik-pedagogik tayyorgarligi nuqtai nazaridan ochib beradi.
I.A.Zyuzan ta’limotiga ko‘ra pedagogik mahorat o‘z kasbiy faoliyatini yuqori saviyada tashkil qila olishni ta’minlovchi shaxs xususiyatlari yig‘indisidir. Shunday muhim xususiyatlarga o‘qituvchi faoliyatining insonparvarlikka yo‘naltirilganligi, uning kasbiy bilimlari, pedagogik qobiliyatlari va pedagogik texnika (o‘z-o‘zini boshqara olish ko‘nikmalari va o‘zaro hamkorlik qila olish malakasi) kiradi. Bu pedagogik mahorat tizimidagi o‘zini tashqi ta’sirlarsiz ham rivojlantira olish xususiyatiga ega to‘rtta o‘zaro bog‘liq jihatlardir. O‘qituvchi professionalizmining rivojlanishi shaxsning еtakchi qobiliyatlari hisoblangan kommunikativlik, kreativlik – ijodiy, pertseptiv qobiliyatlar hamda shaxs dinamizmi (irodaviy ta’sir o‘tkazish qobiliyati va mantiqiy ishontira olish), emotsional chidamlilik va kelajakka ishonch kabi xususiyatlarga bog‘liq. Pedagogik mahoratning ijodiy tomonini o‘rgangan tadqiqotchilar, o‘qituvchining mahorat saviyasi o‘z fanini chuqur bilishidagina emas, balki uning o‘quvchini ijodkor shaxs qilib tarbiyalay olishida deb ta’kidlaydilar. Buning uchun pedagog, eng avvalo, o‘quvchilarni ijod jarayoniga jalb eta oladigan va ularda ijodiy faollikni uyg‘ota oladigan shaxs bo‘lishi kerak. Ijodiy faoliyat psixologiyasi nuqtai nazaridan “o‘qituvchining kasb mahorati” degan tushuncha ongni tizimli tashkil etilishi lozim. Bu esa pedagogik faoliyatni egallash va amalga oshirish jarayonida psixofiziologik ruhiy va shaxsiy o‘zgarishlar jipsligi deb e’tirof etiladi.

Professionalizm shakllanishining muqaddimasi kasbda o‘zini aniq anglash, o‘z kelajagini tuzish, ma’naviy “etalon” - namunalarni shakllantirishdan boshlanadi. Bu jarayonning xotimasi –“superprofessionalizm” deyiladi (endi pedagog o‘qituvchi bunyodkorga, novatorga aylanadi). O‘qituvchi professionalizmi darajasini tavsiflash ijodiy faoliyat nuqtai nazaridan juda ko‘p ilmiy maqolalarda o‘rganilgani kuzatiladi. Bu maqolalar o‘qituvchi mahorati va uning ijodiy salohiyati tushunchalarini ilmiy asoslashga xizmat qiladi. Bizning nazarimizda, o‘qituvchi professionalizmini tasniflashda uning shaxsi komponentlarini ham asos qilib olish lozim. O‘qituvchi shaxsi komponentlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin: - shaxsning pedagogik faoliyatga yo‘naltirilganligi (pedagogik faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan qiziqishlar, mayllar, motivlar, sabablar va e’tiqod); - umumiy va maxsus qobiliyatlari(pedagogik, tashkiliy, kommunikativ matematik, texnik va b.); - kasbiy va o‘z-o‘zini rivojlantirish qobiliyati; - rivojlangan pedagogik tafakkur; - faoliyat va muloqotga emotsional kirishuvchanlik; - pedagogik artistizm; - pedagogik muloqotning individual uslubi; - shaxsning ijtimoiy muhim va kasbiy zarur sifatlari; - shaxsning ijodiy salohiyati. Tadqiqot ishimizda o‘qituvchi professionalizmi tarkibini tasniflash tizimli tahlil qilish, psixologik tiplashtirish va sub’ekt yondashuvi nazariyasi nuqtai nazaridan amalga oshirildi.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə