Namangan 2023 Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 10,07 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü10,07 Kb.
#181479
  1   2
Barno

  • Namangan 2023
  • Namangan muhandislik-qurilish instituti
  • Mavzu: Yakka tartibdagi tadbirkorlik, o’zini-o`zi band qilish
  • Mustaqil ishi
  • Topshirdi: 43-ym-20 guruh talabasi
  • Xusanjanova Barno
  • Qabul qildi: ________________
  • YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIK
  • Siz tadbirkorlikni boshlashdan avval uni qanday shaklda amalga oshirishingizni aniqlab olishingiz lozim. Buning uchun dastlab eng oddiy shaklni tanlash maqsadga muvofiqdir. Bu esa yakka tartibdagi tadbirkorlik hisoblanadi.
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shaklidir. Bunday faoliyatni amalga oshirish uchun «yakka tartibdagi tadbirkor» sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish kifoya.
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.
  • JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLAR
  • Fuqorolik kodeksiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqoroligi bo`lmagan shaxslar jismoniy shaxslar deyiladi. U jamoaviy tuzilma bo‘lgan yuridik shaxsdan farq qiladi: jismoniy shaxs bevosita o‘z nomidan ish yuritadi – faoliyat yurgizishi uchun jamoaviy tuzilma – tegishli firma yoki korxonani qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart emas.
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, yuridik shaxs o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lib, ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilotdir. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lishlari kerak.
  • YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIKNING
  • Afzalliklari
  • KAMCHILIKLARI
  • O‘z faoliyatini mustaqil boshqarish huquqiga egaligi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik murakkab boshqaruv tuzilmasiga ega emas. Ya’ni, unda korxonadagi singari direktor, buxgalter kabi lavozimlarni tashkil etish shart emas. Ushbu vazifalarning barchasini yakka tartibdagi tadbirkorning o‘zi bajaradi
  • O‘z faoliyati natijalari uchun cheklanmagan shaxsiy javobgarlikka egaligi. Deylik, siz yakka tartibdagi tadbirkor sifatida zararga kirib qoldingiz. Bu qanday holda ro‘y berganidan qat’i nazar, siz ushbu faoliyatga sarflangan mablag‘larni o‘z mol-mulkingiz bilan qoplashga majbursiz
  • Faoliyat yuritishning nisbatan yengilligi. Masalan, yuridik shaxs ko‘rinishidagi korxonalar zarur hollarda o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish imkoniga ega emas. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun esa tegishli soliq idorasiga murojaat
  • Faoliyatni kengaytirishda yollanma mehnatdan foydalanishning cheklanganligi. Ya’ni, qonunchilikka ko‘ra, faoliyat turiga qarab, bir nafardan uch nafargacha xodimni yollashga ruxsat etiladi. Bu esa, yakka tartibdagi tadbir-
  • qilish orqali o‘z faoliyatini muayyan muddatga to‘xtatib turish va bu davr uchun soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirmasligi ruxsat etiladi
  • korga o‘z faoliyatida ko‘p ishchilarni talab qiluvchi texnologiyani joriy qilishga imkon bermasligi mumkin
  • YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIKNING ASOSIY XUSUSIYATLARI
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat turi va uni yuritish joyiga qarab eng kam ish haqiga karrali miqdorlarda qat’iy belgilangan soliq to‘lovlarini amalga oshiradilar
  • Eng kam ish haqi – davlat tomonidan mamlakatda muayyan vaqt davri (masalan, soat, kun, hafta, oy yoki yil) uchun mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdori
  • Yakka tartibdagi tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
  • Xodimlar yollangan taqdirda har bir xodim uchun yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat bo‘yicha nazarda tutilgan stavkaning 30 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliq to‘lash majburiyati yuklatiladi.
  • Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar ko‘pi bilan besh nafar shogirdni ularga tegishlicha haq to‘lagan holda jalb etishga haqlidir.
  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar bir vaqtda bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin.
  • O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 375-moddasiga muvofiq, faoliyatning bir necha turi bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan soliqni faoliyatning har bir turi uchun mazkur turdagi faoliyatga nisbatan belgilangan stavkalar bo‘yicha alohida alohida to‘laydilar.
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin. Unga ko`ra uch kishigacha yo`llanma ishchi ishlatish mumkin.
  • O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 7-iyuldagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Savdo-sanoat palatasining asosiy maqsadi xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish hisoblanadi
  • Shunga ko‘ra, Palataning asosiy vazifalaridan biri – respublikada tadbirkorlik faoliyati, avvalo, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish, real mulkdorlarning keng sinfini shakllantirish, mamlakatning iqtisodiy hayotida xususiy sektor roli va ahamiyatini oshirishga ko‘mak berishdan iborat.
  • SAVDO-SANOAT PALATASI
  • Palataga a’zo bo‘lgan tadbirkorlar uchun qator afzallik va imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, ular tadbirkorlarning huquqiy himoyasini ta’minlash, tovarlar va xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash, chet el investitsiyalari va minitexnologiyalarini jalb etish, kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlash hamda boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda amaliy ko‘mak va xizmatlar olish imkoniga ega bo‘ladilar

Yüklə 10,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə