Национальная референс лаборатория республики узбекистан



Yüklə 1,38 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#137826
Ijtimoiy faoliyat turlari

Mavzu: Ijtimoiy faoliyat turlari

  • Reja:
  • 1.Shaxs va uning faolligi.
  • 2.Faoliyat turlari: jismoniy va aqliy harakatlar.
  • 3.Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi.

Shaxs va uning faolligi

  • Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o’z-o’zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy xususiyat – bu uning faolligidir.

Faoliyat ...

  • inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqib, tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish hamda takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.
  • Faoliyat turlari
  • O’YIN
  • FAOLIYATI
  • O’QISH
  • FAOLIYATI
  • MEHNAT
  • FAOLIYATI

FAOLIYATNING YO’NALTIRILGANLIGI

  • shaxsni o’rab turgan
  • tashqi muhit va undagi
  • narsa va hodisalarni
  • o’zgartirishga qaratilgan
  • faoliyat
  • ICHKI FAOLIYAT
  • birinchi navbatda
  • aqliy faoliyat bo’lib,
  • u sof psixologik
  • jarayonlarning kechishidan
  • kelib chiqadi

AQLIY HARAKATLAR

  • pertseptiv – ya’ni bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to’g’risida yaxlit obraz shakllanadi;
  • mnemik faoliyat – narsa va hodisalarning mohiyati, mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog’liq murakkab faoliyat turi;
  • fikrlash faoliyati – aql, fahm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni yechishga qaratilgan faoliyat;
  • imajitiv – (“image” – obraz so’zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi.

Interiorizatsiya va eksteriorizatsiya

  • Har qanday faoliyat ham tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo’lishi mumkin.
  • Agar tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga o’tish ro’y bergan bo’lsa, bunday jarayonni psixologiyada interiorizatsiya deb ataladi, aksincha, aqlda shakllangan g’oyalarni bevosita tashqi harakatlarda yoki tashqi faoliyatga ko’chirilishi eksteriorizatsiya deb yuritiladi.

Faoliyatning klassik turlari

  • Muloqot – shaxs individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo’ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri.
  • O’YIN
  • O’QISH
  • shunday faoliyat turiki, u
  • bevosita biror moddiy yoki
  • ma’naviy ne’matlar yaratishni
  • nazarda tutmaydi, lekin uning
  • jarayonida jamiyatdagi murakkab
  • va xilma-xil faoliyat normalari,
  • harakatlarning simvolik
  • andozalari bola tomonidan
  • o’zlashtiriladi.
  • faoliyati ham shaxs
  • kamolotida katta rol o’ynaydi
  • va ma’no kasb etadi.
  • Bu shunday faollikki, uning
  • jarayonida bilimlar, malaka
  • va turli ko’nikmalar
  • o’zlashtiriladi.
  • Asosiy faollik turlari
  • bo’yicha tabaqalash
  • MULOQOT
  • 1
  • 2
  • MEHNAT
  • *
  • Mehnat qilish ham tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bo’lib,
  • uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni
  • yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishdir.

Faoliyat motivlari

  • Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bo’lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo’lganda yana esga tushirish orqali uni bajarish bo’lmay, balki ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga yo’naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog’liq murakkab jarayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug’ullanishiga majbur qilgan psixologik omillar – sabablar muhim bo’lib, bu faoliyat motivlaridir.

“Motiv” va “motivatsiya” tushunchalari

  • Motivatsiya – inson xulq-atvori, uning bog’lanishi, yo’nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo’lganda ishlatiladi, ya’ni: “nega?”, “nima uchun?”, “nima maqsadda?”, “qanday manfaat yo’lida?” degan savollarga javob qidirish – motivatsiyani qidirish demakdir.
  • Shaxsning xulqi va
  • o’zini tutishi:
  • ICHKI SABABLAR
  • 1
  • 2
  • TASHQI SABABLAR

Shaxsning xulqi va o’zini tutishi:

  • ichki sabablar, ya’ni xatti-harakat egasining subyektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo’ljallar, istaklar, qiziqishlar va hokazolar);
  • tashqi sabablar – faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Ya’ni, bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladigan tashqi stimullardir.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə