Nabijon boqiy nidolardan yaralgan tarix



Yüklə 337,33 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü337,33 Kb.
#146324
1   2   3   4
L.N.GUMILEV ASARLARIDA TURKIY XALQLAR ETNIK TARIXI MASALARINING YORITILISHI

Abduqayum Ayritomiy,
Baxtiyor O‘rdabekli
QADIM TARIXIMIZ LЕV GUMILYOV TALQINIDA

L.N.Gumilyovning «Qadimgi turklar» asari XX asrning ikkinchi yarmida, ya’ni turki qavmlar tarixiga Yevropada qiziqish to‘lqini hali o‘z epkinini mutlaqo yo‘qotib bo‘lmagan bir chog‘da dunyo yuzini ko‘rdi. Butun XIX yuzyillik davomida turki xalqlar tarixi turki olimlar ishtirokisiz o‘rganilgan, bu xalqlar vakillari o‘z tarixini ilmiy yoritish maydonidan yiroqda bo‘lganligi bois ham Ovrupo va rus tarix fani xodimlari uni o‘zlarining sharq tarixini bilish saviyasi darajasida hamda o‘z siyosiy-ijtimoiy qarashlariga uyg‘un tarzda ochib berishlari tabiiy edi. XX yuzyillikda tarix ilmining turki xalqlar o‘tmishi maydoniga usmonli turk va tatar olimlari ham kirib kela boshladilarki, ular avvalgilardan farq qilib, turki tarixga, tabiiyki, ona tarix sifatida yondosha boshladilar. Endi bular oldingilaridan farq qilib, mazkur tarixga uzokdan, sovuq ilmiy tahlil muddaosidan yoxud o‘z millatining siyosiy-ijtimoiy manfaatidan kelib chiqib emas, balki o‘zining kechmishiga ilmiy ko‘z bilan qaramoqzaruratida va ishtiyoqida edilar.
Bu borada o‘z xalqining kelib chiqish jihatidan ugor-turk birligiga bog‘lagan mojar (ungar-venger) olimi Herman Vamberi alohida o‘rin tutadi. Afsuski, XIX asr oxiri va XX yuz yillik boshlarining juda ko‘p rus va rus-sovet olimlari kabi L.N.Gumilev ham Vamberining ilmiy ishlarini chetlab o‘tadi. Bu holat L.Gumilevning hamma zamonlarning ulug‘ sharqshunoslaridan hisoblanmish V.V.Bartoldning ilmiy qarashlariga ham e’tiborsizligi, aniqrog‘i, biroz mensimaslik kayfiyati bilan birga, Basim Atalay, Zaki Validiy ilmiy asarlariga mutlaqo etibor bermaslik kabi ilmiy yo‘lni tanlashiga olib keldi. V.Bartold qadimgi turk tarixini boshqa ijtimoiy fanlardan ajralgan holda o‘rganish mumkin emas deb hisoblagan, xususan, tarixchi ayni chog‘da yaxshigina filolog-poliglot bo‘lishini talab etgan bo‘lsa, L.Gumilev o‘z ustozi G.Ye.Grumm-Grjimaylo bilan birgalikda tarixiy geografiyani, tarixni, xususan turk tarixini tiklashda yetarli yondosh soha sifatida qabul qiladilar. L.Gumilevning bu boradagi fikri qo‘lingizdagi kitobning “Umumiy ishlar metodikasi” bo‘limidagi «XIX asr oxirida to‘rt tilda bir-biriga zid ko‘plab ilmiy adabiyotlar yaratildi, bu asarlar boshlovchi tadqiqotchilar qo‘liga yetishi va ularni idrok etishi qiyin edi… Tabiiyki, boshlovchi tarixchi turklar haqida yozilgan barcha kitoblarni o‘qib chiqa olmaydi. Uning oldida yagona yo‘l bor — mavzuni toraytirish…» deyilgan gaplarida ham aks etadi. Ya’ni filologik ma’lumot zarurligi inkor etilgach, umuman mavzuga oid barcha ilmiy adabiyotlarni o‘rganish zarurati ham cheklanadi.
Filologik manbalarga e’tiborsizlik natijasi bo‘lsa kerakki, L.Gumilev ham o‘sha zamonlarda, hatto hozirda ham keng tarqalgan «Ashina» so‘zi «bo‘ri» degan ma’noni ifoda etuvchi mo‘g‘ul so‘zi bo‘lib, mo‘g‘ulcha ko‘rinishi “shane//chino”dir, “A” esa xitoycha hurmatni ifoda etuvchi old qo‘shimchadir“ degan farazni hech ikkilanmay qabul qiladi. Bir tildagi so‘zga ikkinchi tildagi grammatik shakl ko‘shilib yangi shakl hosil kilishi uchun o‘sha shakl hosil qilingan til muhitida juda bo‘lmaganda, aholining katta qismi ikkitilli bo‘lishi zarurligini e’tibordan soqit qiladi hamda bu fakt uning turk davlat qurilishi zaminida mo‘g‘ul qabilalari turadi, degan qarashiga uyg‘un bo‘lganligi uchun ham bunday qarashni dadil olg‘a suradi va ”Ashina“ning ma’nosi «oliyjanob bo‘ri» deb beradi. Aslida, xitoy manbalaridagi «Ashina» so‘zini turki saltanat bo‘lmish Kushan davlati nomi bilan, ya’ni ”Qushan“ eng qadimgi turki «bo‘ri» tushunchasini ifoda etuvchi so‘z bilan bog‘lab tushuntirish ilmiy jihatdan asosli ko‘rinadi (bu so‘z bilan bir o‘zakdosh bo‘lgan «qashqir» so‘zi hali qo‘pgina turki tillarda saklanib kelmoqda). L.Gumilev turki tarixni mo‘g‘ullashtirishda davom etib, xitoy manbalarida «Ashina xonlari qo‘l ostidagilarni ifoda etish uchun ishlatilgan ”tu-kyu“so‘zida ”turkut“ so‘zini ko‘radi va undagi-ut qo‘shimchasini esa, mo‘g‘ulcha ko‘plik qo‘shimchasi, deb ishonadi va ishontirishga urinadi. Hatto, qadimgi turk tilida barcha siyosiy atamalar mo‘g‘ul tilidagi ko‘plik qo‘shimchasi bilan yasalgan, degan isbotlanmagan qoidani o‘rtaga tashlaydi. Turkut so‘zi tarkibidagi-t(-u/t)ni qat’iy turib, mo‘g‘ul tili qo‘shimchasi deyish bilan L .Gumilev V.Bartoldning uning ilmiy ishlaridagi xatolar zaminini to‘g‘ri ko‘rsatganini isbot ham qilib qo‘ygan edi. Ya’ni Gumilev o‘z zamonasida e’lon etilgan V.V.Radlovning ”Turki lahjalar lug‘ati tuzish tajribalari “(keyinroq ”Qadimgi turk lug‘ati“ nomi bilan ham nashr etilgan)dan bexabarligini ko‘rsatib qo‘ydi. O‘sha lug‘atda -t qo‘shimchasi qadimgi turki tilda mavhum tushunchali ot yasashi aytilgan va bunga misollar ham berilgan. Buning ustiga agar L.Gumilevda filologik ma’lumot yetarli bo‘lganida turki tillarda etnonimlar ko‘plik qo‘shimchasi bilan yasalmasligini, chunki bu tilda etnonim jamlovchi ma’noga ega ekanligini payqagan bo‘lar edi. Hozirgi turki tillarda uchraydigan o‘zbeklar, qozoqlar, ruslar kabi forma yasalishi ham turki tillarga hind-yevropa tillari ta’siri natijasidir. Hatto hozir ham ”o‘zbeklar bunaqa bo‘lmaydi“dan ko‘ra ”o‘zbek bunaqa bo‘lmaydi“ turkiroqdir. Demak, «turkut» shakli mavjud bo‘lganida ham undagi -t(-ut) mo‘g‘ulcha ko‘plik qo‘shimchasi emas, balki ”boshqird» etnonimidagi kabi mavjud etnonimga qo‘shilgan holda umumlashma ma’no berishi mumkin. Mo‘g‘ul tillarida esa,-t etnonim yasashi mavjud bo‘lgan til hodisasidir: oyrot, kerait, tangut, taychjiut kabi. «Turkut» so‘zida etnonim -k vositasida yasalgani esa o‘sha paytlardayoq isbot etilgan bo‘lib, qo‘lingizdagi kitobda L. Gumilevning o‘zi buni tan oladi.
Tarixan o‘zidan hujjatlar qoldirgan dastlabki turki davlat bo‘lmish Turk hoqonliklarini va uning asosiy bunyodkori turkilar bilan ilk turki xalq va davlat bo‘lmish xunlar va ularning imperatorligi orasidagi bog‘lanishni ham yo‘qqa chiqaradi: “Turklar o‘z tarixini olamning boshlanishidan hisoblasalar-da, ularning dunyoqarashidan kelib chiqilsa, bu dunyo uncha qadimiy emas. Olamning ibtidosi VI asr boshlaridir. Turklar o‘z ajdodlari xunlar haqida hech narsa bilmas edilar.” Bu fikr juda asossiz bo‘lmasa ham, unda turklar o‘z o‘tmishidan mutlaqo uzilgan bir qavm sifatida namoyon etiladi. Bu faraz to‘laligicha O‘rxo‘n bitiklari matniga tayanganligi uchun, matn esa olamning yaralishi yoki turklarning tarixiga emas, balki bir turki sulola tarixiga bag‘ishlangani uchun bunday keskin xulosaga ishonging kelmaydi. Xitoycha matnda turklar xunlarning avlodi ekanligi qayd etilgan ekan, demak loaqal xitoy madaniyati asosida ta’lim olganlar yoxud xitoycha matnni o‘qiy oladigan oddiy turk xunlar haqida qandaydir ma’lumotga ega bo‘lgan, degan ishonchga asos bor bo‘ladi, matnda esa, buni aks ettirish uchun ehtiyoj bo‘lmagan bo‘lsa kerak. Bizningcha, bu o‘rinda boshqa bir noaniqlik ham borga o‘xshaydi, ya’ni xitoylar «xun» deb atagan ajdodlarimizni o‘sha zamondagi turklar ham xun deb ataganmikanlar?!
Gap buyuk turkchi olim L.N.Gumilevning, bizning nazarimizda, turki tarixni o‘rganishda turk filologiyasiga e’tiborsizligi natijasida yo‘l qo‘ygan ayrim kamchiliklari haqida ketayotgan ekan, uning “yada” toshi va u bilan bog‘liq bo‘lgan fikrini ham chetlab o‘tib bo‘lmaydi. «YADU» so‘zining o‘zi fors tilidan o‘zlashtirilgandir. Garchi Eronda «shaman» so‘zi noma’lum bo‘lmasa ham, Firdavsiy turk sehrgarini aynan o‘sha so‘z bilan ataydi.»
Avvalo, yadaso‘zini hech ikkilanmay fors so‘zi deyish, bu so‘z va ushbu so‘z ifoda etadigan diniy amal tarixlarini atroflicha o‘rganilmay xulosa chikarishga olib kelingan. Fors tilida bu so‘z boshka forsiy so‘zlar bilan bog‘lanishi mutlaqo mumkin bo‘lmagani holda, “Devonu lug‘atit turk”da o‘qiymiz: «YAT»-yomir va shamol keltirish uchun toshlar bilan qilinadigan fusungarlik“. Shuning bilan birga turki tilda ”ya“-o‘zagidan tarkagan va ma’nosi yada so‘ziga uyg‘un bo‘lgan birmuncha so‘zlar borki, ular bu so‘z turki ekanligini tasdiqlab turadi. Jumladan, mazkur lug‘atda yatladi so‘zi afsun o‘qish ma’nosiga ega ekanligi qayd etilgan. Yatlatti esa «fol ochtirdi» ma’nosiga egaligi aytiladi. Davomida yatchi so‘zi keltirilib, uning «afsun o‘qiydigan kishi” ma’nosini ifoda etishi tasdiqlanadi. O‘zbek tilida uchraydigan “yotig‘i bilan tushuntir” iborasidagi yotiq“ ham ushbu siraga kelib qo‘shiladi. Bundan tashqari, tabiat jismlarini ilohiylashtirish eronlarga nisbatan ko‘proq turkilarga xosdir. Fors manbalari ham bir ovozdan yada toshi ga uning vositasida bajarshadigan daniy tadbirlar to‘laligicha turklarga xos deb hisoblaydilar. Umuman, «bitik»ni xitoy tilidan (V.V.Radlov kabi til bilimdoni turki tidda biti-fe’l o‘zagi bor bo‘lishiga ham qaramay, bu ”madaniy so‘z“ xitoychadan o‘zlashgan bo‘lishini o‘tkazmoqchi bo‘lgan), ho‘kiz —”madaniy so‘zi“ni fors tilidan, savat so‘zini ham turki tilda sap- ”biriktirmoq“, to‘qimoq” fe’l turkumli so‘zi bo‘lishiga qaramay, fors tilidan o‘zlashtirilgan deb hisoblashlari turki “madaniy so‘z”larning barchasi boshqa tillardan qabul qilingan, degan noto‘g‘ri va g‘ayri ilmiy qarash ta’siridan boshqa narsa emas edi.
«Qadimgi turklar» kitobini o‘qishda ehtiyot bo‘lib yondoshish lozim bo‘lgan g‘oyalardan biri bu «qadimgi turklar son jihatidan juda kam bo‘lib, o‘z nomlarini bevosita avlodlari bo‘lmagan ko‘pgina qavmlarga qoldirdi» degan fikrdir. Avvalo, dunyodagi barcha xalqlar aralashdirlar, ruslar ham qon aralashish foizi hisoblansa, slavyan bo‘lmagan xalq bo‘lib chiqadi. Ya’ni turki qavmlarning barchasi turkidirlar, lekin unda turki qon darajasi turlicha miqdorda bo‘lishi mumkin.
Qadimgi turklar madaniyati o‘ziga xos ko‘chmanchi madaniyat bo‘lib insoniyat tarixida o‘zining alohida o‘rniga ega ekanligini, oddiy o‘tov o‘z arxitekturasi bilan o‘troq xalqlar yaraggan inshootlardan hech qanday kam tomoni yo‘q ekanligini isbotlashga bel bog‘lab, buni chiroyli qilib dalillab bera olgan L.N.Gumilyov, bu qarashlarida madaniyatning til va adabiyot kabi uzviy qismiga kelganda, biroz oqsaydi hamda turki madaniyatni kamsitish yo‘lini tutganlarning filologik materiallaridan foydalanish zo‘rida qoladi.
Biz turki tarixni insoniyat tarixining tarkibiy bir uzvi sifatida o‘rganib, bu qavmning bashar oldidagi o‘tagan vazifasini halol yoritishga intilgan ajoyib bir tarixchi olimning yirik bir asaridagi, bizning nazarimizda, o‘zbek o‘kuvchisi dunyoqarashida chalkashliklar va noaniqlik keltirib chikarishi mumkin bo‘lgan ba’zi bir o‘rishari ustida to‘xtalishimiz, qo‘lingizdagi kitobning bizning uzoq o‘tmishimizni o‘rganishimizdagi ahamiyatini zarracha ham kamaytira olmaydi. Turk hoqonliklari davri tarixini o‘rganishda, davlatchiligimiz tarixi va tadrijini o‘rganishda, «Qadimgi turklar» asarining oldiga tushadigan boshqa bir ilmiy ishni tavsiya eta olmasligimizning o‘zi bu ishning qiymatini belgilab qo‘yadi.
Turk hoqonliklari tarixini Xitoy, Eron, Old Osiyo, Yevropa tarixi bilan bog‘lab o‘rganish bilan birga, ularni bog‘lab turuvchi iplarni topib qo‘rsata bilishning o‘zi juda katta ilmiy mehnat va iqgidor talab etar edi. Baxtimizga, ilmiy zahmatlardan lazzatlanish va ilmiy iqtidor hissi va qobshiyati ato etilgan L. Gumilev ana shu atolarini bizning tariximizga qaratdi. Islom olamida o‘z o‘rnini topgan turki qavm islomgacha ham dunyo tarixi maydonida o‘zining qaddini mag‘rur tuta olganini ko‘rsatib bera oldi.
Kitobda o‘zbek xalqi etnogenezida turklar bilan bir qatorda juda katta ahamiyat kasb etgan sug‘udlar (sug‘udlarning o‘zi, xorazmiylar, parkanaliklar, saklar) forslarga nisbatan ruhiy, iqtisodiy jug‘rofiy, ijtimoiy jihatidan turklarga juda yaqin bo‘lganligi, turk hoqonliklari siyosiy va ma’naviy hayotida muhim rol o‘ynaganligi xolisona ochib berilganki, «o‘zbek xalqi bosib kelgan ko‘chmanchi turklarning mag‘lub bo‘lgan sug‘udlar bilan aralashmasi» emas, balki turklar bilan butun tarixi davomida biron marta ham urush qilmagan, aksincha har qanday tajovuzni asrlar davomida birgaliqda bartaraf qilib kelgan ikki buyuk qavmning—turksug‘ud ittifoqining mahsuli ekanligini namoyon etishi bilan ham qimmatlidir.
Bu asarning yana bir qiymati ko‘chmanchi madaniyat insoniyat madaniyatining uzviy o‘ziga xos bir betakror tarmog‘i bo‘lib, bashariy madaniyat ushbu madaniyatsiz katta bir kemtikli bo‘lib qolishining ilmiy jihatdan asoslab berilganidadir.

Yüklə 337,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə