N a m a n c a n d a V l at universitkti viaxkamon q o d I r j o n o d I i j o n o V i c h d I n s h u n o s L i k



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/79
tarix02.02.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#100040
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79
Dinshunoslik. Maxkamov Q

Ahmadiya (Qodiyoniya).
Mazkur oqim XIX asming oxirlarida 
Mirzo G ’ulom Ahmad Qodiyoniy tomonidan tuzilgan. Dastlab u 
asoschisining nomi bilan - "Mirzoiya", keyinchalik esa vujudga kelgan 
joyga nisbatan - "Qodiyoniya" deb nomlangan. Mirzo G ’ulomning 1900 
yil 4 noyabrdagi bayonotiga binoan oxir-oqibat "Ahmadiya" nomini 
olgan.
Mirzo G ’ulom Ahmad 1840 yilda hozirgi Pokiston hududidagi 
Panjob viloyatining Gurdaspur mintaqasidagi Qodiyon qishlog’ida 
tug’ilgan. Otasining xohishiga binoan 1864 yilda Sialkot shahriga 
borgan va o ’sha erda bir muddat ishlagan. Shu paytda, u kundalik 
ishidan tashqari islom ilmlari hamda boshqa dinlar haqida va o ’zi bilan
142


yaqindan munosabatda bo’lgan missionerlardan xristianlik haqida 
ko’pgina m a’lumotlar olgan, hinduiylar bilan munozaralarga kirishgan.
1876 yilda G ’ulom Ahmad Allohning huzuriga chiqqani va vahiy 
ola boshlaganini da’vo qilib chiqadi. 1880 yilda u o ’z ta’limoti 
asoslariga bag’ishlangan "Barohini Ahmadiya" (Ahmad dalillari) nomli 
kitobining ilk ikki jildini nashrdan chiqarishga erishadi. Unda u islomni 
boshqa dinlardan himoya qilgan. Shu tufayli musulmonlar kitobdagi 
"ilohiy ilhomlar", karomatlar, o ’z-o ’zini maqtashlarga, dastlab, uncha 
e’tibor bermaganlar. Uchinchi va to ’rtinchi jildlarda esa G ’ulom Ahmad 
o ’ziga vahiy tushayotgani va payg’ambar ekanini da’vo qilgan. 
Shuningdek, ingliz hukumatini maqtab, hozirgi paytga kelib "jihod" 
tushinchasining o ’rinsiz, hukmsiz holga kelib qolganini aytgan. 
Boshlanishda 50 jild bo’lishi rejalashtirilgan "Barohini Ahmadiya"ning 
5 jildigina nashr qilingan.
1885 yili Mirzo G ’ulom Ahmad o ’zini o ’zi yashab turgan davr 
(hijriy XIV asr) "mujaddidi" ekanini, 1888 yilga kelib esa insonlardan 
"bay’at" olib, alohida "jamoat" tashkil qilish haqida buyruq olganini 
e’lon qiladi. 1891 yilda u Iso ibn Maryamning tabiiy yo’l bilan o ’lganini 
aytib va shundan kelib chiqib o ’zini musulmonlar kutayotgan "Masih" 
va "Mahdiy" deb da’vo qilgan. 1904 yilning noyabr oyidan boshlab esa 
ochiqdan-ochiqo’zini musulmonlar uchun "mahdiy", xristianlar uchun 
"masih" va hindular uchun "krishna" deb e ’lon qilgan.
Ahmadiylarga ko’ra barcha dinlar qandaydir xaloskomi kutadilar, 
uning kelishiga umid bilan yashaydilar. Agar kutilayotgan qutqaruvchi, 
bir odamda mujassam bo ’lsa, dinlararo kelishmovchilik bartaraf etilib, 
birdamlik, hamjihatlikka erishilgan bo’lardi.
Mirzo G ’ulom Ahmad 1908 yil 26 mayda Lahorda vafot etgan. 
Qabri Qodiyonga olib ketilgan va tarafdorlari uchun ziyoratgohga 
aylangan.
Mirzo G ’ulom Ahmadning o ’limidan keyin shogirdlari uning 
fikrlarini yig’ishda davom etdilar va natijada "Sinkretik Qodiyoniya- 
Ahmadiya harakati" yuzaga kelgan. Keyinchalik oqim "Qodiyon 
ahmadiylari" va "Lahor ahmadiylari" nomli ikki jam oaga bo ’linib ketdi.
143


Dastlab, payg’ambarlikning Muhammad (s.a.v) bilan tugagani va 
qiyomatgacha undan boshqa payg’ambar kelmasligini tan olishini 
ta’kidlagan Mirzo G ’ulom, 1901 yildagi "Juma xutbasi"da uning izdoshi 
bo’lgan Mavlaviy Abdulkarim Mirzo G ’ulom Ahmadga nisbatan 
"nabiy" va "rasul" sifatlarining ishlatish mumkin deb e’lon qilgan.
A w alroq, 
"Muhaddas" 
(xitob 
qilinib, 
gaplashilgan) 
deb 
nomlangan Mirzo G ’ulom keyinchalik muhaddaslikni bir m a’noda 
ju z ’iy nabiylik sifatida baholagan; payg’ambarlikning butunlay 
tugaganini, lekin ju z ’iy nabiylikning qolganligini ochiq va oshkora 
aytgan.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə