Mutatsiya va dnk reparatsiyasining molekulyar mexanizmlari. Reja: 1


II. Mutahassilik fanlaridan sinov imtihonlarining o‘tkazilish tartibi



Yüklə 19,72 Kb.
səhifə2/2
tarix29.11.2023
ölçüsü19,72 Kb.
#142252
1   2
Mutatsiya va dnk reparatsiyasining molekulyar mexanizmlari. Reja

II. Mutahassilik fanlaridan sinov imtihonlarining o‘tkazilish tartibi



  1. Kirish imtihonlari mahsus veb kameralar bilan jihozlangan xonalarda karantin qoidalarga amal qilingan holda o‘tkaziladi.

  2. Imtihonga talabalarning telefon, kitob, shpargalka kabi taqiqlangan buyumlarni olib kirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

  3. Talabalar imtihonga kirishidan oldin maxsus detector orqali tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruv vaqtida taqiqlangan buyumlarni topshirishdan bosh tortsa imtihonga qo‘yilmaydi.

  4. Imtihon vaqtida nazoratchilar tomonidan taqiqlangan buyumlar aniqlangan taqdirda imtihondan chetlatiladi.

  5. Imtihon boshlanganidan so‘ng kech qolgan talabalar imtihonga kiritilmaydi.

  6. Yozma ish uchun 3 soat vaqt beriladi. 3 soatdan so‘ng daftarlar yig‘ib olinadi. Boshqa kunga ham ko’chirilmaydi.

Yozma ish yakunlangach o‘sha yerning o‘zida daftarlar shifrlanib, tekshiruvchilarga beriladi. Tekshiruvchilar ishini yakunlagach shu yerning o‘zida baholar qaydnomalarga ko‘chiriladi. Ertasi kuni imtihon natijalari rasmiy saytda e’lon qilinadi. Qon guruhlari, agglyutininlar va agglyutinogenlar haqida tushunchalar, organizmlarga qon quyishni mos kelishi va kelmasligining sabablari. Qonning nafas olishdagi funksiyasi va bu jarayonni amalga oshirishdagi eritrotsitlarning roli. Gemoglobin, uning tarkibi, xususiyatlari va funksiyasi. Oksigemoglobinning dissotsiatsilanish egri chizig‘i va uning tahlili. Qonning kislorodli hajmi va uning o‘lchash usullari. Arterial va venoz qonlarining gazli tarkibi. Nafas olish jarayonida kislorod va karbonat angidrid gazlarining tashilishi.
Yurak-qon tomir tizimi fiziologiyasi. Qon aylanish tizimining evolyutsiyasi, qon aylanishining ochiq va yopiq tizimlari. Katta va kichik qon aylanish tizimlari. Odam va hayvonlar yuragining tuzilishi, Yurakning kameralari - bo‘lmachalari va qorinchalari. Yurakning ish sikli, qo‘zg‘alish va qisqarish jarayonlarining ish sikli fazalarining turli davomiyligida yurak va unga yaqin yotadigan tomirlardagi qon bosimi. Yurakning klapanlari va ularning faoliyat mexanizmlari. Yurak muskullarining fiziologik xususiyatlari.
Nafas fiziologiyasi. Nafas olish va nafas chiqarish mexanizmi. Yuqori darajada rivojlangan umurtqalilar va odamlarda nafas olish va chiqarish tizimlarining tuzilishi.
Ovqat hazm qilish fiziologiyasi. Hazm jarayonlarining organizm uchun ahamiyati. Ochlik va to‘yinishning fiziologik asoslari. Ovqat hazm tizimi funksiyalarini o‘rganish usullari. Oshqozon - ichak tizimining fermentlari, ularning oziqlanish mahsulotlarining hazmlanishidagi roli. Organizmning hozirgi zamon ovqat hazm qilish tizimi funksiyalari bo‘yicha tushunchalarining paydo bo‘lishida I.P.Pavlov ishlarining ahamiyati.
Organizmda modda va energiya almashinuvi fiziologiyasi. Bevosita va bilvosita kalorimetriya. Jismoniy ish bajargandi va fiziologik tinchlik paytida nafas koeffitsiyenti. Asosiy almashinuv, yuza qonuni, tinchlik va ish bajargan paylarda energiya xarajatlarini ortishi. Turli to‘yimli moddalarning energetik qiymati.
Oqsillar, ularning tuzilishi va fiziologik ahamiyati.
Lipidlar, ularning klassifikatsiyasi hamda organizm uchun, energetik va plastik ahamiyati. Lipidlar almashinuvi xaqida asosiy tushunchalar: lipidlar metabolizmida jigarning roli.
Uglevodlar, ularning klassifikatsiyasi va organizm uchun axamiyati. Uglevodlar almashinuvida jigarning roli. Qondagi qandning miqdori.
Vitaminlar, ularning klassifikatsiyasi va organizm uchun ahamiyati. Avitaminozlarning tavsifi. Vitaminlar fermentlarning kofermentlari ekanligi. Oziq moddalar vitaminlarning asosiy manbai ekanligi
Ayiruv organlari fiziologiyasi. Buyraklar, ularning tuzilishi, ayiruv va gomeostatik funksiyalari. Siydik hosil bo‘lish jarayoni. Suv-tuz gomeostazini ta’minlashda buyraklarning roli.
Endokrin bezlar fiziologiyasi. Gormonlar va organizmning gumoral boshqarilishi. Gormonlarning metabolik jarayonlarga ta’sir mexanizmi. Gipofiz funksiyalarini boshqarilishida gipotalamusning roli. Neyrosekresiya.
Buyrak usti bezi gormonlarining kimyoviy tuzilishi, metabolizmi, fiziologik va metabolik samaralari.
Me’da osti bezi va uning gormonlari. Glyukogen, uning jigarga va yog‘ to‘qimalariga ta’siri. Ugevodlar almashinuvining boshqarilishida insulinning roli. Me’da - ichak tizimi gormonlari.
Jinsiy bezlar. Androgen va estrogenlarning funksiyalari. Jinsiy funksiyalarning boshqarilishi.
Markaziy asab tizimi fiziologiyasi. Asab tizimi evolyutsiyasining asosiy bosqichlari. Neyron va uning tuzilishi. Neyronlar tanasi va o‘simtalarining funksional ahamiyati. Asab tizimining neyron nazariyasi.
Orqa miyaning tuzilishi va funksiyalari. Orqa miyaning asosiy reflekslari. Orqa miya neyronlaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish hodisalarini o‘rganish bo‘yicha elektrofiziologik tajribalarning natijalari.
Yüklə 19,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə