Mustaqil ish “ Professional buxgalteriya amaliyoti ” fanidan Mavzu


-chizma. Materiallarning tasniflanish tartibi



Yüklə 206,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix30.12.2023
ölçüsü206,4 Kb.
#166239
1   2   3   4   5   6   7   8
7.1-chizma. Materiallarning tasniflanish tartibi 
Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish, xarajat 
normalarini kamaytirish, materiallarni oqilona saqlash va ularning butligini ta’minlash yo‘li bilan 
mahsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak. 
Bu sohada buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
-
material qiymatliklarni joylarda saqlash va ulardan barcha bosqichlarda foydalanish 
ustidan nazorat qilish; 
-
materiallar harakati bo‘yicha barcha muomalalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hujjatlashtirish; 
ularni tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni aniqlash va aks ettirish; saqlash joylari va 
balans moddalari bo‘yicha sarflangan materiallar va ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini 
hisoblash; 
-
belgilangan zaxira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, ortiqcha 
foydalanilmaydigan materiallarni aniqlash, ularni sotish; 
-
material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida olib borish, yo‘ldagi va 
fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish. 
Buxgalteriya hisobi oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun qo‘yidagilar zarur: 
narx – nomenklaturaga ega bo‘lishi; aniq hujjatlashtirish va hujjat aylanish tizimini belgilab 


olish; belgilangan tartibda materiallar qoldiqlarini inventarizatsiya qilish va tanlab nazorat 
qilishni uyushtirish, ularning natijalarini buxgalteriya hisobida o‘z vaqtida aks ettirish; hisobni 
avtomatlashtirishning hozirgi zamon vositalarini keng qo‘llash. 
Mehnat buyumlari ishlab chiqarish zaxiralari sifatida mehnat vositalari va ishchi kuchi 
bilan birga korxonaning ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi. Mehnat buyumlari, mehnat 
vositalari va ishchi kuchidan farqli o‘laroq ishlab chiqarish jarayonida bir marta foydalanilib, 
ularning qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga to‘liq o‘tkaziladi. 
Hozirgi vaqtda materiallarni baholashda quyidagi usullar qo‘llanilmoqda: 
-
erkin bozor (shartnoma) yoki davlat tomonidan tartibga solinadigan (preyskurant) 
ulgurji baholar. Bu narx tovar jo‘natish shartnomalarini tuzishda korxona tomonidan mustaqil 
belgilanadi va mol yuboruvchi va mol oluvchi bilan hisob – kitoblar olib borishda mol 
yuboruvchining to‘lov hujjatlarida ko‘rsatilib molning chiqarilish (sotish) narxi shaklida 
foydalaniladi; 
-
nomenklatura hisob bahosi bo‘yicha. Bu sotib olingan (tayyorlangan) materiallarning reja 
tannarxi, o‘rtacha sotib olish narxlari va b. bo‘lishi mumkin. Barcha hollarda ham baho asosida 
shartnoma yoki preyskurant baholari bo‘lib, ustiga rejalashtirilgan (hisoblangan) transport – 
tayyorlov xarajatlarini qo‘shib belgilaydi. Bu baholar mavjud materiallarni va ularning harakatini 
joriy va operativ hisobga olishda qo‘llaniladi. 
-
4 – BHMS 9 -bandiga binoan «Material xarajatlari» elementida aks ettiriladigan sotib olinadigan 
material qiymatliklarining xaqiqiy bahosi (qiymati) quyidagilardan tashkil topadi: sotib olish 
narxi, import bo‘yicha boj to‘lovlari, mahsulotlarni sertifikatsiyalash xarajatlari, ta’minot va 
vositachilik tashkilotlariga to‘lanmalar, soliqlar (keyinchalik soliq organlaridan qaytarib 
olinadigan soliqlardan tashqari, masalan QQS), shuningdek transport – tayyorlov xarajatlari, 
xizmat ko‘rsatish xarajatlari va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa 
xarajatlar. 
-
Marketing xizmatlari va zavod omborlarini asrash xarajatlari materiallar tannarxiga kiritilmaydi. 
Ular korxonaning davr xarajatlariga o‘tkaziladi. 
-
Materiallarning haqiqiy tannarxi faqat oy oxirida buxgalteriya barcha qo‘shiluvchi ma’lumotlarni 
olgandan so‘ng aniqlanadi. Korxonada materiallar harakati har kuni sodir bo‘ladi, va 
materiallarning kirim-chiqimi bo‘yicha hujjatlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilib, muomalalarni 
sodir bo‘lishiga qarab hisobga olinishi kerak. SHuning uchun, joriy hisobda qat’iy oldindan 
belgilangan hisob bahosi deyiladigan bahoni qo‘llash zaruriyati tug‘iladi. Hisob bahosi bo‘lib 
reja yoki shartnoma baholari hisoblanadi. 
-
Agar joriy hisobda shartnoma baholaridan foydalanilsa, haqiqiy tannarxga etkazib qo‘yish uchun 
oy oxirida transport – tayyorlov xarajatlarining summasi va foizi chiqariladi. 


-
Reja narxlar qo‘llanilgan hollarda har oyda haqiqiy tannarxni rejadan farq summasi va foizi 
aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich materiallar tayyorlash jarayoniga baho berish imkoniyatini yaratadi. 
Transport tayyorlov xarajatlari yoki reja narxdan farqi materiallarning har bir nomenklatura 
raqami bo‘yicha emas, balki materiallar guruhlari bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Asos qilib 
materiallarning oy boshiga qoldig‘i va ularning oy davomidagi kirimi olinadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy tannarxini 
aniqlashda boholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: 
-
o‘rtacha tannarx (to‘g‘ri chiziqli) bo‘yicha yoki AVEKO usuli – materiallarning 
umumiy qiymatini ularning miqdoriga bo‘lib, olingan o‘rtacha narxlar asosida hisobdan 
chiqarish; 
-
o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha birinchi tushum- birinchi chiqim. FIFO usuli - 
ishlab chiqarishga birinchi kelib tushgan partiyadagi narxlar bilan va keyingi partiyadagi narxlar 
navbatma-navbat hisobdan chiqarib boriladi; 
-
o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum-birinchi chiqim, LIFO usuli-
materiallar ishlab chiqarishda dastavval oxirgi partiya narxlari bo‘yicha pastdan yuqoriga qarab 
hisobdan chiqariladi. 
Misol. Korxonada oy mobaynida quyidagi materiallar partiyasi sotib olingan: 
Sotib olingan sana 
Miqdori 
(dona) 
Narxi 
(so‘m) 
Qiymati 
(m.so‘m) 
15.03.15 
1000 
600 
600.0 
20.03.15 
1700 
800 
1360.0 
25.03.15 
1500 
900 
1350.0 
Jami 
4200 
3310.0 
Xo‘jalikda oy mobaynida 2800 dona material sarflandi va omborda 1400 dona material 
qoldi. Ushbu materiallarning sarflanishini uch xil usulda hisoblab chiqamiz. 
O‘rtacha tortilgan (AVEKO) usulida bir xildagi har bir sarflangan materiallar birligining 
qiymati davr boshiga qolgan va shu davr ichida sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlarning 
o‘rtacha tortilgan qiymatida aniqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi subektdagi vaziyatga qarab 
o‘rtachasi davr oxirida yoki har bir qo‘shimcha qabul qilingani bo‘yicha hisoblab topiladi. 
Hozirgi kundagi pulning qadrsizlanish davrida reja baholarini qo‘llash tavsiya qilinmaydi. 
Bunday vaqtda FIFO va AVEKO usullarini qo‘llash ma’qul. 
AVEKO usulida materiallarni baholash tartibi 


Material sarfi 
Miqdori 
Narxi (so‘m) 
Qiymati 
(m.so‘m) 
1-partiya 
1000 
600 
600.0 
2-partiya 
1700 
800 
1360.0 
3-partiya 
100 
900 
900.0 
Jami sarflangan material 
2800 
788.1 
2207.0 
Ombordagi qoldiq 
1400 
788.1 
1103.0 
Bugungi kunda materiallarni ishlab chiqarishga hisobdan chiqarishda 4- BHMSning 17 –
bandiga muvofiq FIFO usulini qo‘llashni tavsiya qilinadi. Bu usulda birinchi navbatda sotib 
olingan tovar-material zaxiralar birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi va 
demak davr oxiriga qolgan tovar- material zaxiralari – bu oxirgi sotib olingan yoki ishlab 
chiqarilganlardir. 
FIFO usulida materiallarni baholash tartibi 
Material sarfi 
Miqdori 
Narxi (so‘m) 
Qiymati 
(m.so‘m) 
1-partiya 
1000 
600 
600.0 
2-partiya 
1700 
800 
1360.0 
3-partiya 
100 
900 
900.0 
Jami sarflangan material 
2800 
2860.0 
Ombordagi qoldiq 
1400 
900 
1260.0 
Xalqaro andazalar tomonidan TMZni hisobga olish va baholashda LIFO usulidan 
foydalanishga ruxsat berilgan. Bu usulda oxirgi navbatda sotib olingan tovar – material zaxiralar 
(TMZ) birligi birinchi sotiladi yoki ishlab chiqarishga sarflanadi, demak davr oxiriga qolgan 
tovar – material zaxiralari birinchi sotib olingan yoki ishlab chiqarilganlardir. 
SHunday qilib, xo‘jalik yurituvchi subektlarda materiallarni ishlab chiqarish xarajatlariga 
hisobdan chiqarish va materiallarni baholash usuli ularning hisob siyosatida o‘z aksini topmog‘i 
lozim. 
LIFO usulida materiallarni baholash tartibi 
Material sarfi 
Miqdori 
Narxi (so‘m) 
Qiymati 
(m.so‘m) 
1-partiya 
1500 
900 
1350.0 


2-partiya 
1300 
800 
1040.0 
3-partiya 



Jami sarflangan material 
2800 
2390.0 
Ombordagi qoldiq 
400 
1000 
800 
600 
320.0 
600.0 
Jami qoldiq 
1400 
920.0 

Yüklə 206,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə