Mundarija


GANDIMIYON SHARTNOMASI VA UNING OQIBATLARI



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə10/36
tarix14.06.2018
ölçüsü0,53 Mb.
#48925
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36

GANDIMIYON SHARTNOMASI VA UNING OQIBATLARI


Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Kaufmai) tomonidan taklif etilgan sulh shartnomasini imzolashga majbur bo`ldi. 1873-yil 12-avgustda imzolangan, diplomatiya tarixiga Gandimiyon shartnomasi nomi bilan kirgan shartnomasida: "Xiva xoni hazratlari Rossiya bilan sulh va do`stlik shartnomasini tuzadi va imperator hazrati oliylarining yuksak himoyatidan foydalanadi", — deb ta'kidlangan.

Diplomatiya tilida bu Xiva xoni Rossiya imperatori tobeligiga o`tganini bildiradi. I moddada: "Sayid Rahim Bahodurxon o`zini butunrossiya imperatorining sodiq xodimi deb tan oladi. U qo`shni hukmdorlar va xonlar bilan har qanaqa bevosita do`stona munosabatlardan va ular bilan biron-bir savdo yoki boshqa shartnomalar tuzishdan voz kechadi hamda Rossiyaning o`rta Osiyodagi oliy hokimiyati ruxsatisiz ularga qarshi hech qanday jangovar harakatlarni amalga oshirmaydi", — deb to`g`ridan-to`g`ri yozib qo`yilgan. Xiva xoni tashqi olamdan, shu jumladan, eng yaqin qo`shnilardan ham to`liq ajralish, ular bilan amalga oshiradigan munosabatlarni Rossiya imperiyasi hokimiyati ruxsati bilangina yuritish majburiyatini oldi.

Shu paytgacha Xiva xonligining mulki hisoblangan Amudaryo o`ng sohilining va unga yondosh yerlarning hammasi o`sha yerda istiqomat qiluvchi va ko`chmanchi xalqi bilan xonning qo`lidan to`liq chiqib ketdi. Rossiya kemalariga Amudaryo bo`ylab harakatlanishda mutlaq huquq berildi. Rossiya savdogarlari butun xonlik bo`ylab erkin yurish va boj to`lovlarisiz savdo-sotiq qilish huquqiga ega bo`lishdi. Xiva xoni va mahalliy hokimiyat rossiyalik savdogarlar hamda ularning mollari xavfsizligi uchun javobgar edi.

Rossiya va Xiva xonligi o`rtasida imzolangan shartnomada yana shunday yozilgan edi: "Chap qirg`oqdagi mslar uchun zarur va qulay bo`lgan yerga ular o`zlarining pristanlarini qurish huquqiga ega. Xonlik ushbu pristanlarning saqlanishi va xavfsizligi uchun javobgar. Pristanlar uchun joyning tanlanishi o`rta Osiyodagi rus oliy hokimiyatining tasdiqlashiga bog`liq.

Xiva xonligidagi hamma shahar va qishloqlar rus savdosi uchun ochiq. Rus savdogarlari va karvonlari xonlikda erkin harakatlanadilar va mahalliy hokimiyatning alohida g`amxo`rligidan foydalanadilar. Karvonlar va omborlarning xavfsizligi uchun xon hukumati javob beradi. Xonlikda savdo qiluvchi rus savdogarlari har qanday soliqlardan ozod qilinadi, xuddi shunday Xiva savdogarlari ham Kazalinsk yo`lida va Kaspiy dengizining Orenburg pristanida savdo qilganlari uchun soliq to`lamaydilar. Rus savdogarlariga xonlik yerlaridan qo`shni davlatlarga yuklarini bojsiz olib o`tish huquqi beriladi".

Xiva xonligi zimmasiga 2,2 million rubl miqdorida mashaqqatli tovon (kofitributsiya) to`lash yuklandi. Xon xazinasida pul bo`lmagani uchun bu mablag` xalqdan yig`ib olinishi lozim edi. Uni 20 yil davomida to`lash rejalashtirildi.

Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligini amalda podsho hukumatiga to`liq bo`ysunadigan mayda viloyat bekligi darajasida yerga urgan og`ir sharmandali shartnoma edi. U Xiva xalqi zimmasiga yangi soliqlarni va yangi majburiyatlarni yuklar edi. Xonlik hududi uch baravar kichraydi. Xiva xonligi o`z nomini va arzimagan hududini saqlab qoldi-yu, ammo mustaqillikdan to`liq mahrum bo`ldi.

Yakunlarni chiqaramiz

-1873—1879-yillar — o`rta Osiyoni bosib olishning uchinchi bosqichi;

-1873-yil, fevral — Xiva xonligiga hujum boshlandi;

-13 ming askardan 7,5 ming nafari Xivagacha yetib bordi;

-1873-yil, may — Hazorasp va Qo`ng`irot, Xo`jayli, Mang`it shaharlari ostonasida janglar bo`lib o`tdi;

-1873-yil 29-may — Xiva shahri egallandi;

-1873-yil 12-avgust — Xiva bilan Rossiya o`rtasida Gandimiyon shartnomasi tuzildi;

-20 yil davomida tovon to`lanadigan bo`ldi;

-Xiva xonligi Rossiya imperiyasi tobeligiga o`tdi.

12-13-§. Qo`QON XONLIGINING BOSIB OLINISHI VA UNI TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI TARKIBFGA KIRITILISHI

QOQONDA XALQ QOZG`ALONI


Qo`qon xonligi Rossiya imperiyasining o`rta Osiyodagi strategiyasida alohida ahamiyat

kasb etardi. U Rossiya imperiyasi qo`shinlari tomonidan 1865-yilda egallab olingan Xitoyning g`arbiy qismi — Ili o`lkasi bilan bevosita aloqador edi. Qo`qondan Qashqarga, undan esa Hindiston hududiga to`g`ri yo'1 borardi.

Bu paytda Qo`qonda Xudoyorxon boshliq ming urug`i sulolasi hukmronlik qilardi. Haddan ortiq soliqlardan va son-sanoqsiz turli majburiyatlardan azob tortgan aholi uning boshqaruvidan norozi edi. Mamlakatda xonga qarshi muxolifat kuchayib bormoqda edi. Abdurahmon Oftobachi (valiahdning tarbiyachisi) boshchiligidagi qipchoqlar xonga oshkora qarshi turgan muxolifatning asosiy kuchi edi.

Ular 1875-yilning iyulida qo`zg`alon boshladilar va qo`zg`alon Qo`qon xonligining asosiy shaharlariga yoyildi. Qo`zg`alonchilarga qarshi jo`natilgan, eng ishonchli va xonga sodiq deb hisoblangan qo`shin qo`zg`alonchilar tomonga o`tdi. Qo`zg`alonchilarning birlashgan kuchlari Xudoyorxonning to`ng`ich o`g`li Nasriddinni xon deb e'lon qildilar. Ular o`sh, Namangan, Andijon, Asaka shaharlarini egallashdi. 2-avgustda Marg`ilon hokimi Murodbek ham ularga qo`shilib, Qo`qon tomonga lashkar tortib bordi.

Qo`qonda ko`tarilgan qo`zg`alon to`g`risidagi xabar xon hokimiyatining zulmidan eng ko`p aziyat chekayotgan xalq orasida g`alayon keltirib chiqardi. Xonning yaqinlari bo`lgan amaldorlar va uning soqchilari poytaxtni tashlab qochishga majbur bo`ldilar. Xonning ikkinchi o`g`li, akasiga qo`shilgan Muhammad Amin boshchiligidagi xon qo`shinining qolgan yarmi ham shahardan chiqib ketdi. Voqealar fojiali tugashi mumkinligini his qilgan Xudoyorxon oila a'zolari va a'yonlari bilan 1875-yil 5-avgustda Xo`jand tomonga yurdi. Shahardagi Rossiya diplomatik missiyasi vakillari ham u bilan birga ketdi.

6-avgust kuni Xudoyorxon Xo`jandga yetib keldi, so`ng Toshkentga yo'1 oldi. U yerda general-gubernator Kaufman bilan uchrashdi va Orenburgga jo`natib yuborildi. Rossiya imperiyasi hukumati Xudoyorxonni o`z himoyasiga oldi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə