Mundarija uzcard bankomatlarida humo plastik kartalariga xizmat koʻrsatish 28 12- ilovalar



Yüklə 2,84 Mb.
səhifə4/6
tarix15.09.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#122061
1   2   3   4   5   6
Amaliyot

Ichki Nazorat
O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustdagi 660-II-son “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuniga;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-mayda davlat ro'yxatiga olingan 2886-sonli “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari” nizomiga;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 19-oktabrda davlat ro'yxatiga olingan 3327-sonli “Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risida”gi nizomiga muvofiq mijozlar uchun ma’lumot:
-Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni tashkil etishda, Qishloq Qurilish Bank ( bundan keyin Bank deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki me'yoriy-huquqiy hujjatlari talablariga, shuningdek Moliyaviy harakatlar bo'yicha ishchi guruhining tavsiyalariga amal qiladi (FATF);
-operatsiya ishtirokchilari — mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
-benefitsiar mulkdor — yakuniy holatda mulk huquqiga egalik qiluvchi yoki mijozni haqiqatda nazorat qiluvchi jismoniy shaxs yoxud manfaati ko‘zlangan holda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
-yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, ma’muriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli a’zolari (shu jumladan sobiq).
Bank tomonidan “Mijozingizni biling” tamoyilini amalga oshirish:
Bank 2886-sonli Ichki nazorat qoidalari talablarini bajarish va o'zining ishchanlik obro'sini va mijozlarining ishbilarmonlik obro'sini yuqori darajada ushlab turish uchun Bank "Mijozingizni biling" tamoyiliga amal qiladi, uning doirasida:
-mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, shuningdek mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganishlarni o‘tkazish;
-mijozni identifikatsiyalash — tijorat banki tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi ma’lumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ochiq manbalar va ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lgan qo‘shimcha tasdiqlangan ma’lumotlar asosida aniqlash;
-mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash — tijorat banki tomonidan qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan ta’sis hujjatlari (ustav va (yoki) ta’sis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali yuridik shaxs bo‘lgan mijozning mulkdori, shu jumladan uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
 Identifikatsiya:
Mijozlar, ularning vakillari, benefitsiarlari va benefitsiarlari to'g'risidagi ma'lumotlarni aniqlash uchun mijozlar Bankga hujjatlar to'plamini taqdim etadilar:
Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar:
— Tijorat banki tomonidan jismoniy shaxs — mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat) yoki mijozning biometrik ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Bunda tijorat banki jismoniy shaxs — mijoz identifikatsiyasi:
— shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat) asosida amalga oshirilganda bunday hujjatning asli bilan tanishib chiqishi;
— biometrik ma’lumotlar asosida amalga oshirilganda esa ushbu ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axborot tizimi bilan verifikatsiya qilishi lozim.
Yuridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar:
a) to‘liq, shuningdek, agar davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa, qisqartirilgan nomi;
b) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot: sana, raqam, ro‘yxatga oluvchi organ nomi;
v) soliq to‘lovchining identifikatsion raqami;
g) joylashgan eri (pochta manzili), shuningdek ro‘yxatdan o‘tgan ofisining manzili va bosh ofisining manzili, agar u birinchisidan farq qilsa;
d) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomada ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlar;
e) litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud bo‘lgan litsenziyalar to‘g‘risida ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;
j) imzo huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxs nomidan ish ko‘ruvchi jismoniy shaxsning identifikatsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar;
z) yuridik shaxs ta’sischilari (yirik aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda mijozning ustav fondi (kapitali)dagi ularning ulushlari to‘g‘risida ma’lumotlar;
i) ro‘yxatga olingan va to‘langan ustav fondi (kapitali) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
k) yuridik shaxs boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
l) telefon raqamlari.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar:
a) Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarning 1-ilovasida ko‘zda tutilgan ma’lumotlar;
b) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot: sana, raqam, ro‘yxatga oluvchi organ nomi;
v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;
g) davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘grisidagi guvohnomada ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlar;
d) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi; kim tomonidan berilganligi; amal qilish muddati;
e) telefon raqamlari.
Bankdagi hisobvaraqlar bo'yicha amalga oshirilgan operatsiyalar va mijozning faoliyatiga oid qo'shimcha ma'lumotlar va hujjatlarni bank tomonidan so'rash:
Bankdagi hisobvaraqlar bo'yicha amalga oshirilgan operatsiyalar va mijozning faoliyatiga oid qo'shimcha ma'lumotlar va hujjatlarni bank tomonidan so'rash
Bank va Bank mijozlarining ishbilarmonlik obro'sini kerakli darajada va "Mijozingizni biling" tamoyili doirasida saqlab qolish uchun Bank shuningdek quyidagi hujjatlarni mijozdan taqdim qilishini so’rashi mumkin:
– Hisobvaraq bo'yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi hujjatlar.
– Amalga oshirilgan operatsiyalarning iqtisodiy ma'nosi bo'yicha yozma tushuntirishlar.
– Pul mablag'lari yoki boshqa mol-mulkning kelib chiqish manbalari va ularni sarflash maqsadlari to'g'risidagi ma'lumotlar/hujjatlar.
– Moliyaviy-xo'jalik faoliyatining maqsadlari, moliyaviy ahvoli to'g'risidagi ma'lumotlar/hujjatlar.
– Mijozning asosiy kontragentlari haqida ma'lumot.
– Aloqador kompaniyalarda hisob-kitoblar ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatlar, aloqador kompaniyalar guruhidagi rollar haqida ma'lumot.
– Uchinchi shaxslar manfaati uchun operatsiyalarni amalga oshirishda benefitsiarlar to'g'risidagi ma'lumotlar/hujjatlar.
– Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar va faoliyatning xususiyatiga muvofiq boshqa hujjatlar / tushuntirishlar.
Bank tomonidan so'ralgan hujjatlar va/yoki ma'lumotlarning hajmi, ularni taqdim etish va ko'rib chiqish muddatlari mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar va uning faoliyatining xususiyatini hisobga olgan holda Bank tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Tavakkalchilik darajasi yuqori deb topilgan operatsiya:
Avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritib, ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tibor qaratadi:
a) Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar yoxud Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning egaligi yoki nazoratidagi shaxslar, Ro‘yxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan
yoki ro‘yxatga olingan shaxslar
c) chet el korxonalarining vakolatxonalari va O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lmagan jismoniy shaxslar
d ) offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar
e) offshor hududlarda hisobvaraqqa ega bo‘lgan rezident va norezidentlar
f) haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar
g) faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmagan tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlar
h) benefitsiar mulkdori mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar hisoblangan tashkilotlar
i) muntazam ravishda (masalan, 3 oy ichida ketma-ket) shubhali yoki gumonli operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar
j) mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan dasturiy majmualardan foydalanuvchi mijozlar
k) yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari
2886-sonli Ichki nazorat qoidalariga muvofiq ma'lumot va hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda mijozlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin bo'lgan choralar:
Tijorat banklari quyidagi hollarda mijozga operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga haqlidirlar:
– yuridik shaxsning boshqaruv organi yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan shaxs o‘zining joylashgan eri (pochta manzili) bo‘yicha mavjud bo‘lmaganida;
– atayin noto‘g‘ri bo‘lgan hujjatlar taqdim etilganda
– qonun hujjatlariga muvofiq so‘raladigan hujjatlar taqdim etilmaganda;
Tijorat banklariga quyidagilar ta'qiqlanadi:
– anonim shaxslarga, ya’ni, hisobvaraq (omonat) ochayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmagan holda, hisobvaraq (omonat) ochish;
– o‘ylab chiqarilganligi aniq bo‘lgan hujjatlar bilan tasdiqlanmagan nomlarga hisobvaraqlar ochish;
– hisobvaraq ochayotgan shaxsning yoxud uning vakolatli vakilining shaxsan ishtirokisiz hisobvaraq ochish;
– o‘zlari va doimiy faoliyat yurituvchi boshqaruv organlari ular ro‘yxatdan o‘tgan davlatlarning hududida joylashmagan norezident-banklar bilan munosabat o‘rnatish va davom ettirish;
– taqdim etuvchiga bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy instrumentlar chiqarish;
– mijozni identifikatsiyalamasdan chet el valyutasidagi pul mablag‘larini olish yoki jo‘natish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish, shu jumladan, xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali;
– jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmaydigan davlatlar hududida sho‘ba banklari, filiallar yoki vakolatxonalar tashkil etish.
Shu bilan birga mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda tijorat banki bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish masalasini ko‘rib chiqishi va bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishdan voz kechishi yoxud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini to‘xtatishi lozim.
Bank bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilish uchun mijozlarga tavsiyalar:
– Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo'yicha Bank bilan muloqot qiling.
– Esda tutingki, ochiqlik va bank bilan o'zaro hamkorlik muvaffaqiyatli hamkorlikka yo'ldir.
– Bankka so'ralgan ma'lumot/hujjatlarni o'z vaqtida taqdim eting.
– Sizning shaxsingizni tasdiqlovchi ma'lumotlaringizdagi o'zgarishlar to'g'risida Bankni xabardor qiling, shuningdek o'zgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarni siz bilan Bank o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim eting.
– Jinoyat faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (yuvish), terrorizmni moliyalashtirish, ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan shubhali moliyaviy sxemalarda qatnashmang.
– O’zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 1553 va 243 moddalariga asosan javobgarlik choralari belgilanganligi haqida ogohlantiramiz! 
Yuridik shaxslar uchun tavsiyalar:
– Ustavga, ro'yxatga olish hujjatlariga, hisobvaraq ochishda e'lon qilingan faoliyat turlariga muvofiq kompaniyangiz faoliyatiga mos keladigan operatsiyalarni amalga oshiring.
– Agar faoliyat yo'nalishi o'zgargan bo'lsa, bu haqda Bankni xabardor qiling.
– Faoliyatning asosiy turiga tegishli hisobvaraq bo'yicha operatsiyalarni amalga oshiring.
Jismoniy shaxslar uchun tavsiyalar:
– Hisobingizdan yoki bank kartangizdan biznes maqsadlarida foydalanmang.
– Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro'yxatdan o'ting.
– To'lov evaziga kartalaringizni uchinchi shaxslarga o'tkazmang. Kartalar shubhali sxemalar, shu jumladan naqd pul olish bilan bog'liq bo'lgan sxemalar uchun ishlatilishi mumkin.
– Uchinchi shaxslarning naqd pul mablag'larini naqd pulsiz olish yoki boshqa jismoniy shaxslarning hisob raqamlariga o'tkazish orqali o'zingizga tegishli hisobvaraqdan haq evaziga olish kabi takliflariga rozi bo'lmang.


Yüklə 2,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə