Mundarija uzcard bankomatlarida humo plastik kartalariga xizmat koʻrsatish 28 12- ilovalar


Qishloq qurilish bankining vazifalari



Yüklə 2,84 Mb.
səhifə2/6
tarix15.09.2023
ölçüsü2,84 Mb.
#122061
1   2   3   4   5   6
Amaliyot

Qishloq qurilish bankining vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 martdagi PQ-1083-sonli "Qishloq qurilish bank" aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori bilan bankning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- uy-joy-kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi hamda yuridik shaxslarga kredit berish va bank xizmati ko‘rsatish;
- qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joylar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurish hamda ta’mirlashni amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarga kredit berish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish;
- yangi, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqaradigan, tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloqda ob’ektlar qurishning industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etadigan barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga kredit berish va kompleks tarzda bank xizmatlarini ko‘rsatish;
- qishloq qiyofasini sifatli yaxshilashni, qishloq joylarda muhandislik hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va takomillashtirishni, jumladan, yo‘llar, energiya va suv ta’minoti tizimlari, qishloq vrachlik punktlari, maktablar, bolalar sporti ob’ektlarini rekonstruksiya qilish, qishloq aholi punktlarini transport kommunikatsiyalari, ichimlik suvi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi ob’ektlari, telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashni nazarda tutgan holda investitsiya faoliyatini olib borish, shuningdek loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish;
- universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi boshqa kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish.
Eng avvalo pul muomilasi o’zi nimaligiga izox berib o’taylik .
Pul muomalasi — pulning bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar, sotib olingan tovarlar haqini toʻlash, hisobkitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish, nafaqalar berish, qarzlarni qaytarish vositasi sifatida foydalanish jarayonidagi uzluksiz harakati. Pul muomalasi har bir mamlakat pul tizimi miqyosida amalga oshadi. Pul muomalasi naqd va nakd boʻlmagan muomalaga boʻlinadi. Naqd pul bankdan chiqqach, korxona, tashkilotlar kassasiga va aholi koʻliga oʻtadi. Oddisotdi vatoʻlov harakatlari bajarilgach, yana bankka kaytadi. Naqd boʻlmagan pul muomala-siga firma, korxona, tashkilotlarning bankdagi hisobida turgan pulning harakati kiradi va bunday muomala chek, kredit kartochkasi, veksel, obligatsiya, sertifikat va boshqa vositalar harakati shaklida olib boriladi.

  • Umumiy olib qaraganda bank-bank hisob varaqalarini ochish va yuritish,to’lovlarni amalga oshirish,omonatlarga (depozitlarga)pul mablag’larini jalb etish,o’z nomidan kreditlar berish bo’yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkilot.

  • Bank shartnoma asosida pul mablag’larini depozitlar,kreditlar shaklida jalb etishi va joylashtirishi,hisob-kitob markazlari va vakillik hisob varaqlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda litsenziyada nazarda tutilgan boshqa moliyaviy operatsiyalarni bajarishi mumkin.

  • Bank o’z faoliyatida quyidagi moliyaviy bank operatsiyalarni amalga oshiradi:

  • pul mablag’larini omonatlarga (depozitlarga)jalb etish;

  • to’lovlarni amalga oshirish,shu jumladan bank hisob varaqlarini ochmasdan amalga oshirish;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlarini,shu jumladan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish;

  • kreditlarni ularning ko’tarilishi,foizliligi va muddatliligi sharti bilan o’z nomidan o’zining mablag’lari hamda jalb etilgan mablag’lar hisobidan berish;

  • chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar;

  • jismoniy yoki yuridik shaxs bilan tuzilgan shartnoma bo’yicha mol-mulkni ishonchli boshqarish;

  • inkassatsiya va kassa xizmatlarini ko’rsatish;

  • uchinchi shaxslar nomidan ularning majburiyatlari bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berishva boshqa majburiyatlarni qabul qilish;

  • uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish (factoring)

  • qimmatli qog’ozlarni chiqarish,harid qilish,sotish,ularning hisobini yuritish va ularni saqlash,mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog’ozlarni boshqarish,ular bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;

  • affinlangan qimmatbaho metallar sotib olish va sotish,shu jumladan metallarni mas’ul saqlash hisobvaraqlarini hamda metallarning egasizlantirilgan (jismoniy bo’lmagan)hisobvaraqlarni yuritish;

  • qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish;

  • hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish;

  • hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni ijaraga berish;

  • lizing berish;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish;

  • moliyaviy operatsiyalar bilan bog’liq maslahat xizmatlar ko’rsatish;

  • aktivlar majmuini (portfelini) boshqarish;

  • elektron pullarni chiqarish,ulardan foydalanish va to’lash;

  • bank kartalarini berish va to’lovlarga ishlov berish,bank kartalariga boshqa tashkilotlar,jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat ko’rsatish;


  • Yüklə 2,84 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə