Mundarija: Kirish I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə6/13
tarix29.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#138971
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Mundarija Kirish I. Bob. Oqsillar haqida umumiy ma’lumot

6. Tayanch yoki mexanik vazifasi – ahamiyati jihatidan struktura vazifasiga yaqin. Hujayralararo strukturalarni tuzilishida ishtirok etib, tayanch to`qimalarining mustahkamligini ta’minlaydi. Oqsillar biriktiruvchi to`qimaning asosiy qurilish materialidir: kollagen – suyak to`qimasi, paylarning struktura elementlari; fibroin – pillaning ipak qavatini hosil bo`lishida ishtirok etadi; beta-keratin – jun, tirnoqlarning struktura asosi.
7. Zahira yoki trofik vazifasi – rivojlanayotgan hujayraning oziqlanishi uchun oqsillarning zahira modda sifatida foydalanilishi. Oqsillar chegaralangan miqdorda qonda, ba’zi to`qimalarda, ko`p miqdorda o`sayotgan homilada, o`simliklar donida, tuxum va sutda bo`lib, zarur sharoitda sarflanadilar. Bunga bug`doy doninig zahira moddasi – prolaminlar va glutelinlarni misol keltirish mumkin. Shuningdek, ovalbumin – tovuq tuxumining zahira oqsili bo`lib, murtakning rivojlanishida sarf bo`ladi.
8. Substrat-energetik vazifasi – parchalanish jarayonlarida oqsil substrat sifatida ishtirok etib, energiya hosil qiladi. 1g oqsil parchalanganda 17,1 kJ energiya ajraladi. Bunga karbonat angidrid, suv va siydikchilgacha parchalanadigan oqsillarning hammasi kiadi.
9. Qisqarish vazifasi – kimyoviy energiyadan foydalanib qisqarish. Muskullarning qisqarishi oqsillar ishtirokida kechadi. Ularning eng muhimlari aktin va miozin qisqaruvchi muskul tolalarini tashkil qiladilar.
10. Elektroosmotik vazifasi – membranada elektr zaryadlarining farqi va ionlar kontsentratsiyasining gradientini hosil qilishda ishtirok etadi. Na+, K+ ATF aza hujayra membranasida Na+ va K+ ionlarining va elektr zaryadlarining farqini hosil qiladi.
11. Energiya transformatsiyalash vazifasi – elektr va osmotik energiyani kimyoviy energiyaga transformatsiya qilish. ATF-sintetaza membranada elektr potentsiallar turlicha bo`lganda yoki ionlarning osmotik kontsentratsiyasining gradientiga qarab ATF sintezlaydi.
12. Kogenetik vazifasi – oqsillarning yordamchi genetik vazifasi (“ko” – lat. birgalikda). Oqsillarning o`zi genetik material hisoblanmaydi, lekin ular nuklein kislotalarga o`z-o`zini hosil qilish va axborotni o`tkazilishida yordam beradi. Masalan DNK-polimeraza – DNK replikatsiyasida ishtirok etadi; DNK ga bog`liq RNK-polimeraza DNK dan RNK ga axborotning ko`chirilishida qatnashadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə