Mundarija kirish I bob. Hujayradagi hayotiy jarayonlar haqida umumiy tushuncha II bob. Hujayraviy jarayonlarning kechishini o‘rganishda qo‘llaniladigan zamonaviy tadqiqod usullari III bob. Biomembranalarning tarkibiy tuzilishi va uning o‘ziga xos


-rasm. Hujayrada membranasida ion kanalining joylashuvi



Yüklə 239,43 Kb.
səhifə17/22
tarix22.03.2024
ölçüsü239,43 Kb.
#181233
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Hujayradagi hayotiy jara

12-rasm. Hujayrada membranasida ion kanalining joylashuvi.
Ion kanali bir qancha domenlardan iborat bo‘lib, boshqa membrana oqsil makromolekulalari, masalan, retseptorlar, hujayra skeleti yoki mukopolisaxaridlar bilan birikkan bo‘ladi. Makromolekuladagi gidrofob aminokislotalar membrananing lipid qatlami bilan kontakt hosil qilsa, gidrofil aminokislotalar kanalning ichki qismida pora (g‘ovak) hosil qiladi. Pora ichida manfiy zaryadga ega guruhlardan (kislorod atomlari) tashkil topgan, tanlab o‘tkazuvchi filtr joylashgan bo‘lib, u kanalning faoliyatiga bog‘liq xossasini ta'minlaydi. Kaliy kanallari diametri 7,3 natriy kanallariniki esa 8,1 o‘lchamga ega ekanligi aniqlangan.
Kanal ichki qismi porasi darvoza mexanizmi asosida ochilishi va yopilishi mumkin, bu jarayon makromolekula konformatsiyasini o‘zgarishi bilan boradi. Bu jarayon elektr qo‘zg‘aluvchan membranalarda «darvoza» toklari, sensor kuchlanish va kimyoviy qo‘zg‘aluvchan membranalarda esa kimyoviy moddalar, ya'ni mediatorlar orqali boshqariladi.



13-rasm. Hujayradagi ion kanalining aktivatsiya va inaktivatsiya holati.

Ion kanali orqali bir sekund davomida 107-108 ta ion o‘tishi mumkinligi aniqlangan. Ionlarning suvdagi harakatchanlik tezliklari, kanaldan o‘tish tezligiga mos keladi, shuning uchun kanalni suv poralari deb ham qaraladi. Blokatorlar moddalar, ya'ni susaytiruvchilar ta'sirida membranada joylashgan ion kanallarining faoliyatining 0 qiymatga qadar susayishi kuzatiladi. Masalan tetrodotoksin, saksitoksin va boshqa blokatorlar ion kanalining faoliyatiga susaytiruvchi ta'sirga ega. Hujayra membranasida joylashgan Ca2+ ion kanallarining blokatorlari xususiyatlari chuqur o‘rganilgan. Jumladan verapamil, D-600 kabi moddalar ushbu kalsiy kanalining darvoza mexanizmi faoliyatini dozaga bog‘liq holatda susaytirishi kuzatilgan. Bu esa hujayralarda Ca2+ bilan bog’liq jarayonlarning borishida muhim ahamiyatga egadir. Tanlab o‘tkazuvchi kanaldan ionlardan faqat bittasi o‘tishi mumkin.


K, Na va Cl elementlari uchun o‘zlarining kanallari mavjud. Bu elementlar konsentratsiya gradientiga bog‘liq ravishda hujayra ichiga va tashqarisiga harakat qiladi. Na ion kanallarining qo‘zg‘alishi vaqtida natriy ionlarining hujayra ichiga zudlik bilan kirishi sodir bo‘ladi. Natijada membranamembrana potensialida muvozanat buziladi. Membrana potensiali birozdan keyin yana tiklanadi. Kaliy kanallari esa doimiy ochiq holatda bo‘lib, ulardan sekinlik bilan hujayraga kaliy ionlari o‘tib turadi.


Yüklə 239,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə