Mundarija kirish I. Bob. G’alla yetishtirishda mamlakatimiz va jahon tajribasi


Fermer xo’jaliklarida g’alla yetishtirish salmog’i



Yüklə 346,08 Kb.
səhifə7/20
tarix30.12.2023
ölçüsü346,08 Kb.
#165033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
G\'alla yetishtirish Kurs loyiha Q.Bahrom

1.2. Fermer xo’jaliklarida g’alla yetishtirish salmog’i



G’allachilikda ham о’tgan yillarda bir qator yutuqlarga erishildi. Jumladan, yalpi hosil 2004 yilda 4 mln 985 ming tonnani tashkil qilgan bо’lsa, 2009 yilda bu kо’rsatkich 1 mln 221 ming tonnaga oshib, 6 mln 171 ming tonnani tashkil etdi yoki shu yillar davomida 21,7 foizga ortdi. 2004-2009 yillar davomida g’alla hosildorligi 9 sentnerga ortib, 51,2 sentnerni tashkil qildi. Dunyoda paxtachilik bilan shug’ullanuvchi mamlakatlar anchagina. О’zbekiston esa ularning orasida eng shimoliy mintaqada joylashgan. Shunday bо’lsa-da, mamlakatimiz «oq oltin» yetishtirish bо’yicha jahonda oltinchi, uni eksport qilish bо’yicha esa ikkinchi о’rinda turadi. Ochig’i, bu maqomga erishish va uni barqaror saqlab turish bugungi raqobat tobora keskinlashib borayotgan sharoitda oson emas.
Mazkur jarayonda, tabiiyki, respublikamizda paxtachilik tarmog’ini yanada rivojlantirish maqsadida tizimli islohotlar izchil amalga oshirilayotgani, xususan, dehqon va fermerlar mehnati munosib qadrlanayotgani muvaffaqiyatlar omili bо’layotir. Shu bilan birga, yurtimizda paxtachilik bо’yicha boy tajriba tо’plangani, fermerlar hukumatimiz tomonidan qо’llabquvvatlanayotgani, ularning samarali mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani tufayli, tabiat injiqliklariga qaramay, har yili mо’l va sifatli hosil olishga erishilayotganini alohida ta‘kidlab о’tish kerak. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqlim va tuproq sharoitiga mos tezpishar hamda serhosil, qishloq xо’jaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklarga chidamli о’nlab yangi g’о’za navlari yaratildi. Xususan, bugungi kunda asosiy maydonlarda S- 6524, «Buxoro—6», «Buxoro—102», «Namangan—77», «An-Boyovut—2» singari shunday xususiyatlarga ega paxta yetishtirilmoqda. Ularning tolasi sanoatbopligi esa о’zbek paxtasining mavqei yanada yuksalishini ta‘minlamoqda. Gap shundaki, tolamizning oppoq rangi, pishiqligi, mikroneyr kо’rsatkichlari ustunligiga xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baho berilgan. Jahon tо’qimachilarining О’zbekistonga intilishi, tolamizni sotib olishga katta umid bog’lashining sababi shunda. Qolaversa, an‘anaviy о’tkazib kelinayotgan Xalqaro О’zbekiston paxta yarmarkasi ana shu masalalarning rо’yobga chiqishi yо’lida jahon paxta bozorining muhim voqeasiga aylanib borayotir. Buni yarmarkaning ochilish marosimida sо’zga chiqqan Paxta bо’yicha xalqaro maslahat qо’mitasining ijrochi direktori T.Taunsend, «Sotton Outlook» xalqaro agentligi bosh muharriri R.Batler, Xitoy paxta uyushmasining vitse-prezidenti SH.Jianvey, «Sotton Vangladesh» xalqaro agentligining bosh muharriri K.Axsan, «Dubai Multi Commodites Center» ijrochi direktori D.Rutlej va boshqalar alohida e‘tirof etishdi. Quvonarlisi, ular tomonidan mamlakatimiz nafaqat sifatli paxta yetishtiruvchi, balki xomashyoni kafolatli ravishda yetkazib beruvchi ishonchli hamkor sifatida tan olindi.
Paxtachilik sohasidagi agrotexnik tadbirlarni (bu tadbirlar asosan ishlab chiqarish va bozor infratuzilma subyektlari tomonidan amalga oshiriladi) о’z muddatida bajarilmasligi yoki ayrim resurslarni belgilangan meyorlarda berilmasligi natijasida mumkin bо’ladigan nobudgarchiliklar miqdori hisob kitoblarini keltirish mumkin, ya‘ni:  chigit ekishni о’z muddatida о’tkazilmasligi, g’о’zaning kech unib chiqishi hosildorlikni о’rtacha 3,4 s/gacha;  shо’rlangan maydonlarning shо’rini yuvmaslik yoki sifatsiz shо’r yuvish 9,0 s/gacha;  nam saqlash uchun boronalashni о’tkazilmasligi о’rtacha 3,4 s/gacha;  chigit ekishdan oldin tuproqning yumshatilmasligi о’rtacha 2,8 s/gacha;  chigit ekishdan oldin mola bilan tekislamaslik esa 1,6 s/gacha;  umumiy chigit ekishdan oldin maydondagi kesaklarni maydalab tuproqni ekishga tayyorlamaslik о’rtacha 8,8 s/gacha;  chigit ekishdan oldin mineral о’g’itlarni bermaslik 2,5 s/gacha;  chigitni agrotexnik talablar asosida sifatli tayyorlamaslik 1,3 s/gacha;  barcha turdagi mineral о’g’itlar berishni 1 iyulgacha tugatmaslik 10,3 s/gacha;  yagonani kechikib о’tkazish yoki chigitni qayta ekish hosildorlikni 2,2 s/gacha kamayishiga sabab bо’ladi;  begona о’tlar tо’liq tozalansa, hosildorlik 3,6 s/gacha;  paxta maydonlarini har 3 yilda joriy tekislash о’rtacha 6,6 s/gacha;  har gektar maydonga 12 tonna organik о’g’itlarni berish hosildorlikni о’rtacha 2,1 s/gacha oshiradi. Hisob kitoblardan kо’rinib turibdiki, paxtachilik umuman qishloq xо’jalik mahsulotlari hosildorligini oshirish, eng avvalo, fermer xо’jaliklariga infratuzilma subyektlarining samarali xizmat kо’rsatishi va ta‘minot korxonalari tomonidan moddiy resurslarni о’z vaqtida yetkazib berilishiga bog’liq.
G’alla yetishtirish – hamma qishloq xо’jaligi ishlab chiqarishining asosidir. G’alla aholining non, makaron mahsulotlariga, non mahsulotlariga bо’lgan talablarini qondiribgina qolmasdan, shuningdek, sut, gо’sht, tuxum va boshqa mahsulotlarning ishlab chiqarilishini ham belgilaydi. Chunki, u hayvonlar va parrandalarni ham muhim ozuqa bilan ta‘minlaydi. G’alla oziq-ovqat, kimyo, yengil sanoatning qator tarmoqlari 14 uchun xom ashyo bо’lib xizmat qiladi. U davlat non mahsulotlari resurslarini yaratish va yangilashda ham zarur, muhim eksport mahsuloti hamdir. G’allani barqaror yetishtirish ilg’or texnologiyalarni joriy etmasdan, intensifikatsiyaning sifat jihatdan mehnat, moddiy va energiya resurslaridan, zamonaviy о’simliklarning biologik jihatdan hosildor navlarini asoslangan, hosildorlik salohiyatiga asoslangan sifat jihatdan yangi darajalariga о’tmay turib erishib bо’lmaydi. Non mahsulotlari tayyorlashda bug’doy (g’alla) tarkibidagi shira, uning sifati miqdori о’ta muhim ahamiyatga ega. G’alla naturasi g’allaning 1 l massasida aniqlanadigan tegirmon jihozlari partiyasining muhim sifat kо’rsatkichlari hisoblanadi. Bug’doy doni 720 grammdan yuqori naturada yuqori texnologik hossaga ega bо’ladi. Bu miqdordan past bо’lsa, don maydalanganda (tegirmonda) uncha yuqori sifatli bо’lmagan va kutilganidan kam un beradi. Donning shiraligi 50-60% bо’lishi kerak. G’alla ishlab chiqarish iqtisodiy kо’rsatkichlari samaradorligi quyidagicha: g’alla ekinlarining hosildorligi, mehnat unumdorligi, mahsulot birligi tannarxi va hokazo. Prezidentimiz tomonidan g’alla mustaqilligiga erishish vazifasi qо’yildi va bu vazifa sharaf bilan uddalandi.

Yüklə 346,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə