Mundarija: kirish I bob. Amaliyotchi psixolog tomonidan bola rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish



Yüklə 62,15 Kb.
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü62,15 Kb.
#183094
1   2   3   4   5   6
Mundarija kirish I bob. Amaliyotchi psixolog tomonidan bola riv-fayllar.org

Kurs ishining maqsadi: Amaliyotchi psixolog tomonidan bola rivojlanishi uchun qulay psixologik iqlim yaratish imkoniyatlari haqida umumiy ma’lumot.
Kurs ishining vazifalari:
- Bola uchun qulay iqlim yaratishni o‘rganish;
- Bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirishni o‘rganish;
- O‘quvchilar bilan ishlashda har bir yosh davrining xususiyatlari hisobga olishni o‘rganish.
Kurs ishining tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish, ikki bob, to‘rtta qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.

I BOB. AMALIYOTCHI PSIXOLOG TOMONIDAN BOLA RIVOJLANISHI UCHUN QULAY PSIXOLOGIK IQLIM YARATISH
1.1. O‘quvchilarga individual yondashuv psixologik xizmatning asosiy tamoyili
Ta’lim- tarbiya jarayonida o‘quvchilarga individual yondashuv zarurligi hamma tomonidan tan olingan, lekin undan amalda foydalanish oson ish emas. Bunga maktabda o‘qituvchilarning bola haqida ko‘p gapirishlari dalil bo‘ladi. Chunki maktabda o‘quvchining qobiliyatlari, shaxsning asosiy xislatlari haqida chuqur va har tomonlama ma’lumot beradigan mutaxassis yo‘q.
Ta’lim-tarbiyadagi individual yondashuv – bolani boshqalardan ajratib individual o‘qitishni bildirmaydi, balki shaxsni u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir o‘quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni anglatadi.
Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni ikkinchi shaxsdan farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi.
Individual yondashuvning vazifasi – rivojlanishning individual usullarini aniqlash, bolaning imkoniyatlarini, har bir shaxsning faolligini ta’minlashdan iborat. Bu nuqtai nazardan olganda individual yondashuv faqatgina «tarbiyasi qiyin» bolalarga emas, barcha o‘quvchilarga ham zarurligi tushunarli bo‘ladi. Kollej psixologlari bu usulni u yoki bu shaklda qo‘llaydilar, chunki bu ko‘zga tashlanib turgan qiyinchiliklar bilan birgalikda, bola shaxsiy taraqqiyotining ba’zi yashirin nuqsonlarini ham topishga yordam beradi.
Psixologik xizmat mahsuldorligi sharoitlarini uch guruhga ajratish mumkin.Ular:a) bola uchun qulay iqlim yaratish;
b) bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini rivojlantirish;
v) har bir yosh davrining xususiyatlarini hisobga olish.
Mazkur konsepsiya psixologik xizmat metodologiyasini yaratishda muhim o‘rin egallashi bilan ham ahamiyatlidir. Qolaversa, psixologik xizmat ko‘rsatish fani ta’sir ko‘rsatuvchi ob’ektlari bo‘lgan sub’ektning ichki, psixik holatiga tashqi taassurotlar natijasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar jarayoni qanday kechishini o‘rganadi. U aks etuvchi narsaning sub’ektning faoliyatini boshqarishni, rejalashtirishni, javob faoliyatini yo‘naltirishni ta’minlaydigan o‘sha in’ikosga aylanish jarayonini amalga oshirishga yordam beradigan mehanizmlarni tadqiq qiladi.
Psixologik xizmat tarixida ongning ta’riflarini bilish muhim o‘rinda turadi. Tegishli adabiyotlar asosida ongning quyidagi ta’riflarini bayon etish mumkin. Uning birinchi ta’rifi nomining o‘zidayoq berilgan bo‘lib, ong anglash deganidir. Kishining ongi bizning tevarak-atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topgan. Demak, ong tarkibiga shunday muhim bilish jarayonlari kiradiki, ular yordamida odam o‘z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, hayol va tafakkurni qo‘shish mumkin. Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta’sir o‘tkazuvchi qo‘zg‘atuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning kishi tasavvurida hosil bo‘lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o‘tmish obrazlarini qaytadan gavdalantirsa, xayol ehtiyoj ob’ekti bo‘lgan, ammo hozirgi paytda yo‘q narsaning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan foydalanish yo‘li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydi. Aytib o‘tilgan psixik bilish jarayonlaridan istalgan birining batamom barbod bo‘lishi u yoqda tursin, buzilishi yo izdan chiqishi ham ongning barbod bo‘lishiga olib keladi.
Ongning ikkinchi ta’rifi. Unda sub’ekt bilan ob’ekt o‘rtasida aniq farqlanishining o‘z ifodasini topishi, ya’ni odam «Men» degan tushuncha bilan «Men emas» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniq biladi. Tirik organizmlar dunyosi tarixida birinchi bo‘lib undan ajralib chiqqan va o‘zini atrof muhitga qarama-qarshi ko‘ygan inson o‘z ongida ushbu qarama-qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda. Jonli mavjudotlar ichida uning o‘zigina o‘zini bilishga, ya’ni psixik faoliyatni o‘zini tadqiq etishga yo‘naltirishga qodir. Odam o‘z xatti-harakatlarini va umuman o‘zini o‘zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «Men emas»dan ajratilishi xar bir kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo‘l bo‘lib, uning o‘zini o‘zi anglashi jarayonida yuz beradi.
Ongning uchinchi ta’rifi. Odamning maqsadni ko‘zlovchi faoliyatini ta’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning vazifasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hokazo. Maqsadni ko‘zlovchi faoliyatning amalga oshirilishida, uning muvofik-lashtirilishida va yo‘nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko‘ra har qanday buzilishining yuz berishini ongning buzilganligi deb qaramoq kerak. Nihoyat, ongning to‘rtinchi ta’rifi uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg‘ular olami kirib keladi. Unda murakkab ob’ektiv va eng avvalo, odamning o‘zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z aksini topadi. Bu o‘rinda ham, boshqa ko‘pgina hollarda bo‘lgani kabi patologiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg‘ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi. Demak, psixologik xizmat jarayonida ongli va ongsiz faoliyat tahlili muhim o‘rin tutar ekan, binobarin, «Ong» tushunchasi psixologiyada, psixiatriyada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflariga mos keladigan ma’noda ishlatiladi. Ongi yaxshi saqlanib shaxsiy holati hamda harakatlari hakida hisob bera olgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o‘zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o‘zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga va faoliyat vaziyatiga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o‘z hatti-harakatini idora qiladi.
Shunday qilib, psixologik xizmatning nazariy asoslarini yaratishda shaxs va uning ongi bilan bog‘liq barcha metodologik tushunchalar inobatga olinishi shartdir. Zero, bugungi kunda aynan psixologik xizmat muammosiga bag‘ishlangan va uning barcha yo‘nalishlarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar yetarli bo‘lmasa-da, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida psixologik xizmat muammosining zarurligini ko‘rsata oluvchi va uning "metodologik ildizlarini" asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqotlarni alohida qayd etish mumkin.
Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ulardagi psixologik xizmat metodologiyasiga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani nuqtai nazaridan tadqiq qilishimizga to‘g‘ri keladi.
Bugungi psixologiya fani taraqqiyoti an’analari bilan bog‘liq insonning iqtidorini, uning jamiyatdagi ijtimoiy faolligi va ijtimoiy tabiatidan ajratib bo‘lmaydi. Shu nuqtai nazardan, inson omillarini va uning jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarini to‘g‘ri va samarali boshqarish jarayoni jamiyatga va jamiyat a’zolariga psixologik xizmat ko‘rsatish muqarrarligini talab qiladi. Vaholanki, iqtisod, huquq, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o‘zaro mustahkam hamkorligi natijasida inson psixologiyasining amaliy muammolari hal etilishi lozim.
Hozirgi zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlar masalasi, ayniqsa, uning amaliy vazifalari sotsial psixologiya fanining markazida turuvchi psixologik va sotsiologik yondashuv yo‘nalishlari asosida hal qilinmoqda. Masalan, Amerika va boshqa barcha g‘arb davlatlarida ikki xil ijtimoiy psixologiya: "psixologik ijtimoiy psixologiya" va "sotsiologik ijtimoiy psixologiya" mavjud. Bu yo‘nalishlar bir-biriga o‘xshasa-da, ularning bir-biridan farqli jihatlari ham mavjud. Ya’ni, psixologik ijtimoiy psixologiya shaxs va faoliyat, muomala, shaxslararo munosabat, shaxsning ijtimoiy-psixologik tuzilishi, shaxsning kognitiv, konativ, xulq-atvor imkoniyatlarini o‘z ichiga olgan ijtimoiy ustanovkalar, shaxs va jamoaning ijtimoiy-ruhiy kechinmalari kabi muammolar ustida tadqiqot olib borishni maqsad qilib olgan bo‘lsa, sotsiologik ijtimoiy psixologiyada esa, ko‘pincha, jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini tahlil qilish xalqlar psixologiyasi, ommaviy hodisalar psixologiyasi, sinflar, guruhlar, gumanistik psixologiya kabilarga alohida urg‘u beriladi. Psixologik xizmat metodologiyasi esa ko‘proq birinchi yo‘nalish — "Ijtimoiy psixologiya" asoslari zamirida tarkib toptiriladi. Gap shundaki, har bir fanning rivojlanishi yangi dalillar asosida ilmiy yo‘nalishni ochib beruvchi metodik qurilmalarning tuzilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki aniq metodologiya bo‘lmagan sohada aniq amaliy natijalar ham bo‘lmaydi. Zero, ijtimoiy psixologiya fanining yana bir muhim yangi vazifasi psixologik xizmat metodologiyasi bilan bog‘liq nazariy, amaliy va empirik yo‘nalishdagi tadqiqotlar ko‘lamini belgilashning bugungi kungacha nechog‘lik hal qilinayotganligini tahlil qilishga to‘g‘ri keladi. Bu borada psixologiya olamida hanuzgacha aniq va mukammal tarzda ishlab chiqilgan va rasmiy tarzda tan olingan yagona ilmiy yo‘nalish yoki konsepsiyaning qabul qilinmaganligi ayon bo‘lsa-da, ilg‘or g‘arb psixologlari, Markaziy hamdo‘stlik Davlatlari psixologlari hamda O‘zbekiston psixologlari tomonidan olib borilgan va olib borilayotgan fan olami uchun o‘ziga xos salohiyatga, nufuzga ega bo‘lgan tadqiqotlar mavjudki, ular qaysidir jihati bilan psixologik xizmat modeli va uning psixologik himoya vositasi sifatidagi mohiyati, ahamiyati, va ijtimoiy istiqbollari haqidagi ilmiy-amaliy tasavvurlarimizni shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlardan bizga ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy psixologik xizmat metodologiyasining umumiy yo‘nalishlari G‘arb ijtimoiy psixologiya namoyondalari tadqiqotlarini quyidagicha izohlash mumkin: V.Vundtning 1900 yilda chop etilgan "Xalqlar psixologiyasi" nomli yirik (o‘n tomlik) epik asari ijtimoiy psixologiya yo‘nalishlarini yorqinlashtirishga xizmat qilib, inson ma’naviyati, madaniyati va mafkurasini o‘rganishning murakkab tomonlarini ochib berdi. Taniqli ingliz psixologi Vilyam Makdugallning 1908 yilda yozilgan "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" asaridagi "ijtimoiy xulq-atvor instinktlari" nazariyasi freydizmga qarshi o‘laroq inson instinktlari va faoliyat uyg‘unligini ta’minlash muammosini yoritishga ilk bor asos bo‘lib xizmat qildi. Binobarin, E.Fromm, J.Saliven, V.Shuts, G.Sheparde, V.Bayon kabi olimlar tomonidan guruhlar psixologiyasi nazariyasini yaratishga asos solindi. Bunda turli xil ijtimoiy psixologik treninglar orqali guruhdagi shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq psixologik iqlimni kamol toptirish yo‘llarining ilk bor ko‘rsatilishi mehnat jamoalaridagi ijtimoiy psixologik xizmat vazifalarini belgilash uchun ma’lum darajadagi empirik ma’lumot sifatida xizmat qilishi mumkin.
Barcha rivojlangan mamlakatlardagi kabi O‘zbekistonda ham psixologik xizmat muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy asoslarda bartaraf etilayotganligini o‘rganish, tahlil va talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Respublikada psixologik xizmatga oid olib borilayotgan nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlar ko‘lamiga ma’lum tartibda baho bermay turib, O‘zbekistonda psixologik xizmatni yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalasi haqida fikr- mulohaza yuritib bo‘lmaydi.
O‘zbekistonda psixologik xizmat tarkib topishining dastlabki ildizlari va intihosi asrimizning 30-yillaridagi pedalogiya fani va pedalogik xizmat faoliyatlariga borib taqaladi. Arxivdan olingan ma’lumotlarga qaraganda, mazkur yillarda ta’lim jarayonini tashkil etish va rivojlantirish o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq psixologik omillarga asoslangan va bu talaygina yaxshi natijalar ham bergan. Biroq, afsuski, o‘sha davrdagi Sobiq ittifoq mafkurasi va Xalq ta’limi o‘rtasida paydo bo‘lgan ayrim ob’ektiv va sub’ektiv ziddiyatlar oqimi umumta’lim maktablari uchun muhim ahamiyat kasb etgan pedalogik xizmat ildiziga bolta urdi va uni rasmiy tarzda yo‘qqa chiqardi (Batafsil ma’lumotlarni O‘zbekiston Arxivida saqlanuvchi hujjatlardan olish mumkin). Natijada, pedagogik psixologiya yo‘li bilan bajariladigan barcha ishlar maktabda faqat pedagogik yondashuvlar asosidagina amalga oshirildi. Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekistondagi umumta’lim tizimi bilan bog‘liq izlanishlar va psixologik tadqiqotlar to‘xtab qolgani yo‘q. Ayniqsa, P.I.Ivanov, V.E.Chudnovskiy, M.G.Davletshin, M.Vohidovlar tomonidan ishlab chiqilgan qator ilmiy va metodik tavsiyalar maktabda psixologik xizmat tatbiqini yaratish uchun ma’lum darajada asos bo‘lib keldi. Binobarin, 70-80-yillarda Toshkent Davlat Universiteti psixologiya kafedrasi olimlari tomonidan psixologik tadqiqotlarning hayotga tatbiqini amalga oshirish maqsadida talaygina mehnat jamoalarida psixologik xizmat tizimi joriy qilindi va Respublikamizda ilk bor qator mehnat va ishlab chiqarish jamoalarida inson va mehnat faoliyati, shaxs va shaxslararo munosabatlar, rahbar va jamoa psixologiyasi bilan bog‘liq ilmiy-amaliy ishlar olib borildi. Masalan: "Toshkentigrushka" fabrikasida 165/86 raqamli xo‘jalik shartnomasi asosida olib borilgan ijtimoiy psixologik iqlimni tahlil qilish, o‘rganish va yaxshilashga qaratilgan ishlar ko‘lami, "O‘zbekgazprom" tizimi tashkilotlarida inson omillarini o‘rganish va undan ishlab chiqarishda unumli foydalana olish yo‘llarni ijtimoiy psixologik jihatdan asoslab berish borasida olib borilgan ilmiy-amaliy ishlar ko‘lami (mazkur ishlar: 154.4 mavjud sifri va 01840083351 raqamli Davlat qaydnomasi asosida rasmiylashtirilgan), Muborak gazni kayta ishlash zavodi mehnat jamoalaridagi ijtimoiy psixologik xizmatning tashkil etilishi (UDK 152.2 Davlat ro‘yxati raqami 000702604) o‘rta Osiyo ilmiy tekshirish irrigatsiya instituti (SANIRI-165/83 raqamli shartnoma va UDK-154.4 Davlat raqami 01840085628 asosida rasmiy-lashtirilgan) da bajarilgan kompleks ijtimoiy psixologik ishlar ko‘lami shular jumlasidandir. Kafedra olimlari Z.R.Dushaboev, E.G‘.G‘oziev va V.A.Tokarevalar rahbarligida olib borilgan mazkur ishlar ko‘lami nihoyatda keng qamrovli ilmiy-amaliy va ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar tatbiqi uchun muhim ahamiyatli ekanligi bilan alohida ajralib turadi (Mazkur ishlar haqidagi batafsil hisobot beruvchi ma’lumotlarni Toshkent Davlat Universiteti psixologiya kafedrasida saqlanuvchi hujjatlar arxividan olish mumkin).
Shuningdek, 60-70 yillarda O‘zbekiston Pedagogik Fanlar Ilmiy tekshirish instituti xodimlari P.P.Zimin, V.A.Tokar-yeva, M.Sh.Rasuleva, M.Dadajonovlar tomonidan maktabda psixologik xizmat tatbiqini o‘rganishga oid qator izlanishlar, amaliy tadbirlar olib borildi. Ayniqsa, 1966 yilda Chirchiq shahrida axloqiy tarbiyaga oid, 1973 yilda Andijonda oilaviy tarbiyaga oid, Samarqandda taniqli psixolog N.A.Menchinskaya ishtirokida aqliy taraqqiyot muammolariga oid olib borilgan izlanishlarni alohida qayd etish mumkin.
Binobarin, mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy islohot-larning samarali bo‘lishini ta’minlash, ishlab chiqarishda va ijtimoiy hayotning barcha bo‘g‘inlarida inson omilidan foydalanish, har bir shaxs imkoniyatlarini to‘la-to‘kis yuzaga chiqarish masalasi O‘zbekiston psixologlari oldiga psixologik xizmat bilan bog‘liq quyidagi vazifalarni amalga oshirish mas’uliyatini yukladi:
–aholi o‘rtasida psixologik savodxonlikni oshirishga qaratilgan qator tadbirlarni belgilash va uni amalga oshirish;
–har bir shaxs imkoniyatini jamoadagi ijtimoiy-psixologik iqlimni O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va etnopsixologik tamoyillariga moslashtirilgan eng ilg‘or testlar, metodikalar asosida o‘rganish, tahlil qilish va bu borada tegishli xulosalar chiqarish;
–xodimlarni tanlash va psixologik imkoniyatlari asosida turli sohalarga yo‘naltirishda ma’muriy tashkilotlarga ko‘maklashish, shuningdek barcha bo‘g‘indagi rahbar xodimlarning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot talabiga mos psixologik savodxonligini oshirish maqsadida qisqa muddatli "ijtimoiy psixologiya" kurslarini tashkil etish;
–fuqarolarning kasbiy yo‘nalishlarini aniqlash va mehnat birjalari faoliyatini rejalashtirishda faol yordam ko‘rsatish;
–qator yo‘nalishlarda aholiga sotsial-psixologik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash: Jumladan;
-individual psixologik xizmat;
-ishlab chiqarish va mehnat jamoalariga psixologik xizmat;
-oilaviy hayot tizimida psixologik xizmat;
-xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat;
-ichki ishlar tizimida psixologik xizmat;
-sport va sog‘lomlashtirish tizimlarida psixologik xizmat;
-tibbiyot tizimida psixologik xizmat;
-transport tizimida psixologik xizmat.
Shuningdek, mazkur sohalarda psixologik xizmatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun "sotsiolog-psixologlar", "amaliyotchi - psixologlar" tayyorlash mexanizmini ishlab chiqish bugungi kunda eng dolzarb muammo ekanligi yanada sezilmoqda. Yukoridagi vazifalarni amalga oshirish borasida olimlar tomonidan talaygina nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universitetining yetakchi mutaxassislari rahbarligidagi olimlar guruhi, O‘zbekiston Milliy universitetining E.G‘oziev rahbarligidagi olimlar guruhi, A.Avloniy nomidagi Respublika pedagogik xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markaziy institutining yetakchi olimlar guruhi, Respublika iqtidorli bolalarni tanlashga xizmat qiluvchi olimlar guruhi, viloyatlardagi psixologiya kafedrasida faoliyat yuritayotgan olimlar guruhi tomonidan olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari u yoki bu sohada psixologiyaning amaliy tatbiqini yaqqol va ravshan namoyon etmoqdakim, bu xayrli ishlar O‘zbekistonda tashkil etilgan umumiy psixologik xizmat tizimining dastlabki ilmiy-tashkiliy asosini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 62,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə