Mundarija kirish hisоb-tехnоlоgik qismi


Yo’lovchilаr oqimi hаqidа tushunchа



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/10
tarix24.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#159375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
AGZAM

1.4. Yo’lovchilаr oqimi hаqidа tushunchа

1.4.1. Yo’lovchilаr oqimi hаqidа tushunchа.


Yo’lovchilar oqimi deyilganda bir yo’nalishda qatnayotgan yo’lovchilar miqdori tushiniladi. Yo’lovchilar oqimi epyura shaklida berilib, ma’lum yo’nalish bo’lagi, yo’nalish va yo’nalish, tumandagi yo’lovchilar tashish keskinligini bildiradi.
1.4.2. Yo’lovchilаr oqimini kuzаtishning mаqsаdi, muddаti vа kuzаtish.
Shahardagi yo‘lovchilar aylanmasi yil mavsumi, hafta kunlari, sutka soatlari va yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlidir. Mavsumiy o‘zgaruvchanlik ayniqsa kurort shaharlar va yirik madaniy markazlar uchun xarakterli va ularda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda yo‘lovchilarning eng ko‘p miqdori yoz oylariga to‘g’ri keladi.
1.4.3. Yo’lovchilаr oqimini o’rganish usullаri.
Yo‘lovchilar oqimi haqidagi statistik ma’lumotlarni anketa, talon, ko‘z bilan kuzatish, jadval, so‘rovnoma, chipta va avtomatlashtirilgan usullar yordamida aniqlash mumkin. 16 Anketa usuli. Bu usulda yo‘lovchilar oqimini o‘rganish uchun maxsus anketalar tayyorlanadi va aholiga tarqatiladi. Anketada har bir aholi ma’lum davr oralig’ida necha marta va qay maqsadda transport xizmatidan foydalanishi, qaysi yo‘nalishda va qancha masofaga borishi kabi savollar yozilgan bo‘ladi. Тalon usuli. Тalon usuli yo‘lovchilar oqimini o‘rganishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul bo‘lishi bilan bir paytda boshlang’ich ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish eng ko‘p mehnat talab qiladi. Ko`z bilan kuzatish (chamalash) usuli. Bu usul ancha sodda, shu bilan birga taxminiy bo`lib, yo`lovchilar oqimini yo`nalishning eng ko`p yuklangan bekatlarida o`rganish uchun qo`llaniladi. Buning uchun hisobchilar bekatlarda turib avtobus ichida qancha yo`lovchi borligini olti balli tizim asosida baholaydilar. Jadval usuli. Jadval usuli odatda haftaning biror ish kunida (ko‘pincha chorshanba va payshanba) bir vaqtda, shahar yo‘lovchi transportining barcha turlarida (istisno tariqasida tanlab olingan yo‘nalishalarda) yo‘lovchilar oqimini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. So‘rovnoma usuli. Bu usul ikkiga bo‘linadi. Birinchisida aholiga savollar yozilgan varaqa aloqa bo‘limlari orqali yuboriladi. So‘rov usuli yordamida bekatlarning o‘zaro bog’liqligi, transport tugunlarining joylashuv ehtimolligi, yangi mavzelarga ko‘chib ketgan aholiga transport xizmati ko‘rsatishning sifatini oshirish yo‘nalishlarni tashkil etish, transport turlari va sig’imini to‘g’ri tanlash kabi masalalarni yechishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Chipta usuli. Yo‘lovchilar oqimini, tashilgan yo‘lovchilar hajmini, ularni o‘rtacha tashish masofalarini oylik chiptalar o‘tmaydigan yo‘nalishlarda (shahar atrofi, shaharlararo va h.k.) o‘rganishda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Avtomatlashtirilgan usul. Avtomatlashtirilgan usulda yo‘lovchilar oqimini aniqlash yuqori aniqlikdagi natija beradi. Avtomatlashtirilgan usulning turli shakllari mavjud. Masalan, yo‘lovchilar oqimini hisobga oluvchi datchiklar. Ular yo‘lovchi transporti (avtobus, tramvay, trolleybus, yo‘nalishli taksilar) eshigi zinasining quyi pol qismiga o‘rnatiladi. Datchiklar yo‘lovchilar chiqib-tushish vaqtida ularni hisobga oladi, transport vositasi uchun hech qanday qo‘shimcha noqulayliklar tug’dirmaydi. Shuningdek, transport vositasiga chiqib-tushayotgan yo‘lovchilar miqdorini aniqlashdagi aniqligi juda yuqori bo‘ladi.
Yo’lovchilаr oqimini kuzаtish nаtijаlаrini qаytа ishlаsh sutkа soаtlаri bo’yichа yo’lovchilаr oqimining tаqsimlаnish jаdvаli hisoblаnаdi (1-jаdvаl).

3-jаdvаl
Yo’lovchilаr oqimining sutkа soаtlаri boyichа tаqsimlаnishi


Sutkа soаtlаri

Yo’lovchilаr soni

Sutkа soаtlаri
to’g’rigа

Yo’lovchilаr soni

Yo’nаlish

Yo’nаlish

to’g’rigа

Orqаgа

to’g’rigа

Orqаgа

5 – 6

16

10

15 - 16

62

65

6 – 7

44

35

16-17

69

80

7 – 8

76

72

17 - 18

88

100

8 – 9

114

90

18 - 19

69

85

9 – 10

83

70

19 - 20

57

60

10 - 11

70

65

20 - 21

33

37

11 - 12

59

46

21 - 22

21

25

12 - 13

52

40

22 - 23

11

15

13- 14

54

50

Jаmi

1036

996

14- 15

58

55

(1.4.1. – 1.4.3. punktlаr boyichа nаzаriy tushunchаlаr keltirilаdi).



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə