Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti ma’lumotlar bazasi fanidan Mustaqil ish



Yüklə 73,42 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü73,42 Kb.
#184220
1   2   3
Mustaqil ish 111

To‘lov tizimi to‘lovlarni to‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari va (yoki) to‘lov tashkilotlarining to‘lov tizimi operatori tomonidan belgilangan to‘lov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmuidir.
E lektron to‘lov vositasi o‘ziga taqdim etilgan to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi elektron to‘lov vositasidan uni berish va undan foydalanish shartlariga muvofiq foydalanishi, shuningdek to‘lov xizmatlarini etkazib beruvchini yoki u tomonidan ko‘rsatilgan shaxsni to‘lov vositasi yo‘qolganligi, o‘g‘irlanganligi, o‘zlashtirilganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi to‘g‘risida darhol xabardor etishi shart.

To‘lov — pul majburiyatini naqd pul mablag‘lari bilan bajarish yoxud pul mablag‘larini to‘lov vositalaridan foydalangan holda o‘tkazish.
To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining to‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
To‘lov tizimi to‘lovlarni to‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari va (yoki) to‘lov tashkilotlarining to‘lov tizimi operatori tomonidan belgilangan to‘lov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmuidir.
To‘lov tizimi operatori bilan hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi va to‘lov tizimida ishtirok etish to‘g‘risida shartnoma tuzgan banklar to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi.
Xizmatlar va imkoniyatlar: Abonentning foydalanishi mumkin bo'lgan xizmatlar (masalan, internet paketlari, musiqalar, ovozli xizmatlar va boshqalar) va ulardan foydalanish haqida ma'lumotlar saqlanadi
– Loyiha va eksport qilish tizimini davlatdan tadbirkorlarning o‘zi boshqaradigan tashkilotga olib berayapmiz. Bu tadbirkorlarni eshitish, talab va istaklarini amalga oshirish uchun kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbari ishlab chiqarish va eksportni ko‘paytirish bo‘yicha yangi imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.
Bugungi kunda to‘qimachilik sanoatida qo‘llaniladigan ayrim mato va sintetik ip-kalava chetdan olib kelinmoqda. Shu bois mahalliylashtirish va eksportni oshirishga qaratilgan ko‘plab loyihalar boshlangan.
Masalan, Yuqori Chirchiq tumanida gazlama ishlab chiqarish va bo‘yoqxonalar tashkil qilish bo‘yicha 350 million dollarlik, Nukus shahrida sun’iy tola, gazlama-mato va bo‘yoqxona yo‘nalishida 60 million dollarlik loyihalar rejalashtirilgan. Andijon va Samarqand shaharlarida sun’iy toladan parda va mebel matolari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Paxtaobod tumanida to‘qimachilik sanoat zonasi tashkil qilinadi. Qoraqalpog‘iston va 6 ta viloyatda sun’iy toladan ip-kalava tayyorlaydigan 15 ta loyiha ishga tushiriladi.
Umuman, kelgusi yilda to‘qimachilikda yana 700 million dollar qo‘shilgan qiymat yaratish mumkinligi qayd etildi. Shu bois, bu tarmoq korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tartib joriy qilinadi. Buning uchun yuqori qiymat yaratadigan yangi loyihalarga 200 million dollar resurs sifatida ajratiladi. Matoni bo‘yash korxonalariga suv tozalash inshootlari xarajatlari davlat hisobidan qoplab beriladi. Sanitariya bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy qilgan to‘qimachilik korxonalariga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
ma’lumotlar bazalarini yaratish va boshqarish uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minot.
MBBT quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
• ma’lumotlar bazasini yaratish;
• ma’lumotlar bazasida jadvallar yaratish;
• ma’lumotlar bazasiga yangi ma’lumotlarni qo‘shish;
• ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni o‘chirish;
• ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni olish;
• ma’lumotlarni so‘rovlar orqali qayta ishlash;
• ma’lumotlarni ilovalarga taqdim etish;
• ma’lumotlar bazasiga foydalanuvchilarni kiritish, boshqarish va nazorat qilish;
• ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va boshqalar.
Demak, MBBT dasturlari ma’lum bir mavzu bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratadi. Bazada mantiqiy bog‘langan bir qancha tartibli jadvallarni hosil qiladi. Jadvallarga kerakli ma’lumotlarni kiritadi va foydalanuvchilarga ma’lumotlar bazasiga kirish huquqini berish jarayonlarini boshqaradi.
Qo'llanuvchilar tarjimoni: Telefon kompaniyasi xizmatlaridan foydalanan mijozlar tarjimonliklarini saqlab turadi, shu bilan birga, mijozlar orasidagi aloqalar va ulardan foydalanish haqida ma'lumotlar saqlanadi.
Mobil telefon, uyali telefon yoki qoʻl telefoni uyali aloqa tizimi boʻylab ovoz va boshqa axborot uzatuvchi hamda qabul qiluvchi elektron qurilmadir. Zamonaviy mobil telefonlar bundan tashqari internet mijozlari, oʻyinlar, infraqizil va bluetooth portlar, video/fotokamera, MP3 player, radio va hokazo taʼminot bilan qurollangan.
Uyali telefon, qoʻl telefon — simsiz telefon turi. Har bir abonent (uyali telefon apparati) muayyan bir uyali telefon kompaniyasining telefon tarmogʻidagi baza st-yaga bogʻlanadi. har qaysi baza st-yada "uyalar" boʻladi (nomi shundan). Har bir uyaga bir necha kanal biriktirib qoʻyiladi; tarmoqning katta va kichikligiga qarab uyalar soni har xil boʻladi. Mobil telefon apparati qaysi kompaniya tarmogʻining baza st-yasiga ulanganligiga qarab uning aloqa bogʻlash doirasi chegarasi har xil boʻladi. Baʼzi abonentlar faqat bir shahar doirasida aloqa bogʻlay olsa, baʼzilari boshqa shaharlar va hatto boshqa mamlakatlar bilan ham aloqa bogʻlay oladi. Butun yer kurrasini qamrab oladigan xizmat koʻrsatish zonasini faqat baza st-yalar vazifasini sunʼiy yoʻldoshlar bajaradigan Mobil telefon tarmogʻida yaratish mumkin. Mobil telefon tarmoqlarining barcha baza styalari bir-birlari bilan oʻzaro bogʻlangan boʻlishi, shu bilan birga umum foydalanadigan simli telefon tarmogʻiga ulana olishi lozim. Shundagina qoʻl (mobil) telefon apparati egasi muqim (simli) telefon apparati egasi bilan bogʻlanishi mumkin. Bunga radiorele liniyalar yordamida, yo boʻlmasa, mis kabel yoki tolali optik telefon aloqa liniyalari yordamida erishiladi. Mobil telefon yordamida abonent boshqa abonent bilan gaplashishdan tashqari, matnli va faksimil xabarlarni, internet grafiklari va boshqalarni uzata oladi. Buning uchun Mobil telefon apparati ixcham koʻchma kompyuterga ulanadi. Telefonning tipiga qarab, maxsus modem yoki oddiy kabel (ichki dasturli modelini ulash uchun) talab qilinadi. Eng oddiy modeldagi Mobil telefon apparati ham haqiqiy mikrokompyuterdan iborat. Murakkab apparatlarda esa kompyuterlar bilan bajariladigan barcha operatsiyalarni bajarish (har xil oʻyinlar oʻynash, suratga olish va uni saqlash, "telefon qilgan" boshqa abonentning raqamini qayd qilish vaqtinchalik oʻchirib qoʻyish va boshqalar) mumkin.
Dastlab, XX asrning 80-yillarida qoʻl telefon aloqa, asosan, analog texnologiyalariga asoslangan, keyinroq Mobil telefonda aloqa tizimi sof raqamli tizimga oʻtgan. Yevropa mamlakatlarining deyarli har birida oʻz milliy tarmogʻi ishlab chiqilgan (mas, Fransiyada Radiocom 2000). Mobil telefonga doir xalqaro hamkorlik dastlab koʻchma radioaloqa tizimi masalalari boʻyicha nemisfransuz tadqiqotlari natijasi sifatida pochta va kommunikatsiyalar maʼmuriy xodimlarining Yevropa konfederatsiyasi CERT (Conference des admi nistrations Europcennes des Postes et Telecommunications) rahbarligida tashkil etildi. 1982-yil bu institut 26 Yevropa mamlakatini, aniqrogʻi pochta, telefon va telegraf aloqa PTT (Post, Telephone and Telegraph) maʼmuriy muassasalarini birlashtirdi. Shu tariqa Yevropa konferensiyam "Mobil aloqani ishlab chiqish boʻyicha maxsus guruh" (GSM) ni tuzdi. Keyinchalik u "Mobil aloqa global tizimi" deb atala boshladi. Yevropa hududida bu tizim 1993-yil arafasida toʻliq faoliyat koʻrsata boshladi. GSM tizimi boshidanoq xalqaro koʻlamdagi tizim sifatida ishlab chiqilgan. Barcha qit'alardagi koʻp mamlakatlar unga qoʻshilgan. Mobil telefon tizimi inson hayotining barcha sohalariga kirib keldi. GSM tarmoqlari abonentlarining soni dunyoda 200 mln. kishidan oshib ketdi 

Bugungi kunda tеlеfon aloqasi xizmati tushunchasi va uning xizmat ko‘rsatish munosabatlaridagi o‘rni va mohiyati, huquqiy tartiboti ilmiy tadqiqotlar e’tiboridan chеtda qolib kеlayotganligi ham xizmat ko‘rsatishning ushbu turini chuqur tadqiq etishni talab etadi. Yuridik adabiyotlarda «tеlеfon aloqasi xizmatini ko‘rsatish» tushunchasiga alohida to‘xtalish va unga ta’rif bеrish holatlari dеyarli uchramaydi. Biroq tеlеfon aloqasi xizmatini FK (Fuqarolik kodeksi)ning 703-moddasi 2-qismidan kеlib chiqib, haq evaziga xizmat ko‘rsatish turlariga kirishini va bu tushunchani ushbu holatdan kеlib chiqib, ochib bеrish mumkinligini e’tirof etish mumkin. Shu bilan birga, tеlеfon aloqasi xizmati ko‘rsatish tushunchasini ochib bеrishda dastlab «aloqa» tushunchasini va «xizmat ko‘rsatish» tushunchasini tahlil qilish, ushbu tushunchalar uyg‘unligida «tеlеfon aloqasi xizmati ko‘rsatish» tushunchasini ochib bеrish lozim.



Ko'rsatilgan xizmatlar tarixi: Abonentning telefon kompaniyasidan foydalangan xizmatlar tarixi, shu jumladan telefon qo'ng'iroqlari, SMSlar, internet trafigi va boshqalar kabi tizimli xizmatlar haqida ma'lumotlar saqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq buyuraman:

  1. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiya operatorlari, provayderlari, dilerlari va eshittiruvchilar bilan foydalanuvchilar o‘rtasida shartnoma (kelishuv) asosida taqdim etiladigan telefon aloqasi, taksofonlardan telefon aloqasi, qo‘riqlash signalizatsiyasi apparaturasini o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, axborot-ma’lumot, telegraf, ma’lumotlar uzatish tarmog‘i, Internet, jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan simsiz foydalana olish, mobil aloqa, milliy va xalqaro rouming, tijorat asosidagi kabelli, efir, interaktiv, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye xizmatlarini tashkil qilish, shuningdek, ulardan foydalanish, xizmatlarni ko‘rsatish tartibi, shartlari hamda subyektlarning javobgarligi, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Mazkur Qoidalarning amal qilishi quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlari tomonidan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyaning ajratilgan aloqa tarmoqlarida, shuningdek, ichki ishlab chiqarish va texnologik vazifadagi aloqa tarmoqlarida telegraf xizmatlarini ko‘rsatishga, Global harakatdagi shaxsiy yo‘ldosh aloqa tarmoqlarida rouming xizmatlarini ko‘rsatishga;
dasturlarni cheklanmagan tomoshabinlarga bepul asosda erkin tomosha qilish uchun tarqatuvchi efir televideniye tarmoqlariga;
bir tashkilot, (muassasa yoki korxona), shu jumladan, ta’lim muassasasining binolari yoki hududlari bilan cheklangan kabel, efir televideniyesi tarmoqlariga;
abonentlarning umumiy soni o‘ntadan oshmaydigan kabel, efir televideniyesi tarmoqlariga;
alohida telekommunikatsiya tarmoqlariga taalluqli bo‘lgan hamda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvi, mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibotni qo‘riqlash ehtiyojlari uchun foydalaniladigan televideniye va videokuzatuv tarmoqlariga;
jismoniy shaxslarning shaxsiy mulki bo‘lgan va individual qabul qilishni va efir teleradioeshittirish dasturlari (shaxsiy ehtiyojlari uchun) tarqatilishini ta’minlaydigan kabel, efir televideniyesi tarmoqlariga.
3. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
abonent — telekommunikatsiyalar operatori yoki provayderi bilan tuzilgan shartnomaga asosan telekommunikatsiyalar xizmatlaridan bevosita foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
abonent qurilmasi — abonent mulki bo‘lgan yoki unga vaqtincha egalik qilish va foydalanishga berilgan telekommunikatsiyalar tarmoqlari bilan o‘zaro bog‘lanadigan, telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan signallarni hosil qilish, o‘zgartirish, qayta ishlash uchun mo‘ljallangan texnik vosita;
abonent liniyasi — telekommunikatsiya liniyasining operator yoki provayder telekommunikatsiya tarmog‘ining kirish nuqtasidan abonent rozetkasigacha yoki u mavjud bo‘lmaganda abonent qurilmasigacha bo‘lgan qismi;
abonent raqami — telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi uchun shartnomaning amal qilish davrida abonentga operator (provayder) tomonidan ajratiladigan raqam;
abonent raqamining ko‘chib o‘tishi — mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi asosida donor tomonidan abonentga ajratilgan abonent raqamini boshqa mobil aloqa operatori (retsipiyent) bilan yangi shartnoma tuzishda saqlash va undan foydalanish uchun amalga oshiriladigan tashkiliy-texnik tadbirlar majmui;
abonent tarmog‘i — turar joy yoki jamoat binosi maydoni chegarasida xizmat ko‘rsatiladigan abonentning texnik vositalari, qurilmalari va kabel liniyalari majmui;
avtoinformator — chaqirayotgan abonentga oldindan yozib olingan nutqli xabar orqali axborot taqdim etuvchi mantiqiy qurilma;
avtomatik rouming — mobil aloqa tarmog‘ining abonentiga dastlabki arizasiz operatorlar o‘rtasida rouming to‘g‘risida shartnoma tuzilganligi sharti bilan boshqa mobil aloqa operatorining qamrov hududida kiruvchi va chiquvchi aloqaga ega bo‘lish imkonini beradigan rouming xizmati;
avtomatik telefon stansiyasi (bundan buyon matnda ATS deb yuritiladi) — telefon bog‘lanishlarning va uzilishlarning avtomatik ravishda o‘rnatilishini ta’minlovchi telefon stansiya;
avtomatik xizmat ko‘rsatish tizimi — telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi tomonidan chaqirilayotgan abonent raqamini mustaqil terish yo‘li bilan operator-telefonist yordamisiz o‘rnatiladigan telefon bog‘lanish usuli;
ATS ta’sir zonasi — telefon stansiyasi yoki podstansiyadan kabel (havo) liniyalari yoki radio foydalana olish vositalari orqali telefonlashtirilishi mumkin bo‘lgan hudud;
autentifikatsiya — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan identifikatsiyalash ma’lumotlarining haqiqiyligini aniqlash;
axborot-ma’lumot xizmati — foydalanuvchilarga, ularning tashabbusiga ko‘ra, og‘zaki (tovushli), chat yoki vizual so‘rov shaklida ifodalangan axborotni (bir telefon bog‘lanish chegarasida) taqdim etuvchi xizmat;
birlamchi operator — birlamchi ravishda raqamlash resursi ajratilgan, bu resursdan abonentga abonent raqami birinchi marta ko‘chirilgan mobil aloqa operatori yoki provayder;
buyurtma xizmat ko‘rsatish tizimi — oldindan buyurtma bergan holda operator-telefonist yordamida aloqa o‘rnatilishi;
dilerning xizmat ko‘rsatish punkti — diler tomonidan tashkil qilinadigan va foydalaniladigan xizmat ko‘rsatish punkti;
domen nomi — axborot resursiga yoki axborot tizimiga berilgan, ularni Internet tarmog‘ida identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan noyob nom;
domen nomlari tizimi — Internet tarmog‘ida domen nomlarini berish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ulardan foydalanish tartibi;
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (bundan buyon matnda JShShIR deb yuritiladi) — JShShIRni aniqlash tartibiga muvofiq jismoniy shaxsning pasporti bo‘yicha aniqlash mumkin bo‘lgan va 14 raqamdan iborat shaxsiy identifikatsiya raqami;
darhol xizmat ko‘rsatish tizimi — abonentdan buyurtmani qabul qilgandan keyin operator-telefonist yordamida zudlik bilan telefon bog‘lanishning o‘rnatilishi;
identifikatsiyalash — mavjud ma’lumotlar asosida ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchining shaxsini aniqlash;
yirik avariya — ma’lum bir administrativ hududda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishning to‘xtalishiga olib keladigan avariya holati;
Internet tarmog‘i — yagona adres va nomlar makonidan foydalaniladigan, shlyuzlar yordamida birlashtirilgan, yagona TSR/IP protokoliga muvofiq ishlaydigan ko‘plab tarmoqlardan iborat global xalqaro tarmoq;
Internet xizmatlaridan foydalanuvchi — Internet xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Internetdan jamoat bo‘lib foydalanish punkti — kerakli texnik vositalar bilan jihozlangan, foydalanuvchilarning Internet tarmog‘idan jamoa bo‘lib foydalanish xizmatlari ko‘rsatiladigan joy;
Internet-provayder — tijorat asosida Internet tarmog‘idan foydalana olish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
kabelli, efir, interaktiv, IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye televideniyesi (bundan buyon matna eshittiruvchi deb yuritiladi) — erkin tomosha qilish mumkin bo‘lmagan kabelli televideniye kanallaridan foydalangan holda teledasturlar va boshqa telekommunikatsiya xabarlarini muayyan hududda ishlab chiqarish, shakllantirish va tarqatishni ta’minlaydigan taqsimlash va tashkiliy-boshqaruv jarayoni bilan shug‘ullanadigan subyekt;
konferens-aloqa — uchta va undan ortiq abonentga bir vaqtda telefon orqali muloqot qilish imkonini beruvchi xizmat;
ko‘chib o‘tgan raqamlar markazlashtirilgan bazasi — mobil aloqa tarmoqlarida ko‘chib o‘tgan abonent raqamlari ma’lumotlar bazasini boshqarish uchun apparat-dasturiy komplek;
ko‘chirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasi (bundan buyon matnda KRMB deb yuritiladi) — mobil aloqa tarmoqlarida ko‘chirilgan abonent raqamlari to‘g‘risidagi axborotni, shu jumladan, ushbu nizomda belgilanadigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi apparat-dasturiy kompleks;
KRMB operatori — KRMB shakllantirilishi, ishlashi, texnik kuzatilishi va rivojlanishini ta’minlaydigan, uning resurslaridan foydalanishni taqdim etadigan tashkilot;
ko‘chirilgan raqamlarning lokal bazasi — chaqiruv yoki boshqa xabarlarni ko‘chirilgan raqamga to‘g‘ri marshrutlash uchun mobil aloqa operatori tomonidan undan real vaqtda foydalaniladigan, bu operatorda bo‘lgan ko‘chirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasining nusxasi;
ko‘chirilgan raqamlarning lokal bazasini KRMB bilan sinxronlash — muayyan davriylik bilan amalga oshiriladigan, ko‘chirilgan raqamlar markazlashtirilgan bazasidagi axborotning ko‘chirilgan raqamlar lokal bazasiga nusxasini ko‘chirish jarayoni;
qisqa matnli xabar (SMS) (bundan buyon matnda SMS deb yuritiladi) — qiska xabarlar markazi orqali mobil aloqa abonentlariga qiska matnli xabarlarni uzatish va qabul qilish uchun mo‘ljallangan xizmat;
litsenziya — yuridik shaxsga litsenziyalovchi organ tomonidan berilgan, litsenziya talablari va shartlariga so‘zsiz rioya etgan holda faoliyatning litsenziyalanayotgan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma (huquq);
litsenziyaning amal qilish zonasi — litsenziya shartnomasida ko‘rsatilgan va operator (provayder) telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan hudud;
Yüklə 73,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə