Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnalogiyalari universiteti qarshi filiali tt 13-23 guruh talabasi mamatov Bekzod



Yüklə 152,75 Kb.
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü152,75 Kb.
#152241
1   2   3   4   5   6   7
etika

Nafosat falsafasi(Estetika)

  • Nafosat falsafasi va dinshunoslik. Nafosat falsafasining dinshunoslik bilan aloqasi alohida diqqatga sazovor. Chunki din va san’at doimo bir-birini to’ldirib keladi va ko’p hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti bo’lib maydonga chiqadi. Buning ustiga, har bir umumjahoniy dinning «o’z tasarrufidagi» san’at turlari bor: buddhachilik uchun - haykaltaroshlik, nasroniylik uchun -tasviriy san’at, musulmonchilik uchun - badiiy adabiyot. Shuningdek, barcha umumjahoniy dinlar o’z ibodatxonalari bo’lishini taqozo etadi. Ibodatxonalarning esa me’morlik san’ati bilan bog`liqligi hammamizga ma’lum. Nafosat falsafasi va pedagogika. Estetikaning pedagogika bilan aloqasi tarbiya muammolarini hal qilish borasida yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki pedagogika ham ma’lum ma’noda nafosat tarbiyasi bilan shug`ullanadi. Lekin bu tarbiya alohida-alohida, muxtor qismlarga bo’lingan holda, turli yosh va sohalar uchun maxsus belgilangan tarbiya tarzida, ya’ni muayyan, aniq chegaralarda olib boriladi. Masalan, maktabgacha tarbiya, o’quvchilar tarbiyasi, sportchilar tarbiyasi v. h. Pedagogika ana shu sohalar va yosh bo’yicha olib borilayotgan estetik tarbiya muammolarini o’rganadi. Nafosat falsafasi esa nafosat tarbiyasining umumiy qonun-qoidalarini ishlab chiqadi, ya’ni, inson tug`ilganidan boshlab to o’lgunigacha bosib o’tadigan bosqichlar uchun umumiy bo’lgan tarbiya falsafasi sifatida ish ko’radi. Demak, rus nafosatshunosi M. Kagan aytganidek, pedagogika tarbiya borasida taktik tabiatga ega bo’lsa, nafosat falsafasi uning strategiyasidir. Nafosat falsafasi va semiotika. Nafosat falsafasi semiotika–belgilar va belgilar tizimi haqidagi fan bilan ham aloqador. Chunki san’at asari belgilar orqali namoyon bo’ladi. Masalan, harflar, notalar v.h. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va baholash faoliyati natijalarini, ya’ni semantik va pragmatik axborotni o’zida mujassam qilgan san’at asari o’sha axborotni yetkazib berishga ham mo’ljallangan. Ana shu san’atning belgi bilan bog`liq tomonini, kommunikativ-vositachilik jihatini semiotika o’rganadi.

Yüklə 152,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə