Muammoli vaziyat yaratish usullari



Yüklə 10,3 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü10,3 Kb.
#160623
muammoli ta’lim


1.3. Muammoli ta’limning nazariy asoslari

Muammoli ta’lim texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi – insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o’stirishda jiddiy ahamiyatga ega.

Muammoli ta’limning bosh maqsadi – o’quvchilarning o`rganilayotgan mavzuga doir muammolarni to’liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o’rgatishdan iborat. Muammoli ta’limni amaliyotda qo’llashda asosiy masalalardan biri o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat.

Turli o’quv fanlari bo’yicha o’qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan ko’zda tutishlari kerak.

Muammoli vaziyat yaratish usullari:

— o’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo’lini topishni taklif qiladi;

— bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;

— hal etish uchun yetarli bo’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo’lgan yoki savolning qo’yilishi noto’g’ri bo’lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar.

Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:

-o’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi yechadi;

-o’qituvchi muammoni qo’yadi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda topadi;

-o’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar.

Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar:

— muammoni turli nuqtai-nazardan o’rganish, tahlil qilish;

— solishtirish, umumlashtirish;

— faktlarni aniqlash va qiyoslash;

— vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish;

— o’quvchilarning o’zlari aniq savollar qo’yishi va boshqalar.

Muammoli ta’lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. Jumladan, qadimgi Grestiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan. Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj. Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60-yillarida bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi.

Muammoli ta’limning asosiy g’oyasi bilimlarni o’quvchilarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo’yicha o’quv-tadqiqotlarini bajarish asosida o’zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.

O’zbekistonda muammoli ta’limni qo’llash bo’yicha bir necha asrlar davomida maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida o’quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go’zal nutq tarkib toptirilgan.

Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida qo’llaniladi. Bunda o’quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to’g’ri so’zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o’rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o’qituvchining o’quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi noto’g’ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yo’liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi.Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin;

Savol-javoblar orqali o’quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini umumiy tarzda aniqlash.
O’rganilayotgan mavzuning mazmunini o’quvchi motivlariga muvofiqlashtirish. Bu, asosan, o’quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos bo’lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi.
O’quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag’batlantirish usullaridan foydalaniladi.
O’qituvchi o’zini bilmaydigan odamdek, o’quvchidek tutib, savollar berib boradi.
O’quvchining to’g’ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va chuqurroq fikrlashga, so’zlashga jalb qilish.
O’quvchining xato fikrlarini aniqlab borish.

O’quvchining xato fikrlariga nisbatan to’g’ri fikrni o’qituvchi tomonidan yaqqol mantiqiy asoslangan shaklda bayon qilish yoki tushuntirish orqali o’quvchi uchun muammoli vaziyat yaratiladi va o’quvchini o’z xatolarini o’zi tuzatishiga yo’naltiriladi.


Bundan ko’rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasiz bo’lib, ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular o’qituvchining keng bilimga va ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo’lishi kabilardan iborat.

Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish

Muammoli ta’lim mashg’ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

-o’quv fani va darslar mavzusini o’rgatishda ular bilan bog’liq muammoli masalalarni belgilash;

-ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish;

-o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish;

-zarur o’quv vositalarini tayyorlash;

-muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko’rsatish;

-topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish;

-o’quvchilarning muammoni hal etishda yo’l qo’yayotgan xatolarini, ularning sababini va xususiyatini ko’rsatish;

-o’quvchilarning noto’g’ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, to’g’ri yo’lni topishlariga ko’maklashish va boshqalar.

Muammoli ta’lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin:

Muammoli vaziyat hosil qilish.
Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish.
3.Yechimning to’g’riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog’liq axborotni tizimlashtirish orqali).

Muammoli vaziyat hosil qilishda quyidagilar hisobga olinishi lozim:

Muammolar nazariy yoki amaliy yo’nalishda bo’ladi.

Darsda hosil qilinadigan muammoli vaziyat hamda o’quvchilarga hal etish taklif etiladigan muammoga qo’yiladigan eng asosiy talab – o’quvchilarning qiziqishini oshiradigan, eng kamida esa, o’quvchilarda qiziqish hosil qiladigan bo’lishi kerakligidan iborat. Aks holda ko’zda tutilgan natijaga erishish imkoni bo’lmaydi.

Muammo o’quvchilarning bilim darajalariga hamda intellektual imkoniyatlariga mos bo’lishi shart.

Hosil bo’lgan muammoli vaziyatni yechish uchun topshiriqlar yangi bilimlarni o’zlashtirishga yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy topshiriqni bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi.



O’quvchilarning muammoli vaziyatni tushunishlari, uning kelib chiqishi sabablari hamda nimalarga, qanchalik darajada bog’liqligini idrok qila olishlari natijasida hosil bo’ladi. Bunday tushuna olish esa o’quvchilarga mustaqil ravishda muammoni ifodalay olish imkoniyatini beradi.

Muammoni yechish taxminlarini shakllantirishda o’quvchi o’zlashtirgan bilimlari asosida kuzatish, solishtirish, tahlil, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy faoliyatlarni bajaradi.
Yüklə 10,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə