Morfemika, o’zbek tilida so’z yasalishi



Yüklə 20 Kb.
səhifə5/6
tarix27.12.2023
ölçüsü20 Kb.
#161971
1   2   3   4   5   6
Morfemika, o’zbek tilida so’z yasalishi Reja-fayllar.org

2. Sinonim affikslar shaklan har xil umumiy ma’nosi bir xil bo‘lgan qo‘shimchalardir. Masalan: -li\-dor: unumli-unumdor. Affikslar sinonimligi qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra barcha turlari doirasida uchraydi: a) so‘z yasovchilarda:-siz\-no ma’nodoshligi asosida: o‘rinsiz - noo‘rin, -li/-ser ma’nodoshligi asosida: g‘ayratli - serg‘ayrat; b) shakl yasovchilarda: -ish\ -imtir ma’nodoshligi asosida: oqish-oqimtir, -qar\-kar\-qaz\-kaz ma’nodoshligi asosida: qutqar - qut+qaz, o‘tkaz-o‘tkar, -lar\ ish ma’nodoshligi asosida kelishdi-keldilar; v)so‘z o‘zgartuvchilarda: -ning\-dan ma’nodoshligi asosida: mehmonlar +ning|| +dan kattasi.

  • 3. Antonim affikslar bir-biriga zid ma’noli qo‘shimchalardir. O‘zbek tilida qo‘shimchalarning zid ma’noligi boshqa yondosh hodisalarga nisbatan ancha kam uchraydi. Ular ko‘proq sifat yasalishida ko‘zga tashlanadi. Masalan: kuchli- kuchsiz, mazali – bemaza, g‘ayratli-serg‘ayrat.

  • 4. Ko‘p ma’noli affikslar birdan ortiq leksik va grammatik ma’noni shakllantiruvchi qo‘shimchalardir. Masalan, - chi qo‘shimchasi: temirchi (asosdan anglashilgan kasbga ega bo‘lgan shaxs oti), hasharchi, ijarachi, pudratchi (o‘zakdan anglashilgan faoliyat ishtirokchisi bo‘lgan shaxs oti) kabi yasama so‘zlardagi - chi ko‘p ma’nolidir. Affikslarning ko‘p ma’noligi shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchilarga ham xos hodisadir. Xususan,-lar affiksining bolalar – sof ko‘plik ma’nosida, unlar- tur, nav ma’nosida, dadamlar - hurmat ma’nosida ishlatilishi, ularning nutqiy ko‘p ma’noligidan dalolat beradi.

  • O‘zak va affikslarning qo‘shilish tartibi. Affikslarning o‘zakka qo‘shilish tartibi ham o‘ziga xoslikka ega. Xususan, so‘z tarkibida ma’noli qismlar joylashishining odatdagi tartibi asosan, o‘zak yoki negiz+ so‘z yasovchi+shakl yasovchi+so‘z o‘zgartuvchi shaklida bo‘ladi. Masalan: qishloq+dosh+lar+imiz, qo‘riqla+di+k. O‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi bilan negiz hosil bo‘ladi. Masalan: ter+im, quri+q, tinch+i (moq) kabilar negizdir. Agar so‘z tarkibida birdan ortiq so‘z yasovchi qo‘shimcha ishtirok etsa, u holda negizning chegarasi oxirgi so‘z yasovchi qo‘shimcha bilan belgilanadi. Masalan: bil+im+don+lik yasalmasida bilimdonlik negizdir. Demak, odatdagi tartibga ko‘ra shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar so‘zning o‘zak qismiga (bil+di+m) yoki negiziga (bil+im+lar+dan // bil+im+don +lig+i+ni) qo‘shilishi mumkin.

  • Ba’zan, affiks morfemalarning odatdagi tartibida o‘zgarishlar yuz berishi ham mumkin. Bunday o‘zgarishlar ko‘pincha uslubiy talablar yoki sheva ta’sirida yuzaga keladi: aka+m+lar - aka+lar+i+im, ko‘r+di+ng+lar - ko‘r+di+lar+ing. Ayrim hollarda yasovchi qo‘shimcha shakl yasovchi va so‘z o‘zgartuvchidan keyin qo‘shilib yangi ma’noli so‘z hosil qilishi mumkin: uka+lar+im+cha (bo‘lolmaysan), tort+in+choq, kuy+in+chak (kishi) kabi.

  • Bunday holat affiks shaklidagi yuklamalar va qo‘shimchalarning o‘zakka qo‘shilishida ham kuzatiladi. Masalan, bola+m+gina so‘zida –gina urg‘usiz bo‘lib, ajratish ma’nosini anglatadi, mazkur yuklama bilan shakldosh bo‘lgan otlardagi erkalash qo‘shimchasi –gina esa o‘zakka odatdagi tartibda qo‘shiladi: bola+gina+m.

    Yüklə 20 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə