MoliYaviy inqirozlarning tarixiy kelib chiqishi



Yüklə 2,46 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#138299
MoliYaviy inqirozlarning tarixiy kelib chiqishi. Abdullaeva

MoliYaviy inqirozlarning tarixiy kelib chiqishi

Moliya va buxgalteriya fakulteti

Bn-82 guruh talabasi

Abdullaeva Gulzoda

Allaberganova Shahzoda

Shodiyeva Mohinur

Reja:

  • Jahon iqtisodiy inqirozi.
  • “Lola” inqirozi.
  • Fransiyadagi inqiroz.
  • Yevropadagi inqiroz.

Jahon iqtisodiy inqirozi

  • Jahon iqtisodiy inqirozi (2008-2013) – Jahon iqtisodiy inqirozi bu 2008 yildan beri keskin yuzaga kelgan jahon iqtisodiyotining inqirozli holati. Turli mamlakatlar va mintaqalar inqirozining o’tkir bosqichidan turli davrlarda, 2009 yildan 2013 yilgacha paydo bo’lgan va uning oqibatlari bugungi kungacha saqlanib kelmoqda. Moliyaviy inqirozning rivojlanishi AQSHda boshlandi.

“Lola” inqirozi.

  • Gollandiyadagi 1634-1637 yilgi inqiroz.
  • Uni “Lola” inqirozi deb atasa to’g’riroq bo’ladi. Mamlakatdagi moliyaviy inqirozning boshlanishiga lola piyoziga bo’lgan o’ta ortiqcha e’tibor sababchi. Lolani asosan zodagonlar sotib olishlari uning qimmatlashishiga sabab bo’lgan.
  • Ayrimlar “Lola piyozi borgan sari qimmatlashadi hamda uni sotib katta daromat topaman”, degan fikrda hattoki mol-mulklarini ham garovga qo’yib, lola piyozi sotib olishgan.
  • Oxir- oqibat, hamma lola yetishtirish bilan shug’ullana boshlagach, bozorda sotib oluvchi qolmagan.

Natijada lola piyozining narxi oddiy piyozniki bilan bir xil bo’lib tushib qolgach, butun e’tiborini lola yetishtirishga qaratgan mamlakat uchun og’ir kunlar boshlangan.

  • Natijada lola piyozining narxi oddiy piyozniki bilan bir xil bo’lib tushib qolgach, butun e’tiborini lola yetishtirishga qaratgan mamlakat uchun og’ir kunlar boshlangan.
  • Iqtisodiyotning boshqa sohalariga e’tibor qaratmagan Gollandiyaning tashqi bozorini uch yil ichida Angliya egallab olagan.

Fransiyadagi 1720 yilgi inqiroz

  • Bu inqirozga Fransiya moliya nazoratchisi Jon Loning qarori sabab bo’lgan.
  • Fransiyaning ulkan qarzdorligini bartaraf qilish maqsadida u qimmatli qog’ozlarni bekor qilib, infliyatsiyani yo’q qilgan.
  • Ammo Loning bu urinishida kamchiliklar ham bo’lganligi bois mamlakat moliyaviy tanazzulga uchragan.

1825 yilgi xalqaro inqiroz

  • Buyuk Britaniyalik investorlar Lotin Amerikasida oltin qazish ishlariga kattagina mablag’ kiritishgan va qazib olingan qimmatbaho metallarni London fond birjasida sotishgan.
  • Katta foyda olish uchun ayrim qing’irliklar yuz berib, Buyuk Britaniya bank tizimida moliyaviy inqiroz boshlangan va bu Lotin Amerikasiga ham ta’sir ko’rsatgan.

Yevropadagi 1847 yilgi inqiroz

  • O’sha davrdagi texnologik taraqqiyot temir yo’l kompaniyalarining shiddat bilan rivojlanishiga olib kelgan.
  • Investitsiyaga bo’lgan talab va olinadigan daromadning kattaligi turli qing’irliklarni keltirib chiqargan.
  • Oqibatda Angliya, Gollandiya va Germaniyada moliyaviy inqiroz boshlangan.

Germaniyadagi 1920-1922 yilgi inqiroz

  • Birinchi jahon urishidan keyingi og’ir vaziyat Germaniya aholisining yoppasiga qashshoqlashishiga va giperinflyatsiyaga olib kelgan.
  • O’sha paytlarda ish haqqini kuniga ikki marta berishgan, chunki kechga borib pul qadrsizlanishi odatiy holga aylanib qolgandi.
  • Inqiroz ta’siri Buyuk Britaniya, Gollandiya, AQSH, Norvegiya, Italiya, Daniyaga ham yetib brogan.

AQSHDAGI 1929-1933 YILGI BUYUK INQIROZ

  • Fond bozorining sinishi va Amerika kompaniyalari aksiyalari narxining jadal ravishda tushib borishi AQSHni inqiroz yoqasiga olib kelgan.
  • Ishlab chiqarishning qisqarishi oqibatida amerikaliklar nafaqat ish joylaridan, balki kun kechirish imkoniyatidan ham mahrum bo’lishgan.

1973, 1997-1998 yilgi moliyaviy inqiroz

  • “Energetik inqiroz” neft narxining oshib ketishiga olib kelgan. Bir yil davomida bir barrel neftning bahosi 3 dollardan 12 dollarga ko’tarilgan.
  • Horij investorlarining ketishlari oqibatida Janubi-Sharqiy Osiyoda inqiroz boshlangan. Inqiroz asosan Janubiy Koreya va Rossiyaga salbiy ta’sir ko’rsatgan. Rossiyaning asosiy valyuta manbai- neft narxining tushishi oqibatida mamlakat valyutasining qadri tushib ketgan.

2001 yilgi moliyaviy inqiroz

  • Yangi asr boshida texnologik yangiliklarga bo’lgan qiziqish internet kompaniyalar aksiyalari bozorida turli tovlamachiliklarni keltirib chiqardi.
  • Katta daromad topish ilinjida bo’lgan investorlar internetga ozgina aloqasi bo’lgan kompaniyalarga ham mablag’ kirita boshlagan.
  • Ammo kutilgan daromad kelmagach, aksariyat kompaniyalar katta zarar ko’rishgan.

E’tiboringiz uchun raxmat!


Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə