Moliyaviy hisob


 Kapital xarajatlar hisobi va qurilish ob’ekti tannarxini aniqlashning



Yüklə 317,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix19.08.2023
ölçüsü317,58 Kb.
#120720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2. Kapital xarajatlar hisobi va qurilish ob’ekti tannarxini aniqlashning 
maqsadi hamda vazifalari 
 
Korxonalarda 
xarajatlarni 
boshqarish 
eng 
qiyin jarayonlardan biri 
hisoblanadi. Chunki u ahamiyati bо‘yicha xо‘jalik yurituvchi sub’ektning 
faoliyatini boshqarish majmuasi deb tushuniladi, vaxolanki ishlab chiqarish 
jarayonida sodir bulayotgan vokealar va muomalalarni uz ichiga qamrab olgandir. 
Xarajatlarni hisobga olish bu tegishli xо‘jalik yurituvchi sub’ektning 
faoliyati ta’minot, ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmat)larni sotish-
iste’molchiga etkazib berish jarayonlarida sodir bо‘lgan voqealarni miqdoriy 
о‘lchash (miqdor va qiymat о‘lchovida), qayd qilish, guruhlashtirish, tayyor 
mahsulotlar tannarxining tarkib topishi chegarasi bо‘yicha tahlil qilishga qaratilgan 
faoliyatdir.
Hisob tizimi xarajatlarni ma’lum toifalarga kо‘ra tasniflab yig‘adi. 
Buxgalterlar mahsulot tannarxiga kiruvchi xarajatlar va hisobot davri sarflarini 
tasniflaydilar. Mahsulot tannarxiga qayta sotish uchun sotib olingan yoki ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarga oid xarajatlar kiritiladi. Korxonada bu xarajatlar tayyor 
mahsulot yoki tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini, uning sotilishi 
paytigacha belgilashda hisobga olinadigan mahsulot birligining tannarxi bо‘ladi. 
Mahsulot sotilgandan keyin foydani hisoblash uchun bu sarflar sotishdan tushgan 
tushumlar bilan qiyoslanadi. Hisobot davrining xarajatlari zahipalarni baholashda 
hisobga olinamaydigan sarflar hisoblanadi. Shuning uchun ular sodir bо‘lgan 
davridayoq xarajat sifatida tan olinadi.
Mahsulot tannarxini tо‘g‘ri rejalashtirish, hisoblash va tahlil etish hamda 
uning pasayish manbaalarini aniqlash maqsadida faqat umumiy xarajatlarnigina 
emas, balki ularning tarkibiy qismlarini ham bilish muhimdir.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi tizimi – bu ishlab chiqarish xarajatlarini 
umumlashtirish usullari hamda kutilayotgan samaradorlik va amaldagi me’yorlarni 
xarajatlar bilan taqqoslash, nazorat qilishda ruy beradigan о‘zaro bog‘liqlikdir.
Buxgalteriya hisobining xalqaro nazariyasi va amaliyotida ishlab chiqarish 
jarayonini ob’ektivligini va tezkorligini ta’minlaydigan axborotlarni olish muhim 


Xarajatlarni hisobga olish va 
kalkulyatsiya usullari 
Xarajatlar
hisobining 
to‘liqligi 
Xarajatlar hisobi 
ob’ektlari 
Xarajatlar hisobi 
operativligi va
nazorati 
To‘liq 
tannarxni 
kalkulyatsiya 
qilish 
To‘liq 
bo‘lmagan 
(marjinal) 
tannarxni 
kalkulyatsiya 
qilish 
Haqiqiy 
tannarx
hisobi 
Normativ 
xarajatlar 
hisobi 
Xarajatlar hisobining 
jarayonli
usuli 
Xarajatlar hisobining
bo‘linmali
(oddiy)usuli 
Xarajatlar hisobining 
buyurtmali 
usuli 
ahamiyat kasb etadi, chunki “boshqaruvning barcha bosqichlarida xarajatlar 
tо‘g‘risidagi axborotlar ahamiyatli omildir”
8
.
Amerika olimlari ushbu funktsiyalarni quyidagicha belgilaydi: 1) sotuvga 
mо‘ljallangan buyumlarni normal yoki qoniqarli sotish baholarini belgilash; 2) 
baho kamaygan paytda uning minimal chegarasini belgilash; 3) mahsulotlarning 
qaysi turlari kо‘proq yoki kamroq daromad keltirishini aniqlash; 4) zaxiralarni 
nazorat qilishni yо‘lga qо‘yish; 5) zaxiralarning bahosini belgilash; 6) turli ishlab 
chiqarish jarayonlari samaradorligini nazorat qilish; 7) bо‘lim, tsexlar faoliyatining 
samaradorligini nazorat qilish; 8) zararlar, yо‘qotishlar va kamomadlarni aniqlash; 
9) ishlab chiqarish bilan bog‘liq va bog‘liq bо‘lmagan xarajatlarni ajratish; 10) 
moliyaviy hisob bilan bog‘lash.
9

Yüklə 317,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə