Moliyaviy hisob



Yüklə 317,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix19.08.2023
ölçüsü317,58 Kb.
#120720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
 
 
 


1. Kapital xarajatlar
 
va ularni turkumlash 
 
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari juda kо‘p masalalarni hal qilish uchun 
talab qilinadi va shuning uchun ushbu ma’lumotlarning ta’sirchan turkumlash va 
tartibga solish tizimini ishlab chiqish zarurdir. 
Korxonalarning asosiy faoliyati mahsulot ishlab chiqarishdan iborat 
bо‘lganligi tufayli, birinchi navbatda, shu ishlab chiqarishdagi xarajatlar tarkibi va 
ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqish lozim bо‘ladi. 
Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab va 
realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarga yoki davr xarajatlariga aytiladi. Ularga 
xom-ashyo, material, yoqilg‘i, amortizatsiya ajratmasi, ishchi - xizmatchilarga ish 
haqi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar kiradi. 
Tannarx kо‘rsatkichi korxona faoliyatida muhim sifat kо‘rsatkichlaridan biri 
hisoblanadi. U qancha past bо‘lsa, ishlab chiqarish rentabelligi shuncha yuqori 
bо‘ladi. Tannarxga korxonaning hamma xarajatlari qо‘shilmaydi, ba’zi xarajatlari 
boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. Masalan, foyda hisobidan davr xarajatlari 
qoplanadi. 
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyatsiya moddalari 
bо‘yicha ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot 
turlari bо‘yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish 
hamda mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish
va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni о‘z vaqtida, tо‘laligicha va haqqoniy aniqlashdir 
va shu bilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda 
korxona resurslari va pul mablag‘lari ishlatilishi ustidan nazoratni о‘rnatishdir. 
Xarajatlar hisobi tizimi ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni 
asosan ikki harakat yoki maqsadda yig‘ib boradi. Birinchidan xarajatlarni ma’lum 
bir kategoriyalarga, masalan, material xarajatlar, mehnat xarajatlar, ustama 
xarajatlar yoki о‘zgaruvchan va о‘zgarmas kabilarga turkumlash orqali yig‘adi. 
Ikkinchidan, xarajatlar hisob yо‘nalishlari bо‘yicha turkumlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi yо‘nalishlari uchta yirik toifaga bо‘linadi: 
zaxiralarni baholash uchun xarajatlar haqidagi ma’lumotlar; 


qarorlar qabul qilish uchun xarajatlar haqidagi axborot
nazorat va tartibga solish maqsadida xarajatlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar. 
Birinchi hisob yо‘nalishi zaxiralarni baholash maqsadida tashkil qilinadi. 
Ma’lumki, zaxiralarga ishlab chiqarish zaxiralari, ya’ni xom ashyo, materiallar 
kabilar, bundan tashqari, sotish uchun mо‘ljallangan tovarlar, ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar kabilar kiradi. Ishlab chiqarish korxonalari buxgalteriya hisobi uchun 
muhimi, albatta, ishlab chiqarilgan mahsulotlardir. Buxgalteriya hisobi tizimida 
ularni hisobga olish uchun ularning qiymat о‘lchovlarini aniqlash, ya’ni baholash 
talab etilishi hammaga ma’lum, deb о‘ylaymiz. Mahsulotlarni baholash, odatda, 
ularning ishlab chiqarish tannarxi yoki sotish bahosi bо‘yicha amalga oshiriladi. 
Har ikkisi uchun ham mahsulotni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar asos 
bо‘lib xizmat qiladi. Bu о‘z navbatida xarajatlarning shunga mos turkumlanishini 
talab qiladi. 
Ikkinchi hisob yо‘nalishi uchun misol tariqasida stanokni saqlash va undan 
foydalanish 
xarajatlarini 
keltirishimiz 
mumkin. 
Bunday ma’lumot taklif 
qilinayotgan stanok bо‘yicha kutilayotgan xarajatlar bilan solishtirish va tegishli 
qaror qabul qilish uchun zarurdir. 
Uchinchi hisob yо‘nalishi uchun turkumlashning ahamiyatini tushuntirish 
uchun biror bir bо‘lim uchun xarajatlarning hisobini keltirishimiz mumkin. Bunday 
ma’lumot xarajatlarni smeta xarajatlari bilan solishtirish imkonini beradi, ya’ni 
nazorat va tartibga solish maqsadida ishlatiladi. 
Xarajatlar hisobining yuqorida keltirilgan uchta yо‘nalishi doirasida xa-
rajatlarni turkumlashning muqobil usullarini quyidagi jadval yordamida kо‘rib 
chiqishimiz mumkin. 

Yüklə 317,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə